Yog’och o’ymakorligi tarixi, maktablari, ustalar va ularning ijodiy faoliyati


Download 91 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi91 Kb.
#1325700
  1   2
Bog'liq
Yog`och o`ymakorligi


Mavzu : Mustaqillik yillarigacha bo`lgan davrda yog'och o'ymakorlik san'ati

Rеja:



1. Amaliy san'atning tarixiy rivojlanish jarayoni,
2. Xiva yog’och o`ymakorligining asrimizgacha bulgan rivoji.
4. Yog’och o`ymakorligi maktablari va ganch turlari
5. Yog’och o`ymakorligi ustalarining hayoti va faoliyati.


O'zbekiston qadimdan hunarmandlar markazi bo'lgan. Andijon viloyatining Shahrixonida, Samarqand viloyatining Urgutida, Farg'ona viloyatining Qo'qon, Marg'ilonida, Namangan viloyatining Chustida xalq hunar-mandchiligi gullab-yashnagan. Hunarmandlar o'tmishda mahallalarga bo’linib yashaganlar, chunonchi «Zargarlik mahallasi», «Pichoqchilik mahallasi», deb yuritilgan. Misgarlik, bo'yrachilik, sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik, kulolchilik mahallalari ham bo'lgan. Masalan, XIX asr oxiri XX asr boshlarida Buxoroda Bo'yrachi mahallasi bo'lib, u erda bo'yra to'qiy-digan ustalar yashagan. Bo'yrachi mahallasida 120 ta oila yashagan. Ustalar o'rtasida raqobat bo'lgan. Kimning mahsuloti sifatli bo'lsa, xaridor uning mahsulotini olgan. Shuning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlashga intilgan. Har bir ustaning o'z rastasi bo'lgan. Bozorda, odatda, bozor begi bo’lib, u keltirilgan mollarga narx belgilab chiqqanidan keyin savdo-sotiq boshlangan. Sifatsiz mahsulot ishlagan ustaning bozori kasodga uchragan.Ustalar o'tmishda bilimdon bo'lgan. Ular madrasada tahsil olib, adabiyot, tarix, musiqa, matematika, kimyo fanlarini yaxshi bilganlar. Naqqoshlik texnologiyasi avloddan-avlodga o'tib kelgan. Qadimda naqqoshlar naqsh yaratish sir-asrorlarini yozib qoldirmaganlar, faqat shogird-lari bilganlar. Shogirdlari usta bo'lganlaridan so'ng, ular ham o'z shogirdlariga o'rgatgan. Shunday qilib, naqqoshlik kasbi an'ana tariqasida rivojlanib kelgan.Usta o'z bolasini yoki qarindoshlarini o'ziga shogirdlikka olgan. Shogirdlikka 7-8 yoshdan olingan. O'qish-o'rganish 7-12 yil davom etgan. Shogirdlar kunduzi ishlab, kechqurun ustoz rahbarligida savod chiqargan. Shogirdlar geometriya va kimyoni o'rganganlar.Shogird mustaqil ishlash darajasiga yetgach, ustalar uning ishlarini muhokama qilib, so'ngra «usta» nomini berishgan. Ustaning o'g'li ota kasbini yoshlikdan o'rganib borgan. Bu esa uning kelajakda yaxshi hunarmand bo'lishiga zamin yaratgan. Ustaning o'g'li bo'lmasa, u bu kasbni eng yaqin qarindoshlarining bolalariga o'rgatgan. Xullas, kasb avlodga meros qolish shaklida rivojlangan. Shogirdlikka berishda quyidagi urf-odat bo'lgan: Bolani usta oldiga olib borish o'ziga yarasha tantana bo'lgan. Ota-ona va qarindosh-urug'lar «bo'y» degan bo'g'irsoq va holvaytar olib, ustaning huzuriga kelganlar va «Bolaning go'shti sizniki, suyagi bizniki» qabilidagi gaplar bilan bolani uning ixtiyoriga topshirganlar. Keltirilgan pishiriqlar o'sha paytdayoq birgalikda tanovul etilgan. Usta bolaga hunar o'rgatishdan tashqari, butun o'qish davomida o'zi oziq-ovqat bilan ta'minlab turgan. Kasb tekinga o'rgatilgan. Ustoz qattiqqo'l va talabchan bo'lgan. Zero, hunarni o'ta nozik did va sabr-toqat bilan o'rganish mumkin. Ustalar shogirdlar uchun maxsus odob talablarini ishlab chiqqanlar. Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg'imaslikni, egri va noma'qul ishlarga yaqin yo'lamaslikni, ustoz ruxsatisiz biror ishga qo'l urmaslikni qat'iy talab qilganlar.Usta shogirdga hunardan tashqari uy yumushlarini bajarishni ham o'rgatib borgan. Shogird san'at sirlarini puxta egallagandan so'ng, oq fotiha berilgan. Marosimda shogird ustoziga bosh-oyoq sarpo, tugun in'om etgan.Ba'zan ustoz shogirdi mustaqil ish boshlashda qiynalmasligi uchun shu kasbda ishlatiladigan asbob va andozalar bergan. Oq fotiha olgan shogird mustaqil ishlashni xohlamasa ustoznikida qolib ishlayvergan. Bunday holda ustoz bilan kelishib olib, ish haqi olgan.O'zbek ustalaridan biri — ganch o'ymakor usta Usmon Ikromovning hayot yo'li ibratli. Yosh Usmon usta Rasulhojining huzurida 8 yil ishlaydi. Besh yilgacha haftalik haqi 10 tiyindan oshmagan. Har payshanba kuni Rasulhoji shogirdi qo'liga 10 tiyin bergan. Usmon pulni olib, bozordan onasi va ikki singlisiga yegulik olib borgan. Odatda, shogird faqat usta buyurgan ishni qilishi kerak bo'lgan. Shogird ustadan beruxsat biror ishga qo'l ursa yoki uning asboblariga teginsa kaltak yegan. Oltinchi yilga o'tganda Usmonning haftalik ish haqi 50 tiyinga, sakkizinchi yilga o'tganda esa kundalik ish haqi bir so'mga chiqqan. Bu paytda u imorat ishidagi oddiy cho'pgarlikdan tortib, g'isht terish, suvoq, ganch o'ymakorligini mustaqil bajara oladigan bo'lgandi. Nihoyat sakkiz yil deganda Usmon ustasi Rasulhojidan oq fotiha olib, «usta» nomiga ega bo'lgan. Amaliy san'atning tarixiy kеlib chiqishi insoniyatning bolalik davriga borib taqaladi. Bashariyat ulgayib borgan sari amaliy san'at xam yuksala bordi, Yashash uchun kurash mavjud ekan, yaxshi yashash uchun extiyoj kuchaiib borish jarayonida qul mеx,natidan akuliy mеxnat ajralib chiqa boshladi. Ov qurollari, uy-ro’zgor buyumlariga bulgan extiyoj kuchaiib bordi. Avvalo tosh uimakorligi, suyak o’ymakorligi, kеyinchalik esa Yog’och uimakorligi xam sеkin astalik bilan o’z rivojini topdi. Sinfiy jamiyat vujudga kеlishi bilan esa ijtimoiy tarakdayotda katta o’zgarishlar sodir buldi. Bu esa fan va san'at rivojida muxim axdmiyat kasb etdi. Profеssional san'at va san'atkorlar shu davrlarda paydo buldi. Xalqning turmushi xulq va odatlari, yutuq va maglubiyatlari ularning asarlarida o’z ifodasini topib bordi. Xar bir davrda mavjud bulgan ana shunday san'at va san'atkorlar xayot go’zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol topdirib bordi, ularni tеngliq ozodliq birodarlik va yorqin kеlajakka intilish yo’lidagi kurashga da'vat etdi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi taxtiga Qo‘ng‘irot sulolasi vakillari kelganlaridan keyin Xiva shahrini qayta qurish ishlari boshlanib ketdi va shaharda bir talay yangi inshootlar barpo qilindi. Xiva xonlari va amaldorlari tomonidan qurilgan binolarni Xorazmning yog‘och o‘ymakor ustalari o‘zlarining chiroyli, ulug‘vor ustunlari va bejirim darvoza hamda eshiklar, panjaralari bilan bezaganlar. Bu san’at asarlarini yaratgan ustalar o‘z davrida nomlari doston bo‘lgan insonlar bo‘lib, ularning ishlarini hozirda farzandlari hamda shogirdlari davom qildirmoqdalar. XIX asrda yaratilgan me’moriy inshootlardagi san’at asarlarida quyidagi yog‘och o‘ymakor ustalarning ismlari har zamonda islimiy naqshlar orasida uchrab turadi. 
Mashhur xalq ustasi koshinpaz, naqqosh Abdulla jin Shayxlar qishlog‘idan, Masharif naqqosh Mevaston mahallasidan, Matkarim naqqosh, Momit o‘rachi va o‘g‘illari Bolta o‘rachi, Xo‘ja o‘rachi, Abdurahmon usta Matkarim usta o‘g‘li (Sapo Bog‘bekovni bobosi), Ota Polvonov, Bog‘bek Abdurahmonov kabi ustalar o‘z hunarlari ila xon va uning amaldorlari tomonidan qurilgan inshootlardagi darvoza, eshik va ustunlarni qalb qo‘rlari ila yaratganlar. Qadim Xorazmda har bir usta yog‘och o‘ymakorligining ma’lum bir sohasi bo‘yicha ijod qilgan. Masalan: – mashhur ustalar avlodidan bo‘lgan Safo Bog‘bekov, otasi Bog‘bek Abdurahmonov, bobosi Abdurahmon Matkarimovlar faqat qo‘shtabaqali o‘yma darvoza va eshiklar ishlash bilan shug‘ullanganlar, ustalardan Momit o‘rachi va uning o‘g‘illari Bolta, Xo‘ja o‘rachilar faqat naqshinkor ustunlar ishlaganlar, Xivaning mashhur xalq ustasi Ota Polvonov ko‘pincha o‘ymakor ustun ishlab, ayrim vaqtlardagina qo‘shtabaqali eshiklar yasagan, Shayxlar qishlog‘ida yashagan mashhur xalq ustasi Abdulla jin bir vaqtda o‘ymakor ustunlar uchun tut va gujum daraxtlaridan ustun tagliklari hamda koshinpazlik, naqqoshlik san’ati bilan shug‘ullangan. Yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadigan ustalar naqqoshlar bilan hamkorlik qilib takrorlanmas san’at asarlarini yaratganlar. Deshon qal’aning Mevaston mahallasida yashovchi Masharif naqqosh ustun va ustun tagliklari uchun “ulgi” lar chizgan, Ichon qal’alik naqqosh Abdulla Boltaev bir vaqtning o‘zida qo‘shtabaqali darvoza, eshik, ustunlarga ulgilar chizib qolmasdan sangtaroshlar va ganchkorlarga ham islimiy va gireh naqshlarni Xorazmni aylanma naqshlari bilan uyg‘unlashtirib ulgilar chizib bergan. Mashhur xalq ustasi Ota Polvonov shogirdi Sapo Bog‘bekov bilan birgalikda naqqosh Abdulla Boltaev ulgisi asosida 1937 yilda ustun tayyorlagan, ushbu ustun Parijdagi xalqaro ko‘rgazmaga yuborilgan va yuqori baho olgan (oltin medal va 1-darajali diplom bilan taqdirlangan). Ota Polvonov 1867 yilda Xivaning Gandimyon qishlog‘ida quruvchi usta Polvon oilasida tug‘ilgan. Uning bobosi Abdusattor va otasi Polvonlar o‘z zamonasining qo‘li gul ustalari bo‘lib, bir talay hunarlarni (quruvchilik, yog‘och o‘ymakorligi, duradgorlik, ganchkorlik) rivojlantirib, xalq xizmatiga ko‘plab shogirdlarni yetkazib berganlar. Ularning qadoq qo‘llarida sayqal topgan qo‘shtabaqali darvozalar, eshiklar, kichik va ulug‘vor o‘ymakor ustunlar bugungi kunda ham ularga tikilgan ko‘zlarni hayratga solib xorazmlik ustalar san’atini naqadar betakror ekanligini yana bir bora isbotlab turibdi. Ota Polvonov 13-15 yoshlarga kirganda yog‘och o‘ymakorligi sirlarini bobosidan o‘rgana boshlagan. Keyinchalik katta-katta qurilishlarda ustalarni yonlarida yurib usta bo‘lib etishgan. U yog‘och o‘ymakorligida juda ko‘p naqsh turlaridan foydalanib, takrorlanmaydigan naqsh kompozitsiyalarini yaratgan. Ota Polvonov o‘z ijodiy faoliyati davomida “besh qirrali”, “turunj”, “qo‘shtanop” naqshlar va aylanma cheksiz naqshlar ustida ish olib borgan hamda bu naqshlarni o‘z joyida o‘z vaqtida qo‘llab bilgan. 1935 yilda Xiva shahrida ochilgan “Umid” arteli qoshida naqqoshlik, o‘rachilik tsexi ochilib, unga Abdulla Boltaev va o‘rachilarning bosh ustasi Ota Polvonovlar boshchilik qilganlar, shu orada ularga Toshkentdan nodir bir ustun ishlash to‘g‘risida taklif kelgan, ustun naqshini Abdulla Boltaev tayyorlab, qolgan ishlarni Ota Polvonov ishlagan. 1943 yilda Toshkentdan injener-quruvchi S.N.Polupanov kelib “Umid” arteli bilan shartnoma tuzib, Alisher Navoiy teatri uchun o‘yma narvon (zinapoya), eshik va boshqa naqsh ishlarini buyurgan. Bu ishlarni naqshlari Abdulla Boltaev qo‘lidan chiqqan. Ota Polvonov va uning shogirdlari Dadajon Abdullaev, Sapo Bog‘bekov, Xo‘ja Ahmad Ollaevlarning samarali mehnatlarini mahsuli tayyor bo‘lgach, Abdulla Boltaev ularni Toshkentga yuborgan. Keyinchalik (1947) ustalar Alisher Navoiy teatrining Xiva zalini yog‘och o‘ymakorligi san’atining eng yaxshi namunalari bilan bezaganlar. Quyida biz sizga jurnalist, “Ichon qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi “Amaliy san’at” muzeyini-yu ilmiy xodimi marhum Anvar Ismagilovni “Xalq ustalari” deb nomlangan ilmiy maqolasidagi Ota Polvonovning so‘zlarini keltiramiz: “Qadimda yog‘och o‘ymakor ustalari faqat buyurtma asosida ishlashgan. Yog‘och ishlanishdan oldin maxsus tayyorlangan, avvaliga bo‘yiga tomon qarab shoxlari kesilgan va go‘ng yoki somonga ko‘mib quritilgan. Daraxtlar naviga qarab uch yildan yetti yilgacha quritilgan. Keyin ishlash jarayoni boshlangan. Xiva ustalari yog‘ochning tabiiyligini saqlash va uzoq muddatga chidamli hamda chiroyli bo‘lib turishi uchun unga hech qanday bo‘yoq urishmagan. Yog‘och o‘ymakorligida ota-bobolarimiz qadimdan har xil yog‘ochlardan turli maqsadlarda foydalanib kelganlar. Yog‘och materiallari tabiiy guliga, rangiga, tovlanishiga, hidiga qarab aniqlanadi. Xiva ustalari o‘z ishlari uchun eng yaxshi gujum, qayrag‘och, tut, ko‘k terak, o‘rik, olmurut, qaramon kabi mahalliy daraxtlarning eng a’lo navlarini ishlatganlar. Yog‘och o‘ymakorligida naqsh kompozitsiyalarini chizish, o‘lchash va boshqa ishlarda bir qancha o‘lchov asboblari ishlatilgan. Masalan, chizg‘ichlar, pargor (tsirkul), qalamlar, knopkalar, o‘chirg‘ich, uchburchaklar, transportyor va boshqalar”. Ko‘pchilik hollarda o‘ymakor ustalar naqsh ulgisini naqqoshlardan olishgan, shuning uchun ular naqqoshlar bilan hamkor bo‘lib ishlaganlar. Lekin ayrim hollarda ustaning o‘zi ham naqqosh, ham hattot va o‘ymakor bo‘lgan. Ota Polvonovning shogirdi mashhur xalq ustalarining zurriyodi Sapo otaning aytishicha, naqqoshlar madrasani tamomlagan, tarixni bilgan, musiqa va adabiyotdan yaqindan tanish bo‘lganlar. Ular “ulgi” chizish uchun 5-7 yil ustaga shogird tushishgan. Ko‘pchilik hollarda hunar otadan bolaga meros tariqasida o‘tgan. Ana shunday ustalar shajarasidan birini quyida keltiramiz. Yog‘och o‘ymakor xalq ustasi Matkarim ibn Muhammad (1768-1859) Xivadagi Gandumkon qishlog‘ida yog‘och o‘ymakori oilasida tug‘ilgan. Naqqosh va o‘ymakor. Uning o‘g‘li Abdurahmon (1832-1928) Gandumkon qishlog‘ida tug‘ilgan. Xorazmda mashhur yog‘och o‘ymakori va naqqosh Bog‘bek Abdurahmon o‘g‘li (1873-1954) Gandumkon qishlog‘idan bo‘lib, otasidan hunarini o‘rganib, 16 yoshida usta darajasiga etgan. U Ota Palvonov, Abdulla Boltaevlar bilan hamkorlikda Isfandiyorxonning qabulxonasi, pochta, xastaxona (kasalxona), Islomxo‘ja madrasasi va minorasi qurilishida qatnashgan. O‘g‘li Sapo Bog‘bekov (1904-1978) ota-bobolarini an’anasini davom qildirib ko‘zga ko‘ringan usta bo‘lib etishadi va 1920 yildan keyin mustaqil eshik va ustunlar ishlab boshlagan.Mashhur usta Ota Polvanov va Abdulla Boltaevlardan naqqoshlik sirlarini yanada puxta o‘rgangan, ular bilan birga ishlab juda ko‘p san’at asarlarini yaratgan hamda avlodlar ishini davom qildirib ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. 1972 yilda uning tashabbusi bilan Xiva shahrida ochilgan “Yog‘och o‘ymakorligi” guruhida har yili o‘nlab yoshlar o‘qib-o‘rganib, qadimgi Xorazm san’atini hozirgacha asrab avaylab kelmoqdalar. Xiva shahri yodgorliklaridagi o‘yma naqshlik eshik, darvoza, o‘ra (ustun) va o‘ra tosh (ustun tagi)lardagi naqshlarni tahlil qilib qaralsa, ularning naqshlaridan qaysi yuz yillikka mansub ekanligini bilish mumkin. Chunki bu o‘yma naqshlar bir-biridan naqshi bilan farq qilibgina qolmay, ularning ko‘pchiligida ishlangan yili va ustaning nomi, Qur’on oyatlari va hadislar hamda allomalarni ibratli so‘zlari bitiladi. Arxеologik qazish ishlari natijasida Surxon voxasidagi Yumaloq tеpa tubidan topilgan Yog’och o’ymakorligi topilmalari mazkur joylarda bir, bir yarim ming yil muqaddam san'atning bu turini yaxshigina rivoj topganligini olimlarimiz o’z izlanishlarining maxsuli sifatida isbot etib bеrishdi. Xali-xano’z bunday noyob topilmalar nafaqat Surxon voxasida, balki Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz, Farg’ona vodiysidagi Sux va boshqa «shli bo’lgan san'at asarlari topilmada.Chingizxon bosqinchiligi tufayli X asrga kеlib madaniy xayot izdan chiqdi. O’rta Osiyodagi Buxoro, Samarqand, Urganch, Balx va Mavr kabi bir qator shaxarlar Chingizxon boshchilik qilgan mo’g’il bosqinchilari tomonidan ostin-ustin qilib tashlandi. Bu vayrongarchiliklarga XIV asrning ikkinchi yarmida oqsoq Jaxongir Amir Tеmur O’rta Osiyo xalqlarini birlashtirish orkali chеk qo’ydi va xalqimizning madaniyati, san'ati, shu jumladan, Yog’och o’ymakorligining rivojiga o’zi qurdirgan obidalari, asori-atiqalari bilan o’z xissasini qo’shdi. Samarqandga yirik-yirik san'atkorlar, shoiru-ulamolarni, xunarmandu-ustalarni tuplab ko’plab jom'е masjidlari, madrasalar, xonaqolar, saroylar va boshqa ulkan inshootlar qurdirdi. Amir Tеmur vafotidan so’ng Tеmuriylar O’rtasida bulgan o’zaro to’qnashuvlar tufayli madaniyat rivojiga salbiy ta'sirini utkazdi. XVI asrda arxitеktura inshootlarining kurinishi yanada takomillashdi, ko’plab jamoat binolari, karvonsaroylar, ko’priq sardoba, shaxarlarda xammom, tim va bopha savdo rastalari qurila boshlandi. Monumеntal binolarning tarxi, qiyofalariga o’zgartirishlar kiritiddi, xunarmandlarning artеllari vujudga kеddi. Jom'е masjidlari saroy tipida sеrxasham kqilib kurildi, go’zar va max,allalardagi masjillar qishlik va yozlik qilib qurilib, katta ayvonlar o’yma ustunli va eshiklari xam o’yma bеzaklar bilan bеzatildi. XVII asrga kеlib O’rta Osiyoda avj olgan o’zaro fеodal nizo va urushlar Eronning Xivaga qilgan xujumi va boshqalar arxitеktura va badiiy xunarmandchilikka salbiy ta'sir kursatdi. musavvir va xunarmandlar Xindistonga, Boburiylar saroyiga kеtishga majbur buldilar. XVIII asr oxirlariga kеlib mе'morchidik va amaliy bеzak san'ati rivojlana boshladi. Saroy qurilishlarIda xalq mе'morchiligi kompozitsiya uslublaridan foydalanib, ich xobli, xovo’z, ko’p ustunli ayvon, sinchli imoratlar durila boshladi.|
Asrimizga qadar san'at asarlari turli qirginbarot tufayli vayronalar ostida dolgan bulsa, asrimizda "qizil kulanka" ostida qoldi. Xalqimizning o’qimishli, bilimdon, ziyoli farzandlarini turli sabablarni rukach qilib katag’on qilishdi, Xunarmand ustalarni esa shaxsiy boylik orttirishda ayblab faoliyatlari tuxtatib quyildi. Biroq xalqimizning fidoyi farzandlaridan ijodkor ustalar usta Shirin Murodov, Mirxamid Yunusov, Shamsiddin G’ofurov, Yunus Ali Musaеv, Usmon Ikromov, Quli Jalilov, Sulaymon Xo’jaеv, Xaydar Najmiddinov, Toshpo’lat Arslonkulov, Maqsud qosimob, Maxmud Usmonov, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raufov, Maxmud Oblaqulov, Abdulla Boltaеv, Qodirjon Xaydarov, Ota Polvonov, Abdurazzoq Abduraxmonov va boiha bir qatorlari o’z xunar sirlarini maktabda va maktabdan tadhari muassasalarda yoshlarga urgatishni yulga quydilar, Kеyinchalik esa o’z uslubi, yunalishiga ega bulgan Xiva, Samarqand, Buxoro, Toshkеnt va Qo’qon kabi yirik Yog’och o’ymakorlik maktablari rivoj topdi. Xiva Yog’och o’ymakorligining rivojida Ota Polvonov va Sapo Boqbеkovlarning ijodiy faoliyati aloxida urin tutadi. Bu maktab o’ymakorligi boiha maktablarga qaraganda o’yma naqshlarning maydaligi, zaminining kamligi, novdalarning zichligi, badiiy to’zilishi jixatidan uynoqiligi, ya'ni novdalarning spiralsimonligi aloxida axamiyat kasb etadi. Samarqand Yog’och o’ymakorligi maktabida esa o’ymalarning maydaligi, naqsh namunasining murakkabligi, usimliksimon girix; va gulli girix naqshlarning ko’p ishlatilishi bilan xamda o’yma yo’zasining ranglanishi bilan ajralib turadi. Ijodkor ustalar Abduxofiz Jalilov, Asatilla, Nasrulla, Nurali Nazrullaеvlardir. 0 ‘tmishda ota-boblarimiz qurgan m uhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar kishini hayratga soladi. Chet ellardan tashrif buyurgan sayohatchilar ham did bilan ishlangan naqshlarning um ri boqiyligini k o 'rib lol qolmoqdalar. Binolarning pishiq-puxta, chidamli hamda mukammal qilib qurilganligi olimlarimizu binokorlar va arxitektorlarni hayratga soladi. Qadimiy obidalarning va bezaklarning umri boqiyligi shundaki, ota-bobolarim iz yuqori sifatli, g‘oyat chidamli h am d a davr sinovlaridan o ‘tgan qurilish materiallari: yog'och, ganch, tuproqdan unumli foydalanganlar. Ular bu materiallarni qayerda va qanday qoilanish sirasrorini yaxshi bilganlar. Ganch - mahalliv qurilish materiali bo'Iib, uning rangi ko‘kish yoki sarg'ish bo'ladi. Ganch turli joylarda turlicha nomlar bilan yuritiladi. Kavkazda «gaja», forscha «gaj», tojikcha «ganch•>, turkcha «urunak», o ‘zbekcha «ganch» deb yuritiladi. Ganch gips bilan tuproqning tabiiy aralashmasi bo‘lib, uning tarkibida 40 — 70 foyizgacha gips bo‘ladi. Ganch ikki xil: tabiiy va sun’iy bo'ladi. Tabiiy ganch katta xarsang tosh holida bo'Iib, uni to'g'ridan-to'g'ri o'yib, yo'nib ustun, haykal va bezak sifatida foydalaniladi. Sun’iy ganch esa maxsus pechlarda qizdirilib, keyin maydalab tayyorlanadi. Qadimda ganch tay y o rlay d ig an u s ta la r b o 'Iib , u larn i «ganchkorlar» deb ataganlar. Ganchkor tabiiy ganch toshlarni xum donda 120-150 daraja haroratda kunduzi 6-7 soat qizdirgan, so'ng ertalabgacha sovitib qo'ygan. Erta bilan ganch toshlar maxsus to'qm oqlar bilan maydalangan, so'ng g'alvir va elakdan o'tkazilgan. Bu ganch navlarga ajratilgan. Eng mayin, donachali ganch gulganch deb, y a ’ni «gul o 'y ish uchun ishlatiladigan ganch» deb atalgan. G anch qanchalik mayin bo'lsa, o'yma shunchalik nafis chiqqan. Mayin ganch nafis o'ymakorlikda, pardoz suvoqda ishlatiladi. Yirik ganch har xil suvoq, qora suvoq va g'isht terishda ishlatiladi. Yuqori haroratda qizdirish natijasida ganch tarkibidagi nam juda kamayib, quvvati oshadi. Ganch o'rniga alebastr ham ishlatiladi. U suvoq, g'isht terishda, ayrim hollarda esa gulganch o'rnida ham ishlatiladi. Ganch o'ymakorligi bilan shug'ullangan ustalar ganchning quvvatini qanchalik tez yoki sekin qotishiga qarab aniqlaydilar. Tajribali ustalar ganchni qo'liga olib qisib kelgan zahotiyoq uning eski yoki yangiligini, quvvatini aytib bera oladilar. Odatda, ganchning quvvatini aniqlash uchun ozgina qorib, o'yib ko'radilar. Agar u juda quvvatli bo'lsa, ming martagacha suvda qorishtirishni talab qilishi mumkin. Ganchning juda ko‘p xususiyatlari bo'Iib, ulardan mohirona, omilkorlik va shoshilmay foydalanish kerak. Ganch qorish texnologiyasi uncha murakkab bo'lmasada, o'ziga xos nozik tom onlari bor. Ganch qadimda sirli lagan idishlarda qorilgan, hozir esa plastmassa idishlardan foydalaniladi. Ganch qorishning tez ganch, soxtaganch, do'g'ob, xovonda usullari bo'Iib, ular o'ziga xos, nozik yoki murakkab bo'ladi. Qorishma tayyorlashda ushbu nozik jihatlarni e'tiborga olish ustaning muhim vazifasidir. Toshkеnt o’ymakorligi maktabining yirik namoyondalaridan Sulaymon Xo’jaеv, Maqsud Kasimov va Ortiq Fayzullaеvlardir. Toshkеnt maktabining boshqa maktablardan farqi shundaki, o’ymasining ko’p qavatligi, O’rtacha chuqurlikda uyilib, islimiy, gеomеtrik ramziy naqshlar ko’proq ishlatiladi. Yirik ustalardan Xaydar Najmiddinov va Qodirjon Xaydarovlardir. Bu maktab o’ymakorligining maxobatliligi, yirikligi, o’ymalarini chuqurligi va ko’p qavatliligi bilan farqlanib turadi. Sulaymon Xo’jaеv 1866 yili Toshkеntdagi So’zukota maxallasida yashovchi usta va duradgor Nasrulloxuja oilasida dunyoga kеldi. Yoshlik davrida Sulaymon otasiga yordam bеrar, lеkin kunglida Yog’och o’ymakorligini urganishga bulgan istak tobora kuchayib borardi. U 17 yoshida usta Iskandar Mirzayokubov ustaxonasida, so’ngra 1891 yildan esa usha davrdagi Yog’och o’ymakorligining pargori I ustalaridan biri Toshpulat Ayubxujaеvga shogird tushib Yog’och o’ymakorligining sir-asrorlarini o`rgandi. "Sulaymon ustozini xurmat qilar, qiyinchshshklarni sabr-chidam xamda uta mеxnatsеvarligi bilan еngil, xaqiqiy usta bulishga astoydil harakat qilardi. Kеksa ustoz Toshpulat Ayubxujaеv vafot etgach, uning san'atini davom ettirdi. Ustozdan estalik bulib Qolgan asboblar yordamida Sulaymon o’zi mustaqil juda ko’p duradgorlik ishlari dеrazalar, eshiklar, darpardalar yasadi" (Usta S.Xujaеv 1913 yilda Sankt-Pеtеrburg shazfida bulib utgan Butunrossiya kasblari kurgazmasida naqshlangan kursichasi va kush qafasi bilan ishtirok etib, ana shu ajoyib ishlari uchun "Za polеzniе trudo`" bronza mеdali va diplom bilan taqdirlandi. Bundan taphari S.Xujaеv juda ko’plab kurgazmalarda o’zining ijod namunalari bilan ishtirok etdi. 1923 yilda Rossiya qishloq xujaligi xunarmandchilik kurgazmasida, 1927 yilda xalklar san'ati kurgazmasida katnashib 1-darajali diplom bilan takdirlandi. 1937 yilda Parijda bulib utgan san'at va tеxnika kurgazmasida qatnashib yuksak baxr oldi. Usta Sulaymon Xujaеv O’zbеkiston xalq ustalari ichida birinchi bulib 3932 yilda Mеxnat Qaxramoni unvonini o,g`di. Yog’och o’ymakorligining Toshkеnt maktabi namoyondalaryadan biri, pargori ustasi S.Xujaеv 81 yoshida 1947 yilda vafot etdi. Atoqli naqqosh R.Najmiddinov oilasida dunyoga kеldi. U dastlabki Yog’och o’ymakorligi san'atini otasidan urgandi. R.Qodirjondagi bolalikdan san'atga bulgan nshtiyoq asta-sеkin unga Yog’och o’ymakorligi sir-asrorlarini qunt bilan urganishiga, sabr-tokqatli bulishga urgatdi. U o’zi mustaqil ravishda uy-ro’zgor buyumlari, qutichalar, stol, kursi va xontaxtalarni nafis va bеjirim qilib bеzab el e'tiboriga tushdi. Q. Xaydarov dastlab 1923 yilda Moskvada xalq xujaligi kurgazmasida xizmat qildi. 1925-29 yillarda Qo’qondagi Narimonov nomidagi intеrnatda tugarak rax,bari, 1929-31 yillarda yosh duradgorlar tugaragiga boshchilik qildi. 1931-33 yillarda uqishini davom ettirdi. 1933-54 yillarda "Yangi ma'dan" artеlida duradgor, Yog’och o’ymakori va 1954-57 yillarda esa qukrn mo’zеyida ta'mirlovchi bulib ishladi. U o’zining faoliyati davomida ko’plab eshiq ustun, kursi, xontaxta, kugicha va boppqa turli buyumlarni Yog’och o’ymakorligi bilan go’zal va jozibador qilib bеzab shuxrat qozondi.
Bugungi kunda Qodirjon Xaydarov qurdirgan Qo’qon tarixi mo’zеyidagi kravat, Toshkеntdagi Tarix (avvalgi Lеnin markaziy mo’zеyining Toshkеnt filiali) mo’zеyining eshigi, Xalklar Dustligi saroyining eshigi va boihalar uning o’ymakorlik san'ati an'analarini yangi motivlar bilan boyitganini kursatdi. Qodirjon Xaydarov 1963 yildan O’zbеkiston Xalq rassomi, 1970 yili Rеspublika Xamza mukofoti sovrindori, bir nеchta ordеnlar sox;ibi buldi. Yog’och o’ymakorligining islomiy va pargori ustasi, ajoyib san'at soxibi Q.Xaydarov qutqon shaxrida vafot etdi.



Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling