7-mavzu: Sun`iy charmlar haqida umumiy ma`lumotlar. Sun`iy charmlar uchun material va xom ashyolar


Download 101.37 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi101.37 Kb.
#1228277
  1   2   3
Bog'liq
Презентация7

7-MAVZU: Sun`iy charmlar haqida umumiy ma`lumotlar. Sun`iy charmlar uchun material va xom ashyolar.

Reja:

  • Sun`iy charmlar haqida umumiy tushunchalar. Sun`iy charmlar uchun material va xom- ashyolar qoplash va sug’orish uchun kompozitsiyalar.
  • Polivinilxloridli qoplama va sug’orish. Poliamidli sug’orish va qoplash.Viniliskoja ishlab chiqarishning ahamiyati.
  • Amidiiskoja ishlab chiqarishning ahamiyati. Sun`iy charmning nuqsonlari va navlari.

Tayanch so’z va iboralar
Sun`iy charm, sun`iy charmlar uchun material va xom- ashyolar qoplash, sug’orish uchun kompozitsiyalar, polivinilxloridli qoplama va sug’orish, poliamidli sug’orish va qoplash, amidiiskoja, sun`iy charmning nuqsonlari va navlari.
Sun`iy charmlar haqida umumiy tushunchalar.
Sun`iy charm - asosning (gazlama, noto’qima material, trikotaj) yuzasiga polimer kompozitsiyalarini qoplash bilan olinadi. Bu charmlardan foydalanish poyabzal usti uchun 10%, astarlik uchun 30% va taglik uchun 30% ni tashkil etadi. Rulon shaklida ishlab chiqariladi. Bu charmning hamma uchastkalaridagi xususiyatlari bir xil bo’ladi. Bu charmlar asoslar va qoplamalarning turlari bilan xarakterlanadi.
Qoplamalar quyidagicha belgilanadi: polivinilxloridli - vinil,
kauchukli - elasto,
nitrotsellyulozali - nitro,
poliamidli - amid,
poliefiruretanli - uretan.
Asoslar uchun quyidagi belgilar ishlatiladi: gazlama-T, trikotaj-TR, noto’qima-NT.
Sun`iy charm ishlab chiqarish uchun material va xom ashyolar.
Sun`iy charmlarning xususiyatlari ularning asoslari va qoplamalarning turlariga, sug’orish va qoplash usullariga bog’liq bo’ladi.
Asos turlari sun`iy charmning mustahkamligiga, cho’ziluvchanligiga, qalinliligiga va qattiqligiga ta`sir qiladi.
Ko’pchilik sun`iy charmlar gazlama asosga ega bo’ladi, ya`ni 2-3 qavatli kirza, gazlama AST-28, byaz.
Issiq ishchi poyabzallarini ishlab chiqarishda asos uchun jun gazlamalar ishlatiladi. Ayollar etiklarining elastik sog’larini ishlab chiqarishda trikotaj asosdan foydalaniladi.

Download 101.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling