Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet43/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Adgeziyaning adsorbsion yoki molekular nazariyasi. Debroyn, Mak-Laren ishlari va keyinchalik Deryagin, Berlin va boshqalar tomonidan rivojlantirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida adsorbsion nazariya adgeziv va substrat molekulalari orasida Vander-Vaals kuchlarining paydo bodishi bilan tushuntiriladi. Bu nazariyaga ko‘ra adgezion bogdanishlarning paydo bodish jarayoni ikki bosqichga bo‘linadi.
Birinchi bosqich — adgeziv molekulalari qattiq jism sirtiga oda boshlaydi va uning polyar guruhlari substratning polyar guruhlariga nisbaan oriyentatsiyalanadi; ikkinchi bosqich — molekulalar orasidagi masofa 0,5 mm. ga yetishi bilan adsorbsion muvozanat holati paydo bodadi.
Adsorbsion nazariya polyar guruhli parda hosil qiluvchilami polyar guruhli substraíga bodgan adgeziyasini yetarlicha tushun- tirib beradi: adgeziyaning polyarligi qanchalik ko‘p bodsa, adge­zion mustahkamlik ham shunchalik katta bodadi: bu yerda, li — adgeziv molekulasining dipol momenti; £ — adgezivning dielektrik singdiruvchanligi.
Adsorbsion nazariyaga binoan adgeziya mustahkamligining ortishi polimer kimyoviy tabiatni o‘zgartirish (polyar guruhlar sonini ko‘paytirish, molekular massasini kamaytirish, zanjir ha- rakatchanligini oshirish) va asos polyarligini oshirish hisobiga ro‘y beradi. Ko‘pgina polyar guruhli parda hosil qiluvchilarda (epoksid, alkid, fenol-formaldegid, shellak, polivinilasetat smolalari va boshq.) adgeziya kuchlarining yuqori bo‘lishi, birinchi navbatda, adgeziv bilan Substrat chegarasida adsorbsion kuchlaming yuzaga kelishi orqali tushuntiriladi.
Adsorbsion nazariya, qanchalik ustun kelmasin, baribir u polyarmas adgezivlar bilan polyar substratlar chegarasida uchraydigan yuqori adgezion mustahkamlik holatlarini tushuntirib bera olmaydi.
Elektr nazariyasi. Bu nazariya kontaktda bo‘lgan yuzalar che­garasida hosil bodadigan ikkilamchi elektr qatlam orqali tu­shuntiriladi. Ikkilamchi elektr qavatlarning hosil bo‘lishiga qu- yidagilar sabab bo‘ladi: Substrat yuzasida adgezivning polyar guruhlari adsorbsiyalanadi (yutiladi) va oriyentirlanadi; birinchi navbatda, sirt dipollari oriyentirlanadi, natijada, sirt ma’lum katta- lik va ishorali zaryadga ega bo‘ladi. Zaryadlar faqat har xil yuza- laming o‘zaro kontaktda bo‘lgan chegarasidagina paydo bo‘ladi.
Turli materiallarda, masalan, metall va polimerda yoki ikkita har xil polimer materiallarda elektronlar har xil energetik sharoitda joylashadi. Bunday materiallar kontaktda bo‘lib, ular kimyoviy ta’sir etganda bir sirtdagi elektronlar ikkinchisiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Natijada, kontaktda bo‘lgan materiallaming chegara qismlarida har xil ishorali zaryadlar (ikkilamchi elektrik qatlam) paydo bo‘ladi. Ulaming bir-biriga bo‘lgan munosabati ayrim hol- larda adgeziyaning yuqori qiymatga ega ekanligidan darak beradi. Molekulalararo tortish kuchlaridan bir qancha katta bo‘lgan adgeziya kuchlari miqdori parda qatlamni ajratishda bajaradigan ish miq- dorining ajratish tezligiga bog‘liq. Parda qatlamni ajratib olishda kuzatiladigan elektron emissiya (elektronlaming oqib o‘tishi) va qator boshqa tajriba yo‘llari bilan aniqlangan faktlar va nazariy qoidalar adgeziyaning elektrik nazariyasi bilan tushuntiriladi.
Shu bilan birga, elektr nazariyasi polyarmas polimerlar orasida hamda bir xil polimerlardan iborat ikkita yuza chegarasida mavjud bo‘lgan yuqori adgeziyani tushuntirib bera olmaydi, vaholanki, bu yerda ikkilamchi elektr qatlami hosil bo‘lishi uchun hech qanday shart-sharoit yo‘q. Bunday holatlar uchun adgeziya hodisasini tushuntirishda hozirgi zamon ta’limotlariga ko‘ra difíuziya ta’limoti muhim rol o‘ynaydi.
Diffuzion nazariya. Bu nazariyaga muvofiq, qattiqjism (subs­trat) yuza qatlamlari bilan adgeziv molekulalari (segmentlari) orasida difíuziya sodir bo‘ladi. Natijada, ular chegarasida ma’lum vaqt o‘tishi bilan mustahkam bog‘lanish alomati seziladi. Mod- dalar zarrachalarining o‘rtacha kvadrat ko‘chib o‘tishi Eynshteyn tenglamasiga ko‘ra, quyidagiga teng bo‘ladi:
A = (2Dt) °’5,
bu yerda, D — difíuziya koeffitsiyenti; t — vaqt.
Yuqori elastik holatda bo‘lgan polimerlarning difíuziya koeffitsiyenti juda kam bo‘lib, u 10 '"10 sm2/s.ni tashkil etadi.
Diffuzion nazariya asosi bikir metall, silikat bo‘lgan holatlar uchun yaramaydi. Difíuzion nazariya bo‘yicha adgeziyajarayoni- ning yaxshi kechishida harorat bog‘lanishda bo‘lish vaqti va bo- sim muhim ahamiyatga ega. Lok-bo‘yoq materiallar tarkibida plastifikator va erituvchilaming yetarli miqdorda bo‘lishi lok- bo‘yoqlarning asos bilan yaxshi kontaktda bo‘lgan joylarida diffuziyaning oson kechishini ta’minlaydi va adgeziyaning yaxshi bo‘lishiga imkoniyat yaratadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling