Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
n3-2118 loki (TY 6-10-1768-80) uch komponentlidir. Yarimfabrikat poliefir loki alkid smola va kolloksilin eritmasidan ibo- rat. Surkashdan oldin 100 massa qism yarimfabrikat lokiga 2,6 massa qism 30-raqamli tezlatkich qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi, so‘ngra 0,8 massa qism giperiz qo‘shib qovushoqligi ish holatiga kelguncha PJ-2II8 eritkichi bilan suyultiriladi. Tayyor aralash- maning ishga yaroqlilik muddati 8 soat; qurish vaqti 70°C da kamida 30 minut. Lok elektr maydonida purkab sepiladi. Uning solishtirma hajmiy elektr qarshiligi 1 • 106—l • 108 Om • sm, dielektrik singdiruvchanligi 6—10 ga teng.
H3-2136 loki (TY 6-10-2090-87). Lokning asosiy sirti faol modda 167-174 (TY 6-02-1236-62) qo‘shilgan to‘yinmagan poliefir smolasining stiroldagi eritmasidir. Fotosensibilizator o‘mida ikki komponentli sistema «Igrakur» (Shveysariya) va 30-raqamli tezlatkichdan 100:1 nisbatda foydalaniladi. Lok quyib surkaladi. Quyida lokning ayrim ko‘rsatkichlari keltirilgan.
Poliefir emallari — poliefir loklarining pigmentlari bilan ara- lashmasi. Dekorativ va mustahkamlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, ular boshqa loklardan ustun turadi. Poliefir emallari suv, yorug‘lik, issiqlik va sovuq ta’siriga chidamli bo‘yoq parda qatlamlari hosil qiladi. n3-225 emali — oq rangli, qizdirish natijasida qotadi, uch kom- ponentdan (massa qism bo‘yicha) tashkil topgan: n3-225-100 yarimfabrikat emali; initsiator (giperiz) — 4,3; tezlatkich (naf- tenat kobaltning stiroldagi eritmasi) — 3. Ishga yaroqlilik muddati 18—20°C haroratda 10 soat. Uchmaydigan moddalaming massa ulushi 70 %. Suyultirish uchun P-219 erituvchisidan foydalaniladi. Parda qatlamning 60°C haroratda qurish vaqti 3 soatdan oshmaydi. n3-276 emali (TY 6-10-1181-76) parafin tarkibli poli- efirmaleinatdir. U oddiy sharoitda ham qotaveradi. Olti xil rangda ishlab chiqariladi. Emal quyidagi komponentlardan tashkil topgan: n3-276 yarimfabrikat emali; parafmning stiroldagi 3 % li eritmasi; initsiator — 3-50: siklogeksanon peroksidi; 30-raqamli tezlatkich. Pardozlanadigan yuzaga emal ikki kallakli quyish ma- shinalarida surkaladi. Surkalishidan awal ikki ish eritmasi ko‘- rinishida tayyorlab olinadi (massa qism):
Emal ish qovushoqligigacha (28—35 s) aseton yoki butilasetat qo‘shib suyultiriladi. Initsiator qo‘shilgan emalning ishga yaroqlilik muddati 18—23°C haroratda kamida 8 soat. Qotish vaqti shu haroratda 5 soatdan oshmaydi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling