Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet46/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

? Nazorat savollari

  1. Lok-bo‘yoq materiallarning ho‘llovchanligi va yoyiluvchanligi ularning qanday xossalarida namoyon bo‘ladi?

  2. Chegaraviy ho‘llash burchagi nima, u nimani ifodalaydi?

  3. Yog‘och va yog‘och materiallar sirtidagi notekislik pardoz berish ishlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  4. Yog‘och kimyoviy tarkibining murakkabligi pardozlash ishlariga (sifatiga) ta’sir ko‘rsatadimi, agar bo‘lsa qanday?

  5. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarining adgeziyasi deganda qanday kuchlar tushuniladi?

  6. Lok-bo‘yoq parda qatlamlaridagi ichki kuchlanish alomatlari qan­day sharoitda sodir bo‘ladi?

  7. Ichki kuchlanishni kamaytirish yo‘llari haqida gapirib bering.

VI bob. PARDOZ MATERIALLARINI
QOPLASH USULLARI


  1. Yog‘och buyumlarni list hamda plyonka
    materiallar
    bilan qoplash


Hozirgi vaqtda (JICtI I) va fanerlar o‘ram holidagi plyonkalar bilan zamonaviy usullarda pardoz qilinmoqda. Bunda plyonkalar uzluksiz ishlaydigan maxsus liniyalarda taxta va faner ustiga valli presslardan o‘tkazib yopishtiriladi. Yog‘och-taxta materiallarni o‘ram plyonkalar bilan pardozlashning bu usuli «koshirlash» deyiladi. «Koshirlash» deganda material yuzasini plyonka yoki taxtalar bilan qoplash yoxud berkitish tushuniladi. Bunda ular- ning tashqi (tabiiy) ko‘rinishi butunlay pardoz materiali ostida qolib ketadi.
Koshirlash usuli bilan pardozlashda ishlatiladigan materiallar. Koshirlash3 usuli bilan yog‘och-taxtalar va fanerli pardozlashda polivinilxlorid (nBX) plyonkasi hamda sintetik smola shimdiril- gan qog‘oz asosli plyonkalardan foydalaniladi. Elastikligining yuqo- riligi bunday plyonkalaming o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Polivinilxloridli plyonkalar. Yog‘och-taxta va fanerlarni pardozlash uchun zarbiy kuchlarga chidamli nBX asosidagi plyonkalar, har xil qo‘shimchalar bilan modifikatsiya qilingan xlorlangan poliolefmlar asosidagi plyonkalar ishlatiladi. Plyonka materiallar tarkibiga yorug‘likka chidamli pigmentlar qo‘shish va har xil yog‘och teksturalami dastgohlarda bosish yo‘li bilan didga mos keladigan plyonka materiallar olish mumkin.
nBX plyonkasi kalandr mashinalarda olinadi, buning uchun mashina vallari orasidan kukunsimon polivinilxlorid bo‘yoqlar, stabilizator va boshqa qo‘shimchalar aralashmasi o‘tkaziladi. Bu aralashma issiqlik ta’sirida qalinligi 0,l—0,6 mm.li plyonka ko‘rinishida chiqa boshlaydi. Plyonkaning yaltiroq yoki xira bo‘lib chiqishi kalandr mashina vallarining sifatiga bog‘liq. ПВХ plyon- kalari har xil rangda va manzarali rasmlar tushirib, shujumladan, o‘zida qimmatbaho yog‘och teksturasini mujassamlashtirgan ko‘rinishda ishlab chiqariladi.
Yog‘och-taxtalar va fanerli pardozlash ishlari texnologiyasi juda oddiy bo‘lganligi tufayli ПВХ plyonkalari keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ПВХ plyonkalarida dekorativ va ekspluatatsion xossalar majmuyi mujassamlashgan va nisbatan arzón turadi. Bu plyonka bilan pardozlangan yog‘och-taxta va fanerlar qurilish panellari, eshiklar, mashina, savdo, bolalar va oshxona mebellari tayyorlashda qo‘llaniladi.
Mebel ishlab chiqarish korxonasiga ПВХ plyonkalari o‘ram holida keltiriladi. Ular — 30°C dan + 85°C gacha harorat ta’siriga chidamli materialdir. ПВХ plyonkalarini harorati 18—22°C, nisbiy namligi 50—60 % bo‘lgan xonalarda saqlash maqsadga muvofiqdir.
Pardoz plyonkalari qimmatli yog‘och teksturasiga, gazmol, marmartosh va boshqa materiallar tasviri tushirilgan holda ishlab chiqariladi. ПДО rusumli polivinilxlorid plyonkasining (ТУ 400­1-416-73) fizik-mexanik xossalari quyida keltirilgan:

Qalinligi, mm

0,12-0,30

Eni, mm

900-1600

1 m2 plyonkaning massasi, g

253±2

Cho‘zilishdagi uzuvchi kuchlanishi, MPa

10

Uzilishdagi nisbiy uzayishi, %

70

Yorug‘likka bardoshliligi

Plyonka quyosh nuri ta’sirida rangini o‘zgar- tirmasligi kerak


«Plastpolimer» birlashmasi АБС-plastigi va ПВХ asosida plastifikator, toTdirgich va bo‘yoq moddalar qo‘shib pardoz plyonkalari ishlab chiqaradi. Plyonkalami saqlash muddati 6 oy. Muddati o‘tganidan keyin ulaming ayrim xossalari texnik shart­lar talabiga muvofiq boshqatdan tekshirib ko‘riladi. Germaniya- ning «Benike», «Raxan», «Alkor» ñrmalari ПВХ plyonkasini ishlab chiqaradi. Bu firmalarda ishlab chiqariladigan plyonkalar- ning qalinligi 0,15—0,40 mm chegarasida.
Plyonka materiallar o‘ng tomonining dekorativ va fizik-me- xanik xossalarini oshirish (yeyilishga, timalishga, kimyoviy muhit ta’siriga chidamliligi) hamda bosma tasviming tez o‘chib ketmas- ligining oldini olish uchun loklar bilan pardozlanadi yoki poliefir asosidagi shaffof plyonkalar bilan qoplanadi. «Alkor» firmasi modifikatsiya qilingan poliefir va termoplastik polivinilxlorid polimeridan tashkil topgan «Alkortop» tipidagi plyonkani ishlab chiqarishga tatbiq etdi. Bu plyonka timovchi kuchlarga chidamli va mustahkam bo‘lishi bilan birga, yaxshi estetik ko‘rinishga ega hamda elastikdir. Uning fizik-kimyoviy xossalari:

Ko‘rsatkichlar

Rangsiz bo‘lganda

Yog‘och teksturali

Qalinligi, mm

0,25

0,25

1 m2 ning massasi, g

325-350

325-365

Zichligi, kg/m2

1300-1400

1300-1450

Uzilishdagi mustahkamligi, N/sm2: uzunasiga ko‘ndalangiga

4800
4600

3000
2500

Shor bo‘yicha qattiqligi

76±4

72±4

Issiqqa chidamliligi, °C

-30...+90

-30...+90

Timalishga qarshiligi, soat

1500

1500


Plyonka qoplamalar foydalanishga qulay, mustahkam va kir bo‘lganda sovunli suv, benzin yoki spirt bilan tez tozalanadigan materialdir.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling