Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
E=F/q, B/m, bu yerda, F — elektr maydonida zaryadlangan zarrachaga ta’sir etuvchi kuch; q — zarracha zaryadi. E ning o‘lchov birligi E=1N/1K1=1N/Kl, ya’ni 1 KI. ga teng bo‘lgan IN kuch ta’sir etadi. SI sistemasida bu birlik metrga volt (V/m) deb ataladi.
Elektr maydonida zaryadlangan zarrachaga ta’sir etuvchi kuch maydon kuchlanganligi kvadratiga to‘g‘ri proporsionaldir: F = C-E2, bu yerda, C — zarracha xossasiga bog‘liq bo‘lgan proporsionallik koeffitsiyenti. Elektr maydonida purkashda E miqdori katta aha- miyatga egadir. Tajribalar kohsatishicha, elektr maydonining kuchlanganligi 4—6 kV/sm orasida boTishi yaxshi natijalar berar ekan. Bu kuchlanganlik purkovchi qurilmaga kuchlanishi 100—140 V bo‘lgan o‘zgarmas tokning manfiy zaryadlarini berganda ro‘y beradi. Bunda elektrodlar orasidagi masofa (buyum va purkovchi asbob) 200—250 mm.ga teng bo‘ladi. Lok-bo‘yoq material zarrachalarini zaryadlash. Lok-bo‘yoq- lami purkash, purkalgan zarrachalami elektr maydonida buyum tomon ko‘chirish va ularni buyum yuzasiga cho‘ktirish uchun lok-bo‘yoq zarrachalari zaryadlanadi. Elektr maydonida loklash yoki bo‘yashda ionli va kontaktli zaryadlash usullari qo‘llaniladi. Ionli zaryadlash elektr statik maydonida muallaq holatda turgan havodagi gaz ionlarini lok-bo‘yoq zarrachalari (tomchilari) sirtiga absorbsiyalanishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda lok-bo‘yoq material pnevmatik purkagich yordamida tojlanuvchi elektrod (to‘rsimon) bilan buyum orasidagi elektr maydoniga qarab purkaladi. Tojlanuvchi elektrod bilan havoning ionlashuvi natijasida lok-bo‘yoq material zarrachalari manfiy zaryadga ega bo‘ladi va ular elektr statik maydonining kuch chiziqlari bo‘yicha harakatlanib, yerga ulangan cho‘ktirish elektrodi — yog‘och buyum yuzasiga kelib o‘tiradi. Lok-bo‘yoq material zarrachalarini bunday zaryadlash usuli kontaktli usulga qaraganda kam qo‘llaniladi. Chunki bunda lok-bo‘yoq material ko‘p isrof boTadi, pardoz qatlam qalinligi bir tekisda chiqmaydi. Bulardan tashqari, ionli zaryadlashga pnevmatik qurilmalarga hamda purkashjarayonining o‘ziga katta talab qo‘yiladi. Lok-bo‘yoq materiallarni kontaktli zaryadlashda bu kamchiliklar uchramaydi. Kontaktli zaryadlash. Kontaktli zaryadlash lok-bo‘yoq material bilan yuqori kuchlanishli manbaga ulangan purkagichning qirra tig‘i bevosita kontaktda bo‘lganda sodir bo‘ladi. Kontaktli zaryadlash usulining ionli zaryadlash usuliga qaraganda asosiy afzallik- laridan biri tomchilardagi zaryad miqdorining katta bo‘lishidir. Lok-bo‘yoq materialni kontaktli zaryadlashda aerozol zarra- chalarining zaryadi ionli zaryadlashga qaraganda 10—30 marta yuqori bo‘ladi, shuning uchun sanoatda ishlatiladigan elektr maydonida bo‘yash qurilmalarida, asosan, kontaktli zaryadlash usuli qo‘llaniladi. Lok-bo‘yoq zarrachalari quyidagicha kontaktli zaryadlanadi: yuqori kuchlanishli elektr manbayiga ulangan tojlanuvchi elek- trod — purkagichning qirra tig‘ida yuqori zichlikda sirtiy zaryad to‘planadi. Tojlanuvchi elektrodga lok-bo‘yoq material uzatilganda uning tomchilari zaryadlanadi va elektr maydoni ta’sirida kuch chiziqlari bo‘ylab harakatga keladi yoki boshqacha aytganda, zarrachalar elektroddan buyumga qarab harakatlanayotgan o‘z trayektoriyasini o‘zgartiradi. Bunda maydon kuchlanganligi qancha yuqori bo‘lsa, tomchilar tojlanuvchi elektroddan shunchalik tez ajralib chiqadi va buyum yuzasiga borib yopishadi. Elektr maydonida bo‘yashning uch usuli bor: pnevmoelektrik, elektr mexanik va elektr statik. Ulaming ishlash prinsipi va sxemasi 26-rasmda keltirilgan. Yog‘och va bo‘yaladigan yuzalarga nisbatan qo‘yiladigan talablar. Yog‘och va yog‘och materiallar hamda ulaming bo‘ya- ladigan yuzasiga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi: mebelsoz- likda ishlatiladigan detallarning namligi kamida 8±2 %, qurilish va duradgorlik buyumlari uchun esa 10—15 % atrofida bo‘lishi kerak; pardozlanadigan yuzaning g‘adir-budurligi mebel detallan uchun 9—10 klass (yuzada mayda tolachalaming bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi), qurilish va duradgorlik buyumlarida esa 7—8 klass- dan kam bo‘lmasligi lozim; yuza yaxshilab tekis gruntovka qilin- gan bo‘lishi va uning solishtirma hajmiy hamda yuza elektr qarshilik koefíitsiyentlari mosravishdapv=108—109 Om-smvaps=109—1010 Om atrofida bo‘lishi talab etiladi. Lok-bo ‘yoq materiallarga nisbatan qo ‘yiladigan talablar. Yuqori sifatli parda qatlam olishda lok-bo‘yoq materiallar buyumga ko‘proq (isrof bo‘lmasdan) purkalishi va uning yuzasida yaxshi yoyilishi muhim ahamiyatga egadir. Lok-bo‘yoq material zarrachalari elektr maydonida purkala- yotgan vaqtda o‘ziga elektr zaryadlarini ko‘p va tez qabul qila 26-rasm. Elektr maydonida bo‘yash chizmalari: a—to‘rsimon elektrod tomonidan hosil qilingan elektr maydonida zarrachalarni pnevmatik zaryadlash; ¿—zaryadlash qurilmasi tomonidan hosil qilingan elektr maydonida zaryadlami pnevmatik zaryadlash; d, e—kosasimon tojlanuvchi elektrodlar yordamida elektr mexanik zaryadlash;/—tirqishli purkagichlar yordamida elektr statik zaryadlash; 7—konveyer; 2—buyum; 3—pnevmatik purkagich; 4—to‘rsimon elektrod; 5—yuqori kuchlanishli manba (YKM). oladigan va ulami qarshi zaryadli elektrod (buyum) tomon yo‘- nalishda o‘zida saqlab qolish xususiyatiga ega bo‘lishi; qovushoqligi 25—70 spz atrofida bo‘lishi; yaxshi purkalishi, buyum yuzasida tez oqib yoyilishi, yuqori chaqnash haroratiga (30—35°C dan yuqori) va ma’lum elektr ftzikaviy xossalarga p=5 • 105—5-107 Om'sm; e = 4—10) ega bo‘lishi kerak. Bu talablar bajarilsa, yog‘och materiallami bo‘yashda yuqori texnik iqtisodiy samaradorlik va rentabellikka erishish imkoni yaratiladi. Yog‘och va lok-bo‘yoq materiallarning xossalari. Yog‘och buyumlar elektr maydonida bo‘yaladigan material — elektrod- lardan biri bo‘lib, u ma’lum miqdorda elektr tokini o‘tkazishi kerak. Shundagina uning yuzasiga lok-bo‘yoq material zarrachalari kelib o‘tiradi va yoyilib bir tekisda parda qatlam hosil qiladi. Yog‘och polyar material hisoblansa ham u quruq bo‘lgan vaqtda undagi erkin ionlar soni nihoyat darajada kam, shuning uchun ham u o‘zidan elektr tokini o‘tkazmaydi. Quruq yog‘ochlarda ulaming solishtirma hajmiy elektr qarshiligi yog‘ochning turiga bog‘liq bo‘lmaydi vau l,6-1011—9-1012 Om-sm.ni tashkil etadi. Yog‘och- ning elektr o‘tkazuvchanligiga uning namligi ta’sir etadi. Suv yog‘ochning kovaklari orasiga kirganda o‘zi bilan ko‘p miqdordagi erkin ionlami olib kiradi. Bundan tashqari, yog‘ochdagi suv undagi ayrim moddalami eritib, erkin ionlar sonini oshirib yuboradi. Yog‘ochdagi namlik yog‘och bilan kimyoviy bog‘langan, fizik- kimyoviy tortish kuchlari orqali adsorbsion bog‘langan, fizik- mexanik kuchlar orqali kapillar bog‘langan yoki erkin namlik- larga bo‘linadi. Erkin namlik yog‘ochdagi hujayralar ichini va hujayralar orasini to‘ldiradi. Boshqa turdagi namliklar esa hujayralaming devorlariga shimilgan bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlikka erkin namlik katta ta’sir kodsatadi. Demak, yog‘ochning namligi ortishi bilan uning elektr o‘tkazuvchanligi ham ortadi. Ammo mebel buyumlari uchun yog‘ochning namligi yuqorida ko‘rsatganimizdek aniq miqdorda (8±2 %) bo‘lishi kerak. Bunday namlikdagi detallami elektr maydonida bo‘yash uchun ulaming elektr o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Buning uchun ularga elektr o‘tkazuvchanlikni oshira- digan maxsus moddalar surkaladi yoki purkaladi. Masalan, shaf- fof parda qatlam hosil bodadigan pardozlash ishlarida gruntovka (HBA emulsiya va ortofosfor kislota asosidagi tarkiblar) hamda alkamon OC-2 (sirti faol moddalarning organik erituvchilardagi eritmasi) shu maqsadlarda ishlatiladi. Ortofosfor kislota asosli tok o‘tkazuvchi tarkiblar yog‘och rangini o‘zgartirgani uchun alkamon asosli tok o‘tkazuvchi tar- kiblardan ko‘proq foydalaniladi. Alkamon yog‘och yuza qatlam- larining elektr o‘tkazuvchanligini oshiruvchi eng samarali vositadir. U deraza va eshiklami MH-52 mochevina-formaldegidli lok va stullami nO-251B, nO-2515, nO-2135 nM va nO-2116nM poliefir loklari bilan pardozlashda qo‘llaniladi. Alkamon asosli tarkiblar buyum yuzasiga lok-bo‘yoqlami todiq va bir tekisda yopishishini ta’minlaydi va parda qatlamning fizik-mexanik, adgezion va dekorativ xossalarini yaxshilaydi. 19-jadvalda alkamon asosli tarkibning retsepti va uni yuzaga surkash tartibi keltirilgan. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling