Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
r^-230 emali (LOCT 64-77) — pigment va to‘ldirgichlar- ning gliftal lokidagi suspenziyasidir. Bu emal 25 xil rangda ishlab chiqariladi. Quyida ikki rangli emal uchun tarkibiy qismlar miqdori (massasiga nisbatan % da) keltirilgan:
Emal 18—22°C haroratda 24 soat mobaynida yaxshi qurib, yarimyaltiroq parda qatlam hosil qiladi. U bino ichida metall va yog‘och buyumlami (poldan tashqari) bo‘yash uchun ishlatiladi. Emal bo‘yoq purkagichlar, cho‘tka yoki valiklar yordamida surka- ladi. Bo‘yoq purkagichlar vositasida purkalganda qovushoqlik 24—28 s, cho‘tka yordamida surkalganda 40—60 s bo‘lishi lozim. Suyultirish uchun uayt-spirit yoki ulaming aralashmasi (1:1) ishlatiladi. ПФ-115 email (ГОСТ 6465-76) — titan (II) oksid, pigmentlar va to‘ldirgichlaming pentaftal lokidagi suspenziyasi. Emal tarkibida erituvchi (uayt-spirit) sikkativ va boshqa qo‘shimchalar bo‘ladi. U 30 dan ortiq rangda ishlab chiqariladi, quyida shulardan ikkita- sining tarkibiy qismlari (massasiga nisbatan % hisobida) keltirilgan:
ПФ-115 emali ochiq havoda va bino ichida turadigan metall va yog‘och buyumlami bo‘yashda ishlatiladi. Emal yuzaga cho‘tka yoki bo‘yoq purkagich yordamida surkaladi. U quyuqlashib qolsa uayt-spirit, skipidar yoki ularning teng miqdordagi aralashmasi qo‘shib suyultiriladi. ПФ-020 gruntovkasi (ГОСТ 18186-79) — pigmentlar va to‘ldirgichlaming, sikkativ va stabilizatorlar qo‘shilgan alkid lokidagi suspenziyasi. Qizg‘ish-jigarrang va fil suyagi rangida ishlab chiqariladi. Ishlatishdan oldin ПФ-020 gruntovkasi ish qovushoq- ligigacha solvent, ksilol yoki ulaming aralashmasi (1:1) bilan suyultiriladi. Qovushoqligi B3-4 viskozimetri bo‘yicha 20°C va 45 s. dan kam emas. Uchmaydigan moddalar miqdori 57—62 %, qurish vaqti 105°C da ko‘pi bilan 25 minut, —50 dan +60°C gacha ha- rorat o‘zgarishlariga chidamli. ПФ-020 gruntovkasi yong‘in chi- qishi jihatidan xavfli va zaharli modda. Bu gruntovka yuzalarga purkaladi, quyiladi, cho‘tka yordamida surtiladi va buyumning o‘zi gruntovkaga botirib olinishi mumkin. ГФ-0119 gruntovkasi (ГОСТ 23343-78) xossalariga ko‘ra, xuddi pentaftal gruntovkasiga aynan o‘xshashdir, faqat u 105°C da 35—40 minut ichida quriydi. Uchmaydigan moddalarning massa ulushi 53—58 % ga teng. ГФ-0075 (ТУ-6-10-21283-77) va ПФ-002 (ГОСТ 10277-76) shpatlovkalari mineral to‘ldirgichlar va pigmentlaming plastifikator qo‘shilgan parda hosil qiluvchi moddalar bilan uchuvchan erituvchilardagi aralashmasidir. Yuzalarga surkalgan shpaklovkalar xona haroratida 1 soat ichida quriydi. Gruntlangan metall yoki yog‘och buyumlar yuzasini shpaklovkalash uchun ishlatiladi. Ular yuzaga bo‘yoq purkagichlar yordamida yoki kurakchalar bilan osongina surkaladi. Har ikkala shpaklovka uchun eng yaxshi suyultirgich sifatida uayt-spirit va solvent ishlatiladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling