7-mavzu: Sun`iy charmlar haqida umumiy ma`lumotlar. Sun`iy charmlar uchun material va xom ashyolar


Qoplash va sug’orish uchun kompozitsiyalar


Download 101.37 Kb.
bet2/3
Sana25.02.2023
Hajmi101.37 Kb.
#1228277
1   2   3
Bog'liq
Презентация7

Qoplash va sug’orish uchun kompozitsiyalar.
Kauchukli sug’orish va qoplash.
Kauchuklarning suvli va benzosuvli dispertsiyalari latekslar keng qo’llaniladi. Benzo suvli dispertsiya rezina aralashmasini benzinda eritib unga ammoniy kazein suvli eritmasini qo’shish bilan olinadi. Bu dispertsiya hidliligi uchun, yong`inga moyilligi uchun ishlatilmayapti. Ko’proq butadien - stirolli lateks SKS-30, divinilvinilidenxloridli DVXB-70 va xloroprennairit NT, tarkibida karboksil bo’lgan butadien - stirolli SKS - 30-1 kauchugidan foydalanilmoqda.
Polivinilxloridli qoplamalar va sug’orish.
Polivinilxloridli qoplamaning tarkibiga polivinilxloridli smola, plastifikator, stabilizator, to’ldirgichlar va pigmentlar kiradi.
Polivinilxlorid smola gaz holatidagi vinilxloridni polimerlash bilan olinadi. Smolani polimerlashning suspenziya va emulsiya usullari mavjud.
Polivinilxlorid smola oq yoki ochiq-sariq rangdagi kukun bo’lib, suvda, spirtda va benzinda erimaydi. Polivinilxlorid xususiyatining asosiy xarakteristikasi bu termostabillik va molekulyar massadir.
Polivinilxloridning termostabilligi deganda vodorod xloridni ajrashi boshlangunga qadar 165 yoki 1750C da smolaning qizdirish vaqti tushuniladi. Molekulyar massa bu o’zgarmas kattalik K bo’lib, tsiklogeksandagi 0,5% li polimer eritmasi qovushqoqligi bilan aniqlanadi.
Poliamidli sug’orish va qoplash
Poliamid eritmasi astarlik sun`iy charm asoslarini sug’orish uchun va qoplamalarni pardozlash uchun ishlatiladi. Poliamidni tuzilishi (-SN2-) m gruppalash, -SO-NN2 yoki -SO-NN-amid gruppasi bilan almashib bog’lanishi bilan xarakterlanadi.
Poliamid bu mustahkam, zichligi 1,1-1,2 g/sm3 molekulyar massasi 8000-25000 bo’lgan yuqori kirishuvchan polimerlardir. Poliamidlarni quyidagi P-54g`10, P-54N, P-AK60g`40 markalari ishlatiladi. Poliamid plastifikatori sifatida gletsirin va alizarin yog’i ishlatiladi.
Poliefiruretanli sug’orish va qoplash.
Poliefiruretan bu polimer bo’lib, uglevodorod zanjirini uretan guruhi bilan bog’langanligidir.
II
-NH-C-O-
Poliefiruretan yuqori mustahkamlikka, qayishqoqlikka, egiluvchanlikka, sovuqqa va chidamlilikka ega.

Download 101.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling