Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet33/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

n3-0211 yuqori qovushoqli poliefir gruntovkasi (TY 6-10­2000-85) aerosil va ma’lum maqsadlarda qo‘shiladigan qo‘shim- chalar qo‘shilgan to‘yinmagan poliefir smolasining stiroldagi erit- masidir. U loklashdan oldin yog‘och materiallar yuzasiga valli dastgohlar yordamida surkaladi. Ultrabinafsha nuri ta’sirida 10—12 s ichida tez qotadi, so‘ngra uni jilvirlash ham mumkin.
ll'-)-0211 gruntovkasi yong‘in chiqishi jihatdan xavfli, uning tarkibidagi stirol bugflari xona ichida portlash jihatidan xavfli boflgan konsentratsiya hosil qilishi mumkin. Gruntovka 25°C dan yuqori boflmagan haroratda saqlanadi, bunda unga quyosh nuri tushmasligi, nam tegmasligi kerak. Kafolat muddati 3 oy.
n3-0243 qovushoqligi kam polieflr gruntovkasi (TY 6-10-11­550-34-86) bir komponentli bo‘lib, u aerosilning to‘yinmagan polieflr smolasidagi suspenziyasidir. Tabiiy shpon bilan qoplan- gan yaxlit elementlari yuzasiga valli dastgohlarda surkaladi. Ko‘- pincha birinchi qatlam uchun qovushoqligi yuqori bo‘lgan grun­tovka (ll'-)-0211). ikkinchi qatlam uchun esa qovushoqligi past boflgan polieflr grunti (Il'-)-0243) ishlatiladi. Bu qatlamlar bir- biriga yaxshi yopishadi.
11'-)-0243 gruntovkasi quyidagi talablargajavob berishi kerak: tashqi ko‘rinishibirjinsli shaffof boflmagan suyuqlik, qovushoqligi soplosining diametri 6,0±0,25 mm boflgan B3-4 viskozimetri bo‘yicha 55—8°C. Uchmaydigan moddalarning massa ulushi 64±2 %. Bir marta surkagandagi sarfi (isrof boflganini e’tiborga olmaganda) 20—70 g/m2. Ultrabinafsha nuri ta’sirida quritish mintaqasida qotish vaqti 6 s. Gruntli parda qatlamning M-3 asbobi bo‘yicha qattiqligi shartli birliklarda 0,45 ga teng.
Poliefirli shpatlovkalar parda hosil qiluvchi modda — polieflr smolalari asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibida tofldirgich, pigment va qotirgich hamda jilvirlash operatsiyasini yaxshilay- digan qo‘shimchalar bor. Ular polieflr, nitroselluloza va boshqa lok-bo‘yoq materiallar bilan oshxona, bolalar, tibbiyot mebel- larini shaffof qilmay pardozlashda ishlatiladi.
n3-0025polieflr shpatlovkasi (TY 6-10-1149-76) kulrang tusli pastasimon massa boflib, bir necha komponentlar yigflndisidan iborat (massa qism): yarimfabrikat lok-asos-100; 25-raqamli tezlatkich — 3,3; giperiz-5. Tayyor shpatlovkaning ishga yaroq- lilik muddati kamida 16 soat. Joylardagi nuqsonlami tekislashda shpatlovka qoflda shpatel yordamida surkaladi, ular suyultiril- maydi. Agar buyum va detallar yuzasi yalpisiga shpatlovka qilinadigan boflsa, u qovushoqligi B3-4 bo‘yicha 30—36 s.ga yetguncha aseton yoki n-219 eritkichi bilan suyultiriladi. Bundan shpatlovka hali hech narsa bilan qoplanmagan yog‘och-qirindili taxtalar yuzasini tekislash hamda plyonka qoplangan sirtlarga emal sarfini kamaytirish uchun ishlatiladi. Shpatlovka 60°C li harorat sharoitida 2—2,5 soat ichida qotadi.
Poliuretan asosli lok-bo‘yoq materiallar
Polimer asosiy zanjirida uretan guruhi —N—C—O—
I II
H O
bo‘lgan polimerlar poliuretanlar deb ataladi. Ular asosida olina- digan lok-bo‘yoqlar mebel sanoatida ishlatila boshlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Poliuretan loklari hosil qiladigan parda qatlamlar o‘zining yuqori fizik-mexanik, dekorativlik va elektr xossalariga ko‘ra, poliefir loklaridan ustun turadi. Lok-bo‘yoq materiallaming bu guruhini olish uchun tarkibida faol guruh — NCO bo‘lgan poliizosianatlar va poligidroksilli birikmalar ishlatiladi. Bunda funksional guruhlar soni komponentlardan birida ikkitadan kam, boshqasida esa uchtadan kam bo‘lmasligi kerak.
Poliizosianatlar o‘mida aromatik izosianatlardan 2,4-toluilen- diizosianat ishlatiladi. Ammo toluilendiizosianatning yuqori uchuvchanligi va kishi organizmiga yomon ta’sir etganligi sababli, u lok materiallar ishlab chiqarishda o‘ziga o‘xshagan, lekin kam uchadigan va kam zaharli boshqa mahsulotlar bilan almashtiriladi. Misol qilib bunga toluilendiizosianatning ko‘p atomli spirtlar
CU.
N=C=O
2 C fí +HO-(CH2)2 -O-(CH2)2- OH^
I
N=C=O t
C/C CH3

NH— C- O-(CH2)- O-(CH2)- O- C—NH
(masalan, dietilenglikol) bilan o‘zaro ta’sirlanishidan hosil bo‘lgan mahsulotni ko‘rsatish mumkin. Shu yo‘l bilan olingan dieti- lenglikoluretan (D,ry), poliollar bilan aralashtirilganda polimer hosil bo‘lishini ta’minlaydigan ikki reaksion izosianat guruhiga ega bo‘ladi. Quyidagi formulaban ko‘rinib turibdiki, .dl'V ning reaksiyasiga kirishish xususiyati toluilendiizosianatga qaraganda ancha pastdir. Bu, o‘z navbatida, ular asosida tayyorlanadigan lok-bo‘yoq materiallarining ishga yaroqlilik muddatini uzaytirishga imkon beradi.
Gidroksil tarkibli birikmalar o‘mida ko‘pincha oddiy va mu- rakkab poliefirlar, poliakril smolalari va nitrosellulozadan foy- dalaniladi. Poligidroksil tarkibli birikmalarning izosianatlar bilan aralashmasining ishga yaroqlilik muddati, odatda, 24 soatdan oshmaydi. Shuning uchun ular asosidagi lok-bo‘yoq materiallar ikki tartibli qilib ishlab chiqariladi va ular yuzaga surkashdan oldin yaxshilab aralashtiriladi. Poliuretan smolasi asosida olinadigan parda qatlamlarining yog‘ochga nisbatan adgeziyasi yaxshi va fizik- mexanik kohsatkichlari yuqori: yedirilishga chidamli, qattiq va elastik. Ular atmosfera, moy va eritmalar, suv ta’siriga chidamliligi hamda dielektrik xossalarining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Poliuretanli lok-bo‘yoq materiallar asosini, yuqorida aytga- nimizdek, gidroksil guruhi bo‘lgan to‘yingan poliefirlar va izo­sianatlar tashkil etadi, ular bir-biri bilan o‘zaro kimyoviy ta’sirga kirishib, tuzilishi quyidagicha bo‘lgan poliuretanni hosil qiladi:
~ O-CH2-R- ch- ch2 ~+OCN-R'-NCO^
OH
poliefir diizosianat
^~ O-CH2-R-CH-CH2~
O- C—N—R'—N— C- O~
II I I II
O H H o
poliuretan
Hozirgi vaqtda mebel, transport va sanoatning boshqa tarmoq- lari uchun poliuretan asosida loklar, emallar va gruntovkalarjuda keng assortimentda ishlab chiqarilmoqda. Biz faqat mebelsoz- likda ishlatiladigan uning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz.
УР-2112 M loki (ТУ 6-10-1902-83) yarimfabrikat loki va qotirgichdan iborat ikki komponentli birikma. Yarimfabrikat loki poliefirning organik erituvchilardagi (silogeksanon, metiletilke- ton) eritmasi va xiralik beruvchi qo‘shimchalar (TK-900, import) aralashmasidan iboratdir. Lok qotirgichi o‘mida poliizosianurat T (ТУ 6-10-1495-75) yoki desmodur ЖЛ («Beyer» ГФР) ish- latiladi. Lok ish qovushoqligigacha P-1176 eritkichi qo‘shib suyultiriladi. Qotirgich miqdori har bir partiya lok uchun formula orqali hisoblanadi. Yarimfabrikat lok va qotirgich yuzaga surkash- dan 30 minut oldin aralashtiriladi, qovushoqligi B3-4 bo‘yicha 15—20 s.ga kelguncha suyultirib pardozlanadigan yuzaga pur- kash yoki quyish orqali surkaladi.
УР-2124 M loki (ТУ 610-1901-83) ham ikki komponentli- dir. Yarimfabrikat lok poliefirlarining organik erituvchilaridagi eritmasi bilan xiralik beruvchi qo‘shimcha moddalaming aralash- masidir. Lok poliizosianurat T yoki desmodur ЖЛ qo‘shib qoti- riladi. Lok РЛ-277 eritkichi qo‘shib ish qovushoqligigacha su­yultiriladi. Qotirgich miqdori formula yordamida hisoblab topi- ladi yoki lok pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yarimfabrikat lok va qotirgich surkashdan 30 minut oldin aralashtiriladi va qovu­shoqligi B3-4 bo‘yicha 15—20 s.gacha keltiriladi. Yuzaga quyish yoki purkash orqali surkaladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling