Yogoch material p65


Download 1.11 Mb.
bet40/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Nazorat savollari

  1. Plyonka va list ko‘rinishidagi pardozlash materiallarining tasnif- lanishini aytib bering.

  2. Lok-bo‘yoqlar ishlatilishjoyiga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi?

  3. Qoplamalar tashqi ko‘rinishi, optik xossalari va yarqirash xossa- lariga ko‘ra qanday xillarga ajratiladi?

  4. Buyum sirtidagi tayyor qatlam qanday belgilanadi?

  5. Lok-bo‘yoq materiallar qanday belgilanadi?

  6. Suyuq lok-bo‘yoq va qoplama materiallami saqlash va tashishda qan­day qoidalarga rioya etish kerak?

Ikkinchi qism
YOG‘OCH VA YOG‘OCH MATERIALLARNI
PARDOZLASH TEXNOLOGIYASI

V bob. HIMOYA-DEKORATIV PARDA QATLAM HOSIL
BO‘LISHINING FIZIK ASOSLARI


  1. Yog‘och materiallar yuzasida parda qatlam hosil
    bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari


Lok-bo‘yoq parda qatlamlarining shakllanishjarayoni bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi. Tekis va silliq (benuqson) qoplama hosil qiluvchi bosqichgaparda hosil bo‘lish bosqichi deb ataladi. Parda qatlam hosil bo‘lish bosqichi lok-bo‘yoq materiallami surkash usuliga, uning agregat holatiga va yuzada parda qatlam shakllani- shida turli fizik-kimyoviy omillaming ta’sir etishiga qarab, har xil bo‘lishi mumkin.
Lok-bo‘yoq material — asos (yog‘och) — havo chegarasida ro‘y beradigan fizik-kimyoviy hodisalar shunchalik murakkabki, ular shu vaqtgacha to‘liq o‘rganilgan emas. Lok-bo‘yoq parda qatlamning xossalari asos turi va unga dastlabki ishlov berish bosqichlariga ko‘pjihatdan bog‘liq. Bunda lok-bo‘yoqni surkashdan awal yog‘och materiallar yuzasini pardozlashga tayyorlash muhim ahamiyatga egadir. Gap shundaki, yog‘och kapillar-g‘ovak jism bo‘lgani uchun uning yuzasi doim g‘adir-budur bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, ma’lum adgeziya kuchlarining vujudga kelishiga sababchi bo‘ladi. Lekin yog‘och yuzasining g‘adir-budur bo‘lishi qimmatbaho pardozlash materiallarini ko‘p sarflashga olib keladi, natijada pardozlash texnologiyasining iqtisodiy samaradorligi pasayib ketadi. Shuning uchun yog‘och materiallar yuzasi yuqorida aytganimizdek, oldindan gruntovka qilinadi yoki boshqacha qilib aytganda, lok-bo‘yoq parda qatlamni hosil qiluvchi materiallar yog‘och yuzasi bilan emas, balki sun’iy ravishda yaratilgan asos (grunt qatlami) sirti bilan o‘zaro bog‘lanishda bo‘ladi.

  1. Lok-bo‘yoq materiallarning hoilovchanligi
    va yoyiluvchanligi


Yog‘och va yog‘och materiallar yuzasida lok-bo‘yoq mate- riallarining ho‘llovchanlik va yoyiluvchanlik xususiyatlari sifatli lok pardasi olishga imkon beradi. Ho‘llovchanlik — bu lok-bo‘yoq materiallarning yog‘och yuzasiga shimilib ketishi xususiyatidir. Yoyiluvchanlik esa lok-bo‘yoq materialni yuza bo‘ylab bir tekisda oqishi va silliq parda qatlam hosil qilishidir. Bu ikkijism chegara- sida adgeziya hosil bo‘lishining birdan bir asosiy shartidir. Qattiq jism yuzasida suyuqlikning ho‘llash va yoyila olish xususiyati, uch fazali sistemaning (qattiq jism — Q suyuqlik — Y — gaz — G) erkin energiyasi bilan aniqlanadi. Bunday sistemadagi kuchlar ta’sirini qattiqjism sirtiga tomizilgan bir tomchi suyuqlik misolida ko‘rish mumkin (7-rasm).

7-rasm. Sirt taranglik kuchini qattiqjism sirtida yotgan bir tomchi suyuqlikka ko‘rsatgan ta’siri:
¿/—suyuqlik yuzani hodlaydi; è—suyuqlik yuzani ho'llamaydi.

O nuqtasida fazalararo sirtga quyidagi kuchlar ta’sir etadi: erkin sirt energiya yoki unga ekvivalent bo‘lgan qattiqjism sirt tarangligi (qattiq jism — gaz chegarasi) o_;. bu kuch tomchini yoyishga intiladi; qarama-qarshi yo‘nalishda (qattiqjism — suyuqlik che­garasi) erkin sirt energiyasi g?_s, bu kuch tomchini yig‘ishga in­tiladi va nihoyat, eng oxirgisi suyuqlik-gaz chegarasidagi erkin sirt energiyasi osg, bu kuch ham tomchini yig‘ishga (to‘plashga) intiladi. osgvektori tomchi sirtiga urinma kohinishida yo‘nalgan bo‘lib, u qattiqjismyuzasi bilan 0 burchagi hosil qiladi. 0 burchak suyuqlik ichidan o‘lchanadi va chegaraviy ho‘llash burchagi deb ataladi. Sistemaning muvozanati sharti quyidagicha yoziladi:
o = g + g . cos 0.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling