Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog‘ochning xossalari va ularning lok-bo‘yoq materiallarga ta’siri
- Parda qatlamlarda adgezion mustahkamlik va ularga ta’sir etuvchi omillar
9-rasm. Yog‘och asos yuza haroratining ho‘llash chegaraviy burchak kosinusiga ta’siri:
7-B3-4bo‘yichan3-232 lokning qovushoqligi 100 s bo‘lganda; 2—75 s bo‘lganda; 3—50 s bo‘lganda. cos 0=0 bodsa, suyuqlikning qattiq jismga H/= a_ bo'ladi. 0 burchakning qiymati 90° katta bodgan vaqtda suyuqlik yuzani toda hodlamaydi (7-rasm, b). 0 burchak qiymati 180° ga yaqin bodganda, qattiq jism sirti umuman hodlanmaydi. Chegaraviy burchak 0 va u bilan bogdiq bodgan lok-bo‘yoq mate- riallarning sirt bo‘ylab yoyiluvchanli- giga har xil yodlar bilan ta’sir ko‘r- satish mumkin. Yog‘och materiallar yuzasiga maxsus ishlov berish, ma- salan, gruntlash va gruntovka tarkibi, lok-bo‘yoq materialning yoyilishiga va chegaraviy burchak kattaligiga sezilarli darajada ta’sir kodsatadi. L.V. Golovach bergan ma’lumot- larga ko‘ra, oq qayin yog‘ochi ustiga gruntovka surtilgandan keyin Hd-232 lok uchun chegaraviy 0 burchakning o‘zgarishi quyidagicha bodgan; lok-bo‘- yoq material qizdirilganda suyuqlikning sirt tarangligi va qovushoqligi kamayibgina qolmasdan, uning chegaraviy burchagi ham kamayadi va yoyiluvchanlik yaxshilanadi. Asos qizdirilganda ham xuddi shunday hol ro‘y beradi (9-rasm).
Ho‘llash va yoyilish xossalari, ayniqsa, sirti faol moddalar qo‘shilganda kuchayadi. Lok-bo‘yoq material tarkibiga ko‘ra (parda hosil qiluvchi modda turi, erituvchi va pigmentlar), sirti faol moddalar (ПАБ) sifatida har xil moddalar ishlatilishi mumkin. Bunda ularjuda oz miqdorda bo‘lishiga qaramay, lok-bo‘yoqning xossalari sezilarli darajada o‘zgaradi. Masalan, L.V. Golovach- ning bergan ma’lumotlariga ko‘ra ПЭ-232 lokiga 0,l—0,2 % АФ-2К silikon suyuqligi qo‘shilgach chegaraviy burchak 20° dan 6—30 gacha kamaygan va lokning yog‘och yuzasi bo‘ylab yoyilishi keskin yaxshilangan. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin, yog‘ochni pardozlash texnologiyasida lok- bo‘yoq materiallarni ho‘llash va yoyilishi masalalariga alohida e’tibor berilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Yog‘ochning xossalari va ularning lok-bo‘yoq materiallarga ta’siri Yog‘och tarkibi murakkab bo‘lgani uchun unda maxsus xossa- lar namoyon bo‘ladi va ular pardozlash ishlariga ta’sir kohsatmay qolmaydi. Shuning uchun yog‘ochning bu xossalarini pardozlash turi va usullarini tanlayotganda, albatta, e’tiborga olinadi. Yog‘och kapillar-g‘ovak tuzilishga ega; g‘ovaklaming soni va o‘lchami hamda kapillar singdiruvchanlik kohsatkichi yog‘ochning turiga, anato- mik tuzilishiga va qirqim xususiyatiga bog‘liq. Yog‘ochning uch xil: ko‘ndalang, radial va tangensial qirqimlari mavjud. Yog‘och tuzilishi va xossalariga ko‘ra anizotrop material bo‘lib, uning ko‘p qismi kapillar-g‘ovaksimon tuzilishga ega; yog‘och kolloidjismlarga o‘xshash qurib, nam tortib qoladi; uning kimyoviy tarkibi murakkabdir. Yog‘ochga qirqish asboblari bilan ishlov berishda ichi bo‘sh anatomik elementlar (kapillar naychalar) qirqilib ketadi va yog‘och sirtida notekisliklar vujudga keladi. Ba’zi daraxtlarda bunday notekisliklar yaqqol sezilib tursa, ba’zilarda ulami oddiy ko‘z bilan ko‘rib bodmaydi. Umuman aytganda, yog‘ochga qanchalik yaxshi ishlov berilmasin, uning sirtida doim notekisliklar qoladi, buning birdan bir sababi yog‘ochning kapillar-g‘o- vaksimon tuzilishidir. Yog‘och detallarga pardoz berishdan awal ularning notekisliklari jilvirlash oldidan kamaytiriladi. Buning uchun maxsus g‘ovaklami toddirish operatsiyasi bajariladi. Yog‘och sirtidagi notekislik unga surkalgan lok va bo‘yoq qat- lam qalinligini bir tekisda chiqishiga imkon bermaydi. Yog‘och- ning o‘ziga xos xususiyatidan yana biri, uning suyuqliklar uchun kapillar singdiruvchanligidir, u turli yog‘ochlarda turlicha bodadi va bir yog‘ochning o‘zida tolalar yo‘nalishi bo‘yicha ham keskin farq qiladi. Kapillar singdiruvchanlik yadrosiz yog‘och turlarida yuqori, yadroli turlarida esajuda past bodadi. Tolalarga ko‘ndalang yo‘na- lishida singdiruvchanlik uzunasiga qaraganda bir necha marta kam bodadi. Shuning uchun lok-bo‘yoq materiallami tangensial va radial sirtlarga surkalganda ular yuza bo‘ylabjuda kam shimi- ladi. Ammo yaxshi kapillar singdiruvchanlik bodmasa ham yog‘ochning yon qismidagi ochiq hujayralardan juda ko‘p lok- bo‘yoq material, ayniqsa, ular kam qovushoqbodganda (bo‘yovchi eritmalari, oqartiradigan va smola ketkazuvchi suyuqliklar) shi- milib ketishi mumkin. Tolalar bo‘ylab va tolalarga ko‘ndalang yo‘nalishda kapillar singdiruvchanlikning keskin farq qilishi yog‘och yuzasidan ayrim qismlaming notekis bo‘yalishiga olib kelishi mumkin. Suyuqlik- ning bir tekisda shimilmasligi, ayniqsa, oq qayin, qora qayin, arg‘uvon va boshqa o‘zaksiz daraxt turlarida uchraydi. Yog‘och yuza qatlamlarining o‘ziga surkalgan suyuqlik va erituvchilami shimib olishi natijasida ular bo‘kadi va notekisliklar paydo bodadi. Masalan, yog‘och yuzasida uning tukchalari ko‘- tarilib qolishi, g‘ovak chetlari egilishi, mikroyoriqlar paydo bodishi mumkin. Har xil suyuqliklarda yog‘och yuzasining bo‘kishi va deformatsiyalanishi bir xil emas, ular yog‘ochning dielektrik sing- diruvchanligiga ham bogdiq. Amalda dielektrik singdiruvchanligi kam bodgan suyuqliklami ishlatish maqsadga muvofiqdir. Rang berish uchun suvli bo‘yoq eritmalarining ishlatilishi yuza g‘adir-budurligining oshishiga olib keladi. Yuzalaming g‘adir- budurligi ГОСТ 7016-68 ga ko‘ra, 10-klass bo‘lsa, suvli bo‘yoq eritmalari surkalishi bilan u 9-klassga, hatto 8-klassga tushib qo- lishi mumkin. Odatda, bunday ko‘ngilsiz holatning oldini olish uchun qo‘shimcha maxsus operatsiyalami (yelim surkash, hosil bo‘lgan notekisliknijilvirlash va hokazo) bajarishga to‘g‘ri keladi. Grunt surtilmagan yuzalarga spirtli nitrosellulozali loklar sur- kalganda oz bo‘lsa ham g‘adir-budurlikning ortishi kuzatiladi. Agar yog‘och yuzasiga tarkibiga yuqori dielektrik singdiruv- chanlikka ega bo‘lgan erituvchi moddalar qo‘shilmagan yoki oz miqdorda qo‘shilgan lok-bo‘yoqlar (masalan, moyli tarkiblar) surkalsa, yuqoridagiga o‘xshash hodisalar kuzatilmaydi. Yog‘och-qirindili taxtalami pardozlashjarayonida lok-bo‘yoq tarkibidagi erituvchilar tufayli taxtaning yuza qatlami biroz bo‘- kadi. Maydalangan yog‘ochlarda yuzalarning ko‘p bo‘lishi va zarrachalar orasining zieh bo‘lmasligi natijasida kapillar sistema paydo bo‘lib, ular orasiga suyuqlik ko‘p shimiladi va bu, o‘z navbatida, yog‘och zarrachalarining tez bo‘kishiga olib keladi. Ayniqsa, taxta ustida joylashgan zarrachalaming bo‘kishi juda ko‘p notekisliklami yuzaga keltiradi. Agar taxtalar yuzasiga qo- vushoq tarkiblar (gruntovka, shpaklovka va boshq.) surkalsa, bo‘- kish hodisasi unchalik sezilarli bo‘lmaydi. Awal ham aytganimizdek, yog‘ochning kimyoviy tarkibi murakkab bo‘lganligi sababli (selluloza, gemiselluloza, lignin, smolalar, terpenlar, kamedlar, bo‘yovchi va oshlovchi moddalar) uning tarkibidagi moddalar pardozlashjarayoni va uning natijalariga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ignabargli yog‘ochlar tarkibiga kiruvehi smolalar lok-bo‘yoqlaming yog‘ochga yaxshi yopishishi (adgeziyasi)ga to‘sqinlik qiladi va surkalganda ko‘pik hosil bo‘lishi mumkin. Bu holatdan qutulish uchun yog‘ochlar smolasizlan- tiriladi. Tannid moddalari oson oksidlanadi, burishtirish xossasiga ega, temir, xrom va boshqa metallar birikmasi bilan bo‘yalgan organik tuzlar hosil qiladi. Ularning bu xossasidan yog‘ochni bo‘yashda foydalaniladi. Bo‘yashning bu usuli xurushlash deb ata- ladi. Yana shu narsa ma’lumki, yog‘och tarkibidagi ayrim moddalar tez quriydigan moylar va poliefir loklarining qotishjarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina ignabargli yog‘ochlarda, masalan, qarag‘ay, tilog‘och poliefir loklarining parda qatlamlarijuda sekin quriydi va uning ustida ko‘pgina nuqsonlar paydo bo'ladi. Parda qatlamlarda adgezion mustahkamlik va ularga ta’sir etuvchi omillar Lok-bo‘yoq parda qatlamlaming adgeziyasi deganda, asos bilan uning yuzasidagi qoplama chegarasida hosil bodadigan o‘zaro bogdanish kuchlari tushuniladi. Odatda, adgeziya adgezion mustahkamlik yoki boshqacha aytganda, adgezion bogdanishlarni buzish uchun talab etiladigan ish miqdori bilan belgilanadi. Bir xil material qatlamlari orasidagi o‘zaro tortilish kuchiga autogeziya deyiladi. Autogeziya ko‘p qatlamli parda qavatlarida sodir bo‘ladi, bunda har bir qatlam bir xil yoki kelib chiqishiga ko‘ra bir-biriga o‘xshash bo‘lgan lok-bo‘yoq materiallardan tashkil topadi. Ikki xil adgeziya bor: sof adgeziya, u adgeziv (suyuqlik) va substrat (qattiq jism) orasidagi yopishish mustahkamligini anglatadi; mexanik adgeziya, u adgezivni substratningjuda mayda g‘ovakchalari orasiga shimilib borishi bilan belgilanadi. Yog‘och materiallar uchun mexanik adgeziya ko‘proq mos keladi. Adgeziya — lok-bo‘yoq parda qatlamlarining asosiy xossalaridan biri bo‘lib, parda qatlamning ko‘pgina xossalari, shu jumladan, uning uzoqqa chidamliligi va himoya qilish xususiyatlari adge- ziyaning kattaligiga bog‘liq. Adgeziyaning mohiyati shu vaqtgacha yetarlicha o‘rganilgan emas. Uning fizik mohiyatini tushuntirishda olimlar orasida har xil nazariya va tushunchalar mavjuddir. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling