Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet26/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Gliftal smolasi deb uch atomli spirt-glitserinning ikki asosli ftal kislota angidridi bilan kondensatlanish reaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Quyida ftal kislota (I) va uning angidridi (II) hamda glitserin (III) formulalari keltirilgan:

-COOH
-COOH
CH2-OH
I
CH-OH
I
CH2-OH
I II III
Pentaftal smolasi deb, ftal kislotaning to‘rt atomli spirtpen- taeritit (C (CH2OH)4) bilan kondensatlanishi natijasida hosil bo‘l- gan mahsulotga aytiladi.
Modifikatsiya qilinmagan sof alkid smolalari suv ta’sirida chidamsiz va mo‘rt parda qatlamlar hosil qiladi. Shuning uchun cheklangan miqdorda ishlatiladi. O‘simlik moylari bilan modifi­katsiya qilish natijasida ulaming ko‘pgina xossalari yaxshilanadi. Alkid smolalari quriydigan va qurimaydigan turlarga bo‘linadi.
Quriydigan alkid smolalari biror yuzaga yupqa qilib surtil- ganda, ular xona sharoitida yoki qizdirish natijasida tezda qotib, elastik va ma’lum qattiqlikka ega bo‘lgan parda qatlam hosil qiladi. Alkidlar mustaqil parda hosil qiluvchi modda sifatida gliftal va pentaftal lok va emallar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Ulami boshqa parda hosil qiluvchi moddalar bilan birga (nitroselluloza, karbamid, melamin-formaldegidli smolalar) qo‘shib ishlatish ham mumkin. Pentaftal smolasi asosida olingan parda qatlamlar yaltiroqligi, qattiqligi, suvga bo‘lgan chidamliligi va qotish tezligiga ko‘ra, gliftal smolalaridan yuqori turadi.
Qurimaydigan alkid smolalari boshqa parda hosil qiluvchilar tarkibiga (asosan, nitroselluloza asosli polimerlar tarkibiga) ular- ning elastikligi va adgeziya xossalarini oshirish uchun qo‘shimcha modda tarzida qo‘shiladi.
Alkid smolalari tarkibidagi moy yoki yog‘ kislotalarining miq- doriga qarab yoy'li (60 % dan ko‘p), o‘rtacha yoy'li (45—59 %) va kam yoy'H (33—44 %) guruhlarga bo‘linadi. Yog‘li alkidlar, asosan, quriydigan, kam yogdilar esa chala quriydigan moylar asosida tayyorlanadi.
Smolalar tarkibida moy (yog‘) miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, parda qatlam shuncha sekin quriydi, ammo elastik va atmosfera yog‘in-sochinlari ta’siriga chidamli bo‘lgan parda qatlam hosil bo‘ladi.
Odatda, alkid loklarida parda hosil qiluvchi moddaning kon- sentratsiyasi 40—50 % dan oshmaydi. Ulaming qurishi xuddi moylaming qurishiga o‘xshab ketadi, shuning uchun alkid lok va emallari tarkibiga qurishini tezlatish uchun sikkativlar qo‘shiladi.
Alkid smolalari asosida olinadigan pigmentlashtirilgan lok- bo‘yoq materiallar gliftal va pentaftal emallar, gruntovkalar, shpaklovkalarga bo‘linadi. Ular pigmentlaming yoki pigment va to‘ldirgichlarning alkid loklaridagi suspenziyasidan iboratdir. Alkid smolalari asosida xilma-xil mahsulotlar olinadi. Masalan, ular asosida 15 xil lok, 50 xil emal, 20 xil gruntovka va shpaklovka rusumlarining bir necha xili ishlab chiqariladi. Quyida ulaming ayrimlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
r^-280 loki (TY 6-10-1366-78) — o‘simlik moyi bilan mo- difikatsiya qilingan gliftal smolaning solventdagi eritmasi bo‘lib, unga yana karbamid-formaldegidli smola va sikkativ qo‘shilgan. Lokning taxminiy tarkibi (massasiga nisbatan % hisobida):

Zig‘ir moyi

23

Glitserin

6

Ftal angidridi

12

Smola K-411-02

7,5

Solvent

51,5


Lok qizdirib quritilgan (100°C da 1 soat) suv va bug‘ ta’siriga chidamli, silliq va yaltiroq parda qatlami hosil qiladi. U, asosan, to‘qimachilik sanoatida ip yigiruv mashina detallarini loklashda ishlatiladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling