Yogoch material p65


Lok-bo‘yoqni qizdirib beruvchi qurilmalarning texnik tavsifi


Download 1.11 Mb.
bet48/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Lok-bo‘yoqni qizdirib beruvchi qurilmalarning texnik tavsifi

Ko‘rsatkichlar

УГО-2МВ

УГО-4М

Qurilmadan chiqayotgan havoning eng yuqori harorati (sarñ 20 m3/soat), °C

80

80

Purkagichdan chiqayotgan lok-bo‘yoq harorati (shlang uzunligi 4 m), °C

70

75

Havo bosimi, MPa

0,4 gacha

0,35 gacha

Lokka beriladigan bosim, MPa

0,15 gacha

0,2 gacha

Isitkich quvvati, kW havo uchun lok-bo‘yoq uchun

0,5 0,8

0,5
1,3

Tarmoqdagi kuchlanish, V

220

220

Og‘irligi, kg

128

80


Pnevmatik purkashda buyumlar yuzasida hosil bo‘ladigan nuqsonlar va ulami bartaraf etish usullari 18-jadvalda keltirilgan.
18-jadval
Pnevmatik purkashda uchraydigan nuqsonlar va ularni bartaraf etish usullari

Nuqsonlar

Paydo bo‘lish sabablari

Bartaraf etish usullari

«Apelsin» po‘chog‘iga o‘xshash shagren

Lokning qovushoq- ligi haddan tashqari yuqori; u asosda yaxshi va tekis yoyil- maydi; tarmoqda havo bosimi yetarli emas

Qovushoqlikni eri- tuvchi qo‘shib nor­mal holga keltirish kerak; loklanadigan yuza pardozlashga yaxshi va sifatli qilib tayyorlanishi kerak

Parda qatlam qalinligi bir xil chiqmagan, g‘adir-budur

Purkagich bilan lok- lanadigan buyum ora- sidagi masofa kam

Purkagich bilan lok­lanadigan buyum orasidagi masofani oshirish kerak




Parda qatlamida xirala- shib va oqarib qolgan joylar bor

Sex ichidagi havo- ning namligi yuqori va harorati me’yordagi- dan past

Sex ichidagi havo haroratini oshirish va namligini kamay- tirish kerak




Yog‘och yoki mate- rialning namligi yuqori

Yog‘och va yog‘och materiallar namli­gini 8 ±2 % ga teng bo‘lishini ta’minlash lozim




Gruntovka va g‘ovak to‘ldirgich tarkiblari lokbilan qo‘shilma- gan

Bir-biri qo‘shilish xususiyatiga ega bo‘l- gan materiallarni ishlatish kerak

Asosdan lokli parda qatlam ko‘chib ketgan

Lokbilan uning ost qismida qolgan grun­tovka va g‘ovak to‘l- dirgich qatlamlari orasida adgeziya yomon

Adgeziyasi yaxshi bo‘lgan materiallarni ishlatish lozim




Yo‘goch materialda namlikkatta

Material namligi 8±2 % dan ortmasligi zarur




Hali qurib ulgurma- gan grunt yoki g‘o- vakto‘ldirgich qat­lamlari ustidan lok qatlami surtilgan

Lokni to‘liq qurgan grunt yoki g‘ovak to‘ldirgich qatlam­lari ustidan berish kerak

Butun yuza bo‘ylab bo‘yoq tegmagan joylar hamda havo pufakcha- lari bor

Purkagich bilan lok- lanadigan buyum ora- sidagi masofa nihoyat katta

Purkagich bilan lok- lanadigan buyum orasidagi masofani kamaytirish kerak

Parda qatlam sirtida dog‘lar va mayda do‘ngliklar uchraydi

Moy-suv ajratkich yomon ishlaydi, chunki unda suv to‘planib qolgan

Moy-suv ajratkich jo‘mragini ochib, suvni oqizib tash- lash lozim

32. Lok-bo‘yoq materiallarni mexanik usulda purkash
Bu usul havosiz purkash usuli deb ham ataladi. Havosiz pur­kash usuli lok-bo‘yoqni nasoslar yordamida hosil qilinadigan bosim ostida purkashga asoslangan. Bunda bosim lok solingan sistemaga berilib, uning ta’sirida lok-bo‘yoq purkagich tomoni uzatiladi. Uning teshikchasidan katta tezlikda chiqayotgan bo‘- yoq oqimi shunday kritik tezlikka erishadiki, natijada, mayda- mayda tomchilarga bo‘linib ketadi. Havosiz purkash usuli qo- vushoqligi yuqori bo‘lgan lok-bo‘yoqlami purkash imkonini berib, yuqori sifatli parda qatlam hosil qiladi.
Havosiz purkashning sovuq va qizdirib purkash xillari mav- jud. Lok-bo‘yoq sovuq holda purkalganda xona haroratida, qizdi­rib purkalganda esa u 70—100°C gacha qizdiriladi. Lok-bo‘yoqlar sovuqligicha purkalganda bosim yuqori, ya’ni 24 MPa. gacha, qizdirib purkalganda esa bosim 5—7 MPa orasida bo‘ladi.
Qizdirib purkab hosil qilinadigan parda qatlam sovuq holda purkalgandagiga qaraganda sifatli chiqadi hamda lok-bo‘yoqning sirt tarangligi va qovushoqligi qizdirish hisobiga ancha past bo‘ladi. Bu usul bilan alkidli, nitroalkidli, nitrosellulozali, poliuretanli, perxlorvinilli, fenol-formaldegidli va boshqa lok-bo‘yoq materiallar purkalishi mumkin.
Havosiz purkash usulining pnevmatik usulga nisbatan afzal- liklari quyidagilardan iboratdir: purkashdagi isroílar 30 % gacha kamayadi, chunki bunda turnan hosil bo‘lishi va havo oqimining uyurmalanishi kabi hodisalar sodir bo‘lmaydi, shunga ko‘ra kam quwatli ventilatsiya shoxobchalari ishlatiladi; parda qatlam tekis, silliq va yaltiroq bo‘lib chiqadi. Bu usul bilan yuzaga ham pigmentlashgan (shaffof bo‘lmagan), ham shaffof bo‘lgan lok- bo‘yoqlar berilishi mumkin. Tarkibida qotirish uchun tezlatkichi bo‘lgan va ishga yaroqlilik muddati qisqa materiallarni bu usuldan foydalanib purkab bo‘lmaydi.
Sovuq holda havosiz purkash usuli qizdirib purkash usuliga qaraganda konstruktivjihatdan oddiyligi, kamjoy talab etishi va ishlatish osonligi bilan ajralib turadi (24-rasm). Bu haqda quyida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Markaziy lok quyish baki (1) dan bosim ostida yoki erkin ravishda oshib filtr (2) orqali tikjoylashgan pnevmogidravlik na­sos (3) ga, undan keyin esa purkagich (4) ga keladi. Qurilmaning


ish unumi 30—35 mkm qalin- likdagi lok-bo‘yoq parda qatlamini olishda 200—300 m2/ soatni tash- kil etadi.
Respublikamiz sanoat korxo- nalarida konstruksiyasi xilma-xil bo‘lgan sovuq holda ishlaydigan havosiz purkash qurilmalari ishla- tilmoqda. Ular quwati, ish unumi va og‘irligiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: og‘irligi 20 kg, ish unumi 1 kg/minutgacha bo‘lgan qo‘lda ko‘tarib yuriladigan kichik gabaritli qurilmalar; og‘irligi 60 kg.gacha, ish unumi 2 kg/min.gacha bo‘lgan o‘rtacha gabaritli ko‘chma quril­malar, og‘irligi 100 kg.dan ortiq,


Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling