Yogoch material p65
Shimiluvchi tarkiblar, massa qism
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimiluvchi tarkiblar va ularning sarfi
- List plyonkalarning tavsifi
- Shimdirilgan smola to‘liq qotgan o‘ram materiallar
- O‘ram plyonkalaming tavsifi
- Lok-bo‘yoq materiallar va parda qatlamlarning tasniflanishi hamda belgilanishi
Shimiluvchi tarkiblar, massa qism
smola — 100 massa qism; B3-4 bo‘yicha qovushoqligi 12—17 s.gacha suv qo‘shib suyultiriladi
Oddiy eritmalar shimdirilganda A tipdagi plyonkalaming nit- roselluloza va kislota muhitida qotadigan loklarga nisbatan ad- geziyasi yaxshi, poliefirli pardozlash materiallariga nisbatan esa adgeziyasi o‘rtacha bo‘ladi. Bu tipdagi plyonkalar bilan mebel yaxlit detallarining barcha serbar yuzalari qoplanadi. So‘ngra ular ustidan nitrolok, poliefir loki va emallari hamda kislotali muhitda qotuvchi loklar berib dekorativ-himoya parda qatlami hosil qilinadi. 10-jadval Shimiluvchi tarkiblar va ularning sarfi
11-jadval List plyonkalarning tavsifi Uchuvchan moddalar miqdori — 3—4 % Saqlash muddati — 4 oy
B tipdagi plyonkalar yaxlit detallaming barcha serbar yuzala- rini qoplash uchun ishlatiladi. Ular poliefir loklari bilan par- dozlanadi. Buyum detallarining ko‘rinmaydigan tomonini pardoz qilmasa ham bo‘ladi. D tipdagi plyonkalarga modifikatsiya qilingan poliefir smolali tarkiblar shimdirilgan bo‘lib, ular yaxlit detallaming ichki serbar yuzalarini qoplashda ishlatiladi va pardoz qilinmaydi. Bva D tipdagi plyonkalar oshxona mebellari uchun ishlatiladi. C tipdagi plyonka yelimli smola asosidagi tarkiblar bilan shimdirilgan bo‘lib, u faqat nitrosellulozali pardozlash material- lariga nisbatan yaxshi adgeziya xususiyatiga egadir. Ular bilan buyumlarning ichki yuzalari qoplanadi va nitrosellulozali lok va emallar bilan pardoz qilinadi. Shimdirilgan smola to‘liq qotgan o‘ram materiallar Shimilgan smola to‘liq qotgan qog‘oz asosli o‘ram plyonkalar, ayniqsa, finish-effektli plyonkalar, pardozlash material! sifatida taxta materiallarga qaragandajuda samaralidir. Bunda ishlab chi- qarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, mehnat sarfini kamaytirish va ko‘plab lok-bo‘yoq materiallami tejash mumkin. Shuning uchun mamlakatimizda va xorijiy dav- latlarda bunday materiallardan foydalanish hajmi borgan sari oshib bormoqda. Sintetik smola shimdirilgan qog‘oz asosli o‘ram plyonkalar, asosan, xorijda ishlab chiqarilmoqda. Plyonkalaming 60—80 % ini finish-effektli plyonkalar tashkil etadi. Ularga Ita- liyaning «Multidekor» firmasini, Germaniyaning «Basf» firmasi hamda «Bizental» xalq korxonasini misol qilib kohsatish mumkin. Mamlakatimizda sintetik smolalar shimdirilgan qog‘oz asosli o‘ram kohinishidagi plyonkalaming bir necha turi (TY 13-81784) ishlab chiqarilmoqda. Pn, Pnn, PUT, PH3, PHT3, PnH3, PnXP (12-jadval). 12-jadval O‘ram plyonkalaming tavsifi
Qog‘oz asos o‘rnida massasi 100—130 g/m2 bo‘lgan tasvir tushirilgan yoki tushirilmagan dekorativ qog‘ozlar ishlatiladi. Plyonkaning o‘ng tomoni tekstura naqshli yoki sidirg‘a-fonli bo‘lishi mumkin. Plyonkalami saqlash muddati 3 oy. O‘ram plyonkalar uchun shimiladigan kompozitsiya KQ-nP va nMO smolalariga poliefir va akril polimerlaming emulsiyasini qo‘shib tayyorlanadi. Pn, Pnn va PnT tipidagi plyonkalar uchun 6,8-raqamli shimiluvchi tarkiblar (12-jadvalga qarang) qo‘llaniladi. 1’11'-). PnH3, PnT3 tipidagi yuqori elastikli plyonkalar uchun esa 7,9-raqamli tarkiblar ishlatiladi. РПХР plyonkasi uchun esa olinadigan tarkibga qo‘shimcha ravishda polieñr emulsiyasi qo‘shilgan bo‘ladi. 7, 9, 10-raqamli shimiluvchi tarkiblar yordamida elastikligi yuqori bo‘lgan plyonkalar olinadi. РП tipidagi plyonkalami olishda shimdirish, quritish va o‘ram qilish operatsiyalari bajariladi; ularda lok-bo‘yoq parda qatlami bo‘lmaydi. Agar bu plyonkalami tayyorlashda ish vaqtini cho‘zib plyonkaga lok surkalsa va quritilsa, bunda РПЛ tipidagi plyonka hosil bo‘ladi. Agar ish jarayoni oxirida plyonkaga bosib tasvir tushirish operatsiyasi kiritilsa, unda РПТ tipidagi plyonka hosil bo‘ladi. Boshqa tipdagi plyonkalami tayyorlash ham xuddi shunday texnologiya asosida bajariladi. РПЛ, РПТ, РПЛЭ, РПТЭ plyonkalari kislotali muhitda qo- tadigan МЛ-2111 ПМ loklari, НЦ-2102 yoki shunga mos xorij- dan keltirilgan loklar bilan pardozlanadi. O‘ram plyonkalar eni 1000, 1510, 1770 va 1850 mm, diametri 400—500 mm qilib ishlab chiqariladi. Ular korxonalarda ishlab chiqariladigan ЛТПОМ-6/1850-ПЛ liniyasida olinadi. Liniya kuniga uch sme- nadan ishlaganda yillik ish unumi 6 mln m2. ni tashkil etadi. Lok-bo‘yoq materiallar va parda qatlamlarning tasniflanishi hamda belgilanishi Lok-bo‘yoq sanoati texnikaning turli sohalarida keng qo‘l- laniladigan ko‘plab xilma-xil lok-bo‘yoqlami ishlab chiqaradi. Ular ishlatilishiga ko‘ra asosiy, ikkinchi darajali va yordamchi material- larga bo‘linadi. Lok-bo‘yoqlaming asosiy turlariga loklar, bo‘yoqlar, emallar, gruntovkalar, shpaklovkalar kiradi. Ikkinchi darajali mahsulotlarga esa alif moylar, sikkativlar, erituvchilar, suyul- tirgichlar; yordamchi materiallarga qotirgichlar, initsiatorlar, tez- latkichlar, stabilizatorlar va boshqalar kiradi. Lok-bo‘yoq materiallar o‘zining ikki asosiy belgisiga ko‘ra tasniílanadi: 1. Kimyoviy tarkibi (parda hosil qiluvchi moddaning turi). 2. Eng ko‘p ishlatiladiganjoyi. Lok-bo‘yoq materiallar kimyoviy tarkibiga ko‘ra ГОСТ 9825-73 ga binoan quyidagicha qisqartirib yoziladi: ГФ—gliftalli; ПФ— pentaftalli; МЛ—melaminli; M4—karbamidli; УР—poliuretanli; ПЭ—poliefirli; ЭП—epoksidli; AK—poliakrilatli; БТ—bitumli; MA—moyli; ШЛ—shellakli, НЦ—nitrosellulozali va hokazo. Lok-bo‘yoqlar ishlatilishjoyiga qarab, quyidagi sakkiz guruhga bo‘linadi:
Lok-bo‘yoq materiallami belgilashda awal ulaming nomi to‘liq yoziladi, so‘ngra shu materialdagi asosiy parda hosil qiluvchi moddaning TOCTga binoan ikki harfdan iborat qisqartirilgan nomi keltiriladi: masalan, lok ПЭ, emal НЦ, gruntovka ГФ va hokazo. Parda hosil qiluvchi modda nomidan keyin raqamlar (sonlar) yordamida materiallaming asosiy ishlatiladigan joyiga qarab uning guruhi va shu material uchun uning tartib raqami yoziladi. Masalan, lok ПЭ-265 (bino ichida ishlatiladigan polieñrli lok, № 65), gruntovka ГФ-020 (gliftalli gruntovka, № 20), shpatlovka ЭП-0010 (epoksid smolali shpatlovka, № 10) va h.k. Shuningdek, lok-bo‘yoqlarning yuqorida aytilgan to‘liq nomlaridan keyin ularning rangi ko‘rsatilishi mumkin. Ayrim vaqtlarda material raqamidan keyin bir yoki ikki harf yozilgan bo‘lsa, ular quyidagilami ifodalaydi: ГС, XC (горячий, холодный сушки) — issiq holda, sovuq holda quriydigan; M, ПМ (матовый va полуматовый) — xira va qisman xira; ПГ (пониженной горючности) — yonuvchanligi kamaytirilgan va hokazo. Lok-bo‘yoq parda qatlam guruhlari tashqi ko‘rinishiga qarab ikkiga bo‘linadi: A — ochiq g‘ovakli parda qatlamlar va В — yopiq g‘ovakli parda qatlamlar, nihoyat bular o‘z navbatida, toifalarga bo‘linadi. Lok-bo‘yoq parda qatlamlar optik xossalariga ko‘ra shaffof (П — прозрачный) va shaffof emas (H — непрозрачный), yaltiroqlik (xiralik) darajasiga ko‘ra yuqori yaltiroqlik (ВГ — высокоглянцевый), yaltiroq (Г — глянцевый), yarimyaltiroq yoki yarimxira (ПГ — полуглянцевый yoki PM — полума- товый) va xira (M — матовый) bo‘ladi. Parda qatlamlarining belgilanishi. Himoya-dekorativ parda qatlamlar besh qismga bo‘lib belgilanadi. Birinchi qism O‘zDSt 13-27-94 ga binoan parda qatlam qaysi guruhga mansub ekanligini bildiradi. Lok-bo‘yoq parda qatlamlar uchun sintetik smolaning nomi, masalan, lok НЦ-218. Sin- tetik qoplama materiallar uchun esa polimer turi ko‘rsatiladi, masalan, TP — termoreaktivli, ТП — termoplastikli. Ikkinchi qism guruh va parda qatlam toifasini ko‘rsatadi. Guruh bosh harflar bilan, toifa esa arabcha raqamlar bilan belgilanadi, masalan, Al, B2. Uchinchi qism lok-bo‘yoq parda qatlamining ko‘rinishi shaffof yoki shaffof emasligini bildiradi va bosh harflar bilan belgilanadi: H — shaffof emas (непрозрачный), П — shaffof (прозрачный). Sintetik qoplama materiallar uchun uchinchi qism ko‘rsatilmaydi. To‘rtinchi qism parda qatlamining yaltiroq (yoki xira) bo‘lishini ko‘rsatadi va bosh harflar bilan belgilanadi: ВГ — yuqori yaltiroq, Г — yaltiroq, ПГ — yarimyaltiroq, ПМ — yarimxira, M — xira. Beshinchi qism parda qatlamning himoyaviy xossalarini belgi- laydi va raqamlar bilan ifodalanadi, masalan, 9. Har bir qism bir-biridan nuqta bilan ajralib turadi. 13-jadvalda parda qatlamning himoyaviy xossalari bo‘yicha tasniflanishi ko‘rsatilgan. 13-jadval Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling