Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
Elektr maydonida bo‘yashningfizik mohiyati. Elektr maydonida bo‘yashning mohiyati lok-bo‘yoq material zarrachalarini zaryad- lash, ulami purkash, elektr maydonida harakatga keltirish va ni- hoyat ulami buyum yuzasiga qoplashdan iboratdir.
Elektr maydonida bo‘yash elektr energiyasidan foydalanish- ning yangi usuli bo‘lib, u texnikada elektron-ionli texnolgiya (3HT) deb ham yuritiladi. Elektr maydonida bo‘yashda quyidagijarayonlar amalga oshadi: Lok-bo‘yoq material zarrachalari bilan yog‘och buyumni bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ishoralar bilan zaryadlash. Odatda, lok-bo‘yoq zarrachalari manfiy, yog‘och buyumlari musbat zaryadlangan bo‘ladi. Purkovchi asbob va buyum orasidagi fazoda elektr maydoni hosil qilish. Lok-bo‘yoqlami mayda zarrachalarga parchalab yuborish (disperslash) va fazoda aerozol deb ataluvchi dispers aralashma hosil qilish. Zaryadlangan lok-bo‘yoq zarrachalarini elektr maydonida buyum tomoniga qarab ko‘chirish. Lok-bo‘yoq material zarrachalarini yog‘och buyum yuzasiga cho‘ktirish va parda qatlam hosil qilish. Elektr maydonining asosiy xossalari. Bo‘yash kamerasida purkagich asbobining manfiy zaryadlangan elektrodi bilan (u yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tok manbayiga ulangan) va musbat zaryadlangan yog‘och buyum (yerga ulash) oralig‘ida elektr maydoni hosil qilish, elektr maydonida bo‘yash (loklash)ning asosini tashkil etadi. Yuqori kuchlanishli o‘zgarmas tokka ulangan manfiy zaryadli purkagich asbobi va musbat zaryadlangan buyum orasidagi havoli fazoda hali lok zarrachalari bodmagan vaqtda qandaydir miqdorda erkin zaryadlar — kislorod va azot ionlari, ion va elektronlar kompleksi mavjud bo‘ladi. Ular elektr maydoni ta’sirida maydon kuch chiziqlari bo‘ylab harakat qila boshlaydi, ya’ni bunda elektr toki paydo bo‘ladi. Elektr maydonida bo‘yashda purkash asbobining chekka qirralarining tig‘i kichik radiusga ega bo‘lib, uning radiusi bo‘- yaladigan yuza radiusidan bir necha marta kichikdir. Buyum va purkovchi asbob orasida dastavval notekis elektr maydoni hosil bo‘lib, unda elektr zaryadlarining kuchlanganligi va zichligi har xil bo‘ladi: qirra tig‘lari atrofida zaryadlar miqdori nihoyat darajada ko‘p, qolganjoylarda esa kam to‘planadi. Notekis elektr maydonida mustaqil razryadning bir necha ko‘rinishi bo‘ladi. Tig‘ atrofida maydonning keskin bir jinsli bo‘lmasligijoylarda gazlami ionlashtirib, o‘ziga xos yorug‘lanish hosil qiladi. Razryadning bunday ko‘rinishi toj yoki toj razryad deb ataladi. Toj razryad vaqtida elektrodlar orasidagi havoning elektrik mustahkamligi buzilmaydi. Toj razryad paydo bo‘lgan joyidan uzoqqa ketmaydi, u shu joy (qirra tig‘i) yaqinida doim harakatda bo‘ladi. Tojlanuvchi elek- trod va buyum orasida bir xil ishora bilan zaryadlangan zarra- chalar oqimi harakat qiladi, ular, o‘z navbatida, lok-bo‘yoq aero- zol zarrachalarini zaryadlaydi. Purkagich asbobining qirra tig‘ida hosil bo‘ladigan toj razryad ionlashtirishjarayonini intensivlashda ijobiy o‘rin tutadi va elektr maydonida bo‘yashda ishlatiladi. Tojlanuvchi elektrodga beriladigan kuchlanishning ortib borishi bilan toj razryad uch- qun razryadga aylanadi. Uchqun razryad chiqayotgan vaqtda lok zarrachalarini zaryadlash uzilib qoladi. Kuchlanishning haddan tashqari ortib ketishi natijasida buyum bilan purkagich orasida uchqun razryad elektr yoyiga o‘tib ketishi mumkin. Elektr maydonida bo‘yashda uchqun va yoy razryadlaming paydo bo‘lishiga asió yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, aks holda ular aerozol ko‘rinishidagi lok-bo‘yoq zarrachalarini alanga oldirib yuborishi mumkin. Elektr toki yordamida bo‘yashdan hosil bo‘ladiganjarayonlar purkovchi asbob va bo‘yaladigan buyum orasidagi elektr may- donining parametrlari bilan aniqlanadi. Ish boshlanishidan awal hali buyumjoyini o‘zgartirmagan va purkagich harakatga kelma- gan vaqtda, elektr maydoni harakatsiz elektr zaryadlari yordamida vujudga keladi. Bunday maydoncha elektrostatik maydon deyi- ladi. Bo‘yashjarayoni boshlanganda, ya’ni buyum bo‘yash zonasi orqali o‘tib borayotganda, purkagich va buyum oralig‘ida zaryadlangan zarrachalar oqimi bo‘ladi. Elektr maydonining asosiy xususiyati bo‘lib kuchlanganlik E (vektor kattalik) xizmat qiladi va u quyidagicha topiladi: Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling