7- loborotoriya ishi. Bo‘yoq va loklarning qurish tezligini aniqlash


Download 40.04 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi40.04 Kb.
#1535694
Bog'liq
10-lab


7- LOBOROTORIYA ISHI.

BO‘YOQ VA LOKLARNING QURISH TEZLIGINI ANIQLASH


Bo‘yoq va lok ashyolari quriganda ularning yuzasida chang olmaydigan yupqa parda hosil bo‘ladi.
Asbob va uskunalar: quritish shkafi, shisha plastinkalar, termometr, mo‘y qalam, flens (yassi mo‘y qalam).

Quritish javoni. Termometr.




Ishlash tartibi. Quritish shkafiga chang kirmasligi uchun shamollatish yo‘llari doka bilan yopiladi, shkafning bir chetiga undagi namni o‘ziga yutib turuvchi suvsiz CaCl2 dan qo‘yiladi.
Sinaladigan bo‘yoqqa olifdan oz-ozdan qo‘shib, uni ishlatish uchun yaroqli quyuqlikka keltiriladi va shisha plastinka to‘la berkitish darajasigacha mo‘y qalam bilan bo‘yaladi. Plastinka yuzasiga surkalgan bo‘yoq flens bilan tekislanadi. Keyin shisha plastinkani 45° qiya qilib, 20°S haroratli shkafga qo‘yiladi va vaqt-vaqti bilan olib, og‘zidan 10 sm masofada ushlab puflanadi. Agar, plastinka yuzasidagi bo‘yoqda yupqa parda hosil bo‘lgan bo‘lsa, uning yuzasidagi bo‘yoq pardaga puflaganda kichik to‘lqin bo‘lib suriladi, bu bo‘yoq qurishining boshlang‘ich bosqichini bildiradi. Shisha plastinkaga bo‘yoq surkalgandan keyin uning yuzasida yupqa parda hosil bo‘lguncha o‘tgan vaqt bo‘yoqning boshlang‘ich qurish tezligini bildiradi. Bo‘yoqning to‘la qurish tezligini aniqlash uchun shisha plastinkalar qaytadan quritish shkafiga qo‘yiladi va vaqt-vaqti bilan plastinkani olib, uning bo‘yalgan yuzasiga bir bo‘lak paxta qo‘yiladi; paxta ustiga yog‘och taxtacha qo‘yiladi; uning ustiga esa 200 g li yuk qo‘yiladi. Oradan 30 sek o‘tgach yog‘och taxtacha olinadi va plastinka yuzasiga paxta tolalarining yopishgan- yopishmaganligi ko‘rib chiqiladi. Agar bunda plastinka yuzasiga paxta tolalari yopishmasa, bo‘yoq, to‘la qurigan bo‘ladi. Bo‘yoqning to‘la qurish tezligi (sek da) deganda, qurish boshlangan vaqtdan to yuzasiga 200 g li yuk ostiga paxta qo‘yib bosganda, bo‘yoqqa mutlaqo yopishmaydigan darajagacha qurishi uchun ketgan vaqtni tushunmoq zarur.


Download 40.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling