Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet49/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

24-rasm. Sovuq holda havosiz purkash uchun ishlatiladigan YEP qurilmasining chizmasi: 7—markaziy lok quyish baki;
2—filtr; 7—tikjoylashgan pnemogidravlik nasos; 4—purkagich; 5—pnevmosistema manometri; 6—lokning ish bosimini ko‘rsatuvchi manometr.
ish unumi 5 kg/minutdan kam bo‘lmagan ko‘chma yoki ko‘chmas qurilmalar. Havosiz purkash usuli, asosan, katta yuzali yirik buyumlar (vagonlar, avtofurgonlar va boshq.)ni pardozlashda ishlatiladi. Bunda purkalish darajasini lok yoki bo‘yoqning sar- fmi o‘zgartirmasdan turib mustaqil ravishda rostlab bo‘lmasligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi. Bosim o‘zgarishi bilan bir vaqtda lok-bo‘yoq sarfi ham keskin o‘zgaradi.
Havosiz purkash usulining boshqa ko‘rinishi aerozol usulidir. U, odatda, parda qatlamlarini qayta tikiash, bo‘yog‘i ko‘chgan joylami ta’mirlash hamda trafaret yordamida gul solish kabi ki­chik hajmdagi ishlami bajarishdajuda ko‘p qo‘llaniladi.
Aerozol ballonidan foydalanilganda maxsus asbob-uskuna va qo‘shimcha elektr quwati talab etilmaydi. Bu usulning ishlash tarzi lok-bo‘yoq material bilan aralashgan past haroratda qay- novchi suyuqliklaming bosimi birdaniga pasayib ketganda shu suyuqlik bug‘lari lok-bo‘yoqni mayda tomchilarga aylantirib be­rish xususiyatiga asoslangan.
Aerozol ballon (25-rasm) silindrsimon idishdan iborat bo‘lib, uning ichida lok-bo‘yoq va changlatuvchi modda (propellent) aralashmasi bo‘ladi. Aralashma tepasidagi bo‘shliq propellent bug‘lari bilan liq to‘lgan bo‘lib, u aralashma sirtiga o‘zgarmas bosim berib turadi. Knopka bosilganda klapan ochiladi va suyuq­lik bug‘ bosimi ta’siri ostida soploga qarab yo‘naladi. Shu vaqtda

25-rasm. Aerozol ballonining tuzilish chizmasi:

7-lok-bo‘yoq materialining
propellent bilan aralashmasi;
2—ballon; 3—sifon naycha;

4—klapanli purkovchi
qurilma.

lok-bo‘yoq bosimning keskin tushib ketishi va propellentning bug‘lanishi natijasida juda mayda tomchilarga bo‘linib, aerozol tumani hosil bo‘ladi. Odatda, propellent sifatida freonlar — metan yoki propanning ftorxlorli hosilalari ishlatiladi. Ular inert modda bo‘lib, hidi yo‘q, yonmaydi va zaharli emas. Propellentning qaynash haro- rati 10°C dan past to‘yingan bug‘lari bosim 0,25—0,35 MPa oralig‘ida bo‘ladi.
Melamin va mochevina-alkidli, poliakrilatli va nitrosellulozali lok- bo‘yoqlar freon bilan yaxshi arala- shadi. Mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ballonlarning sig‘imi 0,5—1 litr. Masalan, bitta 0,6 litrli ballon bilan 2 m2 yuzani bo‘- yash mumkin. Bunda parda qatlam qalinligi 15 mkm.dan oshmaydi.
33. Lok-bo‘yoqlarni yuqori kuchlanishli elektr
maydonida purkash

Lok-bo‘yoqlarni surkash ishlarini mexanizatsiyalash mehnat unumini oshirish va ish sharoitini yaxshilash hamda material isrofgarchiligini keskin kamaytiradigan usullardan biri — lok- bo‘yoq materiallarini yuqori kuchlanishli elektr maydonida purkash usulidir. Bu usul qisqacha elektr maydonida bo'yash deb ham ataladi.
Elektr maydonida bo‘yash (loklash) usuli mashinasozlik bilan mebelsozlik sanoatida keng qo‘llaniladi. Odatda, bu usul bilan stullar, duradgorlik buyumlari (eshik va romlar), musiqa asbob- lari, televizor va radiopriyomnik g‘ilollari hamda asosi yog‘ochdan ishlangan boshqa buyumlar pardoz qilinadi.
Yog‘och buyumlami elektr maydonida bo‘yash metall bu- yumlami bo‘yashga qaraganda o‘zining qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Yog‘och o‘zidan elektr tokini yomon o‘tkazadigan
material, lekin uning yuzasida hosil qilinadigan parda qatlamlari- ning dekorativ xossalariga qo‘yiladigan talablar juda yuqoridir. Yog‘och buyumlami elektr maydonida bo‘yash texnologiyasi shu vaqtgacha yaxshi o‘rganilgan emas, shuning uchun bu sohadagi adabiyotlar yetarli emas. Bu yerda biz umumiy tarzda tushunti- rishga harakat qilamiz.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling