Yogoch material p65


Parda qatlamlarning himoya qilish xossalariga ko‘ra tasnifi


Download 1.11 Mb.
bet39/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Parda qatlamlarning himoya qilish xossalariga ko‘ra tasnifi

Parda qatlamning tasnifi

Parda qatlamning turg‘unligi

Parda qatlamning belgilanishi

Suvga chi- damliligi chekli

20±2°C haroratli chuchuksuvda, 6 soat ichida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermaydi

3

Issiqqa chi- damliligi past

60°C haroratda, 30 minut ichida biror iz qoladi

Sovuqqa chi- damliligi past

—30°C haroratda kamida 10 soat ichida o‘zgarish ro‘y bermaydi

Suvga chidamli

20±2°C li chuchuksuvda, 24 soat ichida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermaydi

6

Issiqqa chidamliligi chekli

60°C haroratda, 30 minut ichida biror o‘zgarish ro‘y bermaydi

Sovuqqa chidamliligi chekli

—30°C haroratda kamida 10 soat ichida o‘zgarish ro‘y bermaydi

Suvga chidamli

20±2°C li chuchuksuvda, 24 soat ichida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermaydi

9

Issiqqa chidamli

100°C haroratda, 30 minut ichida hech qanday o‘zgarish ro‘y bermaydi.

Sovuqqa chidamli

—40°C haroratda kamida 3 sutka da- vomida o‘zgarish ro‘y bermaydi


Quyida O‘zDSt 13-27-94 ga binoan, parda qatlamlarning belgilanishiga doir misollar keltiriladi. Polieñrli parda qatlam, A guruh birinchi toifali, n3-265 loki asosida hosil bo‘lgan, shaffof, xira, suv, issiqlik, sovuq ta’siriga chidamli: Lok n3- 265. Al.n.M.9.
Nitrosellulozali parda qatlam, E guruh birinchi toifali, 1111-25 emali asosida hosil bo‘lgan, shaffof emas, qisman xira, suv ta’siriga chidamli, issiq va sovuqqa chidamliligi chegaralangan: Emal HU-25.El.H.nr.6 Termoreaktiv polimer (melamin- formaldegidli smola) smola shimdirilgan qog‘oz asosli qoplama material hosil qilgan parda qatlam, A guruh birinchi toifali, qisman xira, suv, issiqlik, sovuq ta’siriga chidamli: TPAl.nr.9.

  1. Qoplama va lok-bo‘yoq materiallarni qabul
    qilish hamda saqlashga doir talablar


Har xil smola eritmasi shimdirilgan qog‘oz asosli qoplama materiallar (plyonkalar) ishlab chiqaruvchi korxonaning tex- nik nazorat qilish bo‘limi tomonidan har jihatdan tekshirib, qabul qilib olinadi. Plyonka materiallar qog‘oz va shimdirilgan smola turiga qarab navlarga ajratiladi va partiyalarga bo‘lib taxlab qo‘yiladi. Bitta hujjat bilan jo‘natiladigan bir xil dekorativ be- zakli hamda bir xil zichlik va rangdagi plyonkalar miqdori partiya deb ataladi.
Iste’molchilar olingan plyonka materiallarni xossalariga ko‘ra mavjud texnik shart (TSh) talablariga mos kelish yoki kelmasligini tekshirib ko‘rish huquqiga egadirlar. Bunda nazorat-tekshirish ishlari uchun kelgan har bir partiya tovardan 1 % ajratib olishga ruxsat etiladi.
Agar sinab ko‘rilganda tovaming TSh talablariga, hatto bir ko‘rsatkichi to‘g‘ri kelmasa ham, u shu ko‘rsatkichga boshqatdan sinab ko‘riladi. Agar bunda ham qoniqarsizjavob olinsa, olingan partiya tovar texnik shartlar talabigajavob bermaganligi bois qay- tarib yuboriladi. (Korxona laboratoriyalarida tekshirilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarni sinash usullari mavjud texnik adabiyotlar va metodik qo‘llanmalarda yetarlicha bayon etilgani uchun, biz ulami bu yerda keltirishni lozim deb topmadik.)
Qoplama materiallar quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tush- maydigan va nam ta’siridan xoli bo‘lgan, usti berk omborxonalarda biror narsaga o‘ralgan holda saqlanishi lozim. Bunda xona harorati 18—25°C, havoning nisbiy namligi esa 65±5 % dan oshmasligi kerak. Plyonkalami issiqlik manbalariga yaqin yerda saqlash man etiladi. Ulami mavjud transport vositalari bilan birjoydan ikkinchi joyga tashib keltirish mumkin, faqat bunda plyonkani mexanik kuchlar va atmosfera yog‘in-sochinlari ta’siridan himoya qilish zarur.
Korxonalarga keltirilgan lok-bo‘yoq materiallarga hamda yarimfabrikatlarga ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan pasport qo‘shibjo‘natiladi. Unda shu materiallaming asosiy ko‘rsatkich- lari keltirilgan boTib, lok-bo‘yoq materiallarni ishlatadigan korxonalar ulami ishlatishdan oldin pasportida ko‘rsatilgan u yoki bu ko‘rsatkichni sinab ko‘rishi mumkin. Olingan natijalar TSh.da ko‘rsatilgan qiymatlar bilan solishtiriladi va laboratoriya daftariga qayd etiladi.
Lok-bo‘yoq materiallar yong‘in chiqishi jihatidan xavfli bo‘lgani uchun maxsus omborxonalarda saqlanadi. Issiq paytlarda lok-bo‘yoq solingan idishlar quyosh nuri ta’siridan himoyalan- gan bo‘lishi, sovuq paytlarda esa ular saqlanayotgan xona harorati 5—10°C dan past bo‘lmasligi kerak. Ular solingan idishlaming og‘zi doimo zieh berkitilgan bo‘lishi lozim.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling