Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet32/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

n3-2118 loki (TY 6-10-1768-80) uch komponentlidir. Yarim­fabrikat poliefir loki alkid smola va kolloksilin eritmasidan ibo- rat. Surkashdan oldin 100 massa qism yarimfabrikat lokiga 2,6 massa qism 30-raqamli tezlatkich qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra 0,8 massa qism giperiz qo‘shib qovushoqligi ish holatiga kelguncha PJ-2II8 eritkichi bilan suyultiriladi. Tayyor aralash- maning ishga yaroqlilik muddati 8 soat; qurish vaqti 70°C da kamida 30 minut. Lok elektr maydonida purkab sepiladi. Uning solishtirma hajmiy elektr qarshiligi 1 • 106—l • 108 Om • sm, dielektrik singdiruvchanligi 6—10 ga teng.
H3-2136 loki (TY 6-10-2090-87). Lokning asosiy sirti faol modda 167-174 (TY 6-02-1236-62) qo‘shilgan to‘yinmagan po­liefir smolasining stiroldagi eritmasidir. Fotosensibilizator o‘mida ikki komponentli sistema «Igrakur» (Shveysariya) va 30-raqamli tezlatkichdan 100:1 nisbatda foydalaniladi. Lok quyib surkaladi. Quyida lokning ayrim ko‘rsatkichlari keltirilgan.

Yarimfabrikat lokning shartli qovushoqligi, harorat 20±0,5°C, viskozimetr soplosining diametri 4,0+ 0,015 mm bo‘lganda, s

55-70

Uchmaydigan moddalarning massa ulushi, %

64-68

Ish eritmasining ishga yaroqlilik muddati (tezlatkich bilan birga), soat

96

UBnur ta’sirida 3-darajagacha qurish vaqti, lampa quwati 80 W/sm, s

20

Parda qatlamning yaltiroqligi, QB-2 asbobi bo‘yicha, %

ko‘pi bilan 65

Parda qatlamning qattiqligi, M-3 asbobi bo‘yicha, shartli birliklarda

kamida 0,5

Tezlatkich qo‘shilgan yarimfabrikat lokning kafolat muddati, ishlab chiqarilgan kundan boshlab, oy

kamida
4

Poliefir emallari — poliefir loklarining pigmentlari bilan ara- lashmasi. Dekorativ va mustahkamlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ular boshqa loklardan ustun turadi. Poliefir emallari suv, yorug‘lik, issiqlik va sovuq ta’siriga chidamli bo‘yoq parda qatlamlari hosil qiladi.
n3-225 emali — oq rangli, qizdirish natijasida qotadi, uch kom- ponentdan (massa qism bo‘yicha) tashkil topgan: n3-225-100 yarimfabrikat emali; initsiator (giperiz) — 4,3; tezlatkich (naf- tenat kobaltning stiroldagi eritmasi) — 3. Ishga yaroqlilik mud­dati 18—20°C haroratda 10 soat. Uchmaydigan moddalaming massa ulushi 70 %. Suyultirish uchun P-219 erituvchisidan foydalaniladi. Parda qatlamning 60°C haroratda qurish vaqti 3 soatdan oshmaydi.
n3-276 emali (TY 6-10-1181-76) parafin tarkibli poli- efirmaleinatdir. U oddiy sharoitda ham qotaveradi. Olti xil rangda ishlab chiqariladi. Emal quyidagi komponentlardan tashkil top­gan: n3-276 yarimfabrikat emali; parafmning stiroldagi 3 % li eritmasi; initsiator — 3-50: siklogeksanon peroksidi; 30-raqamli tezlatkich. Pardozlanadigan yuzaga emal ikki kallakli quyish ma- shinalarida surkaladi. Surkalishidan awal ikki ish eritmasi ko‘- rinishida tayyorlab olinadi (massa qism):

Ko‘rsatkichlar

1 -eritma

2-eritma

n3-276 yarimfabrikat emali

100

100

Initsiator

6



30-raqamli tezlatkich



4

Parafînning stiroldagi 3 % li eritmasi

1,5

1,5


Emal ish qovushoqligigacha (28—35 s) aseton yoki butilasetat qo‘shib suyultiriladi. Initsiator qo‘shilgan emalning ishga yaroqlilik muddati 18—23°C haroratda kamida 8 soat. Qotish vaqti shu haroratda 5 soatdan oshmaydi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling