Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lok-bo‘yoq parda qatlamlarida ichki kuchlanish
Boshqa nazariyalar. Tarkibida faol funksional (izosianat, kar- boksil, epoksid) guruhlari bo‘lgan parda hosil qiluvchilardan pardozlash materiali sifatida foydalanilganda ular ma’lum sha- roitda asos yuzasi bilan o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi mumkin. Bunda ular chegarasida kuchli adgeziya hodisasi paydo bo‘ladi. Masalan, selluloza makromolekulasidagi OH — guruhlari bilan karbamid-formaldegid va fenol-formaldegid smolalari- dagi metilol guruhlari orasida o‘zaro kimyoviy bog‘laming paydo bo‘lishi tajribadan ma’lum.
Umuman xulosa qilib aytish mumkinki, adgeziya hodisalarida asos bilan parda qatlam chegarasida bitta emas, balki bir necha xil bog‘lanishlar (absorbsion, elektrik, kimyoviy va boshq.) bo‘lishi mumkin. Lekin ulaming tutgan o‘mi adgeziv va substrat tabiatiga hamda parda hosil bo‘lish sharoitiga qarab paydo bo‘luvchi bog‘- lanish kuchlari har xil miqdorda bo‘lishi mumkin. Adgeziya hodisasini yog‘och asosga nisbatan o‘rganilayotgan vaqtda yog‘ochning kapillar g‘ovakli tuzilishga ega ekanligini aytib o‘tish lozim. Bu yog‘och materiallar bilan lok-bo‘yoq materiallar chegarasida mustahkam bog‘lanishni vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan biridir. Adgeziya kattaligiga lok-bo‘yoq parda qatlamlarining qalinligi ham ma’lum ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik parda hosil qiluvchi moddalaming eritmalari qotish (qurish) vaqtida hajm jihatdan kichrayishi yoki kirishishi mumkin. Asos yuzasidagi qoplama ma- terialning erkin hajmiy kichrayishiga u bilan yog‘och chegarasida ortib boruvchi adgeziya kuchlari qarshilik ko‘rsata boshlaydi, natijada, parda qatlamida kuchlanish paydo bo‘ladi. Bu kuchla- nish, o‘z navbatida, yog‘och yuzasi bilan parda qatlam chegarasi- dagi bog‘lanishni ancha kuchsizlantirishga, mo‘rt parda qatlam- larida esa yorilib ketishigacha olib keladi. Lok-bo‘yoq parda qatlamlarida ichki kuchlanish Lok-bo‘yoq parda qatlamlarida kuchlanish tashqi ta’sirlar (yuk- lash, asosning deformatsiyalanishi) hamda ichki omillar (erituv- chilaming bug‘lanishi, sovishi, kimyoviy reaksiyalar) tufayli hosil bo‘ladi. Ichki omillar ichki kuchlanishlar deb ham ataladi. Ichki kuchlanish kelib chiqishiga ko‘ra, uch xil bo‘ladi: kirishish kuchlanishi — parda qatlamning shakllanishi yoki ekspluatatsiya qilish jarayonida plyonka materialning kirishishi natijasida hosil bo‘ladi; termik kuchlanish — harorat o‘zgarishi natijasida asos va parda qatlamlarda chiziqli kengayish termik koeffitsiyentlarining har xilligi tufayli hosil bo‘ladigan kuchlanish; namlik ta’siridan kuchlanish — buyum va detallardan nam sharoitda foydalanilganda ulaming bo‘kishi, yorilishi va ko‘chib keti- shiga sabab bo‘ladigan kuchlanish. Demak, ichki kuchlanish kirishish, termik va namlik ta’siridan kuchlanishlar yig‘indisidan iborat ekan: ^ichki ^kirish. ^term. ^«am. * Parda qatlamlardagi ichki kuchlanish — bu, asosan, cho‘zi- lish kuchlanishidir. Ular kogezion va adgezion mustahkamlikni hamda parda qatlamning uzoq muddatga chidamliligini kamay- tirib yuborish jihatidan juda xavfli hisoblanadi. Ba’zan ichki kuchlanish qiymatlari shunday darajaga borib yetadiki, bunda parda qatlamlar shakllanayotgan vaqtidayoq o‘z-o‘zidan yorilib yoki ko‘chib ketishi mumkin. Kuchlanish miqdorini kamaytirish yoki butunlay yo‘q qilish parda qatlam hosil qilish texnologiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Kirishish kuchlanishi. Barcha polimer parda qatlamlar qo- tayotgan (quriyotgan)da ulaming hajmi kichrayib, zichlanib boradi. Ammo qattiq asos yuzasida yotgan parda qatlamlar asosga faqat perpendikulär yo‘nalishda, ya’ni parda qatlam qalinligi bo‘yicha erkin qisqaradi. Parda qatlam chiziqli o‘lchamlarining asosga parallel yo‘nalishiga adgeziya kuchlari qarshilik qiladi. Surkalgan lok-bo‘yoq qatlami o‘z oquvchanligini hali saqlar ekan, uning hajmiy o‘zga- rishida ichki kuchlanish paydo bo‘lmagan bo‘ladi. Parda qatlamining suyuq holatdan gel (yelimshak) holatga o‘tish momentidan boshlab erkin oquvchanlik yo‘qoladi, natijada, kirishish boshlanadi, parda qatlam asos yuzasi bo‘ylab qota boshlaydi. Shunday qilib parda qatlamda uning ko‘ndalang kesim yuzasiga normal bo‘lgan cho‘zilish ichki kuchlanishi acho.z, parda qatlam bilan asos chegarasida esa siljish urinma kuchlanishi xsil hosil bo‘ladi. Normal kuchlanish parda qatlamning kogeziya kuchlaridan oshib ketsa, parda qatlam sirtida yorilish alomatlari paydo bo‘ladi. Agar urinma kuchlanishi parda qatlamining asosga bo‘lgan adgeziya kuchlaridan oshib ketsa, u holda parda qatlam qat-qat bo‘lib ko‘cha boshlaydi. Parda qatlam — asos sistemasi doim kuchlangan holatda bo‘ladi. Lok-bo‘- yoq material tabiatiga va qotish usuliga qarab, kuchlanishlaming parda qatlam qalinligi bo‘ylabjoylashishi har xil bo‘ladi (10-rasm). 10-rasm. Parda qatlam qalinligi bo‘yicha normal ichki kuchlanishlaming mumkin bo‘lganjoylashish variantlari. Ichki kuchlanish kirishish kattaligi va parda qavatining me- xanik xossalariga ko‘pjihatdan bog‘liqdir. Gel pardaning lokdan hosil bo‘lishi dastlabki vaqtda o‘zining kichik elastiklik moduli va kichik relaksatsiya vaqtiga ega bo‘ladi. Shuning uchun chiziqli kirishishning rivojlanishi bilan birga, unda ichki kuchlanishni kamaytiruvchi deformatsiya sodir bo‘ladi. Lekin parda qatlamda qotishning davom etib borishi bilan unda elastiklik moduli ham ortib boradi. Parda qatlamda ichki kuchlanishning ortib borishi unda kirishish to‘xtamaguncha davom etaveradi. Har xil materiallaming kirishish kattaligi turlichadir. Lok-bo‘yoq tarkibidagi erituvchilar bug‘lanib ketishi hisobiga quriydigan parda qatlamlarda kirishish kattaligi lok gelga aylanga- nidan keyin parda qatlamda qolgan erituvchilar miqdorini to- pishga asoslangan. Hali parda qatlam tarkibida oz bo‘lsa ham eri- tuvchi modda bo‘lar ekan, kirishish davom etaveradi. Bujarayon pardozlangan buyumni jilvirlash va sayqal bergunga qadar ham davom etishi mumkin. Ichki kuchlanish kattaligiga parda hosil qiluvchi moddaning plastifikatsiya qilingan yoki qilinmaganligi katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tarkibiga plastifikator qo‘shilmagan nitroselluloza lok- larida ichki kuchlanish 100 kgk/sm2 (10 MPa) dan oshib ketadi. Agar plastifikator CfiBQ, TKQ, kanakunjut moyi va boshq.) qo‘shilsa, ichki kuchlanish bir necha marta kamayadi. Bu tajriba yo‘li bilan isbotlangan. Kimyoviy reaksiya hisobiga qotadigan parda qatlamlarda, masalan, parafin tarkibli poliefir loklari, sopolimerlanish reaksiyasi natijasida molekulalarning zichlanishi hisobiga kirishish ro‘y be- radi. Bunda materialning hajmiy kirishishi unchalik katta bo‘l- maydi, parda qatlamning chiziqli kirishishi atigi 2—3 % ni tashkil etadi. Kirishishjarayoni parda qatlam qalinligiga bog‘liq emas. Bu jarayon parda qatlam texnologikjihatdan to‘liq qotgandan keyin tugaydi. Ichki kuchlanish kimyoviy usulda qotiriladigan parda qatlamlarda erituvchi bug‘lanib ketishi hisobiga qotadigan parda qatlamlariga qaraganda bir necha marta kichik bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida ham kimyoviy, ham erituvchilari bug‘lanib ketishi hisobiga qotadigan parda qatlamlarda hajmiy va chiziqli kirishishlar hamda ichki kuchlanish ta’siri kattaligi yuqorida ko‘rib ottilgan usullar oralig‘idajoylashadi. 14-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga e’tibor bering. Termik kuchlanish pardoz qoplamalaming yuqori haroratda shakllanishi va ekspluatatsiya qilish natijasida paydo bo‘ladi. Masalan, pardoz qatlamlarni quritish kameralarida qotirish yoki plyonka ko‘rinishidagi pardozlash materiallarini presslarda qizdirib presslab yopishtirish va sovitish hamda tayyor buyumlami o‘z- garuvchi haroratda ekspluatatsiya qilishda paydo bo‘ladi. Termik kuchlanish kattaligiga parda qatlam bilan asosning chiziqli kengayish koeffitsiyentlari orasidagi farq ham birmuncha ta’sir ko‘rsatadi. 14-jadval Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling