Yog`och homoshyodagi nuqsonlarni aniqlash va ularni bartaraf etish.
Reja:
Kirish
I Bob Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari.
Yog‘och qurilmalarining turlari va ishlatilish soxalari.
Bino konstruksiyalari.
Yog‘och materiallarning sortamenti. Fanera.
Materiallarning fizik va mexanik xossalari. Kamchilik va nuqsonlarini
bartaraf qilish usullari. Yog‘och materiallarining sortamenti
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
KIRISH:
Mavzuning dolzarbligi: O'rmon sanoati yog'och tayyorlash va yog'ochni qayta ishlash tarmoqlariga bo'linadi. Yog'ochni qayta ishlash hunarmandchilik turi sifatida qadimdan ma'lum. Hunarmandlar yog'ochga ishlov berib undan arava, egar, panjara, sandiq, eshik, beshik, rom kabilarni yasashgan, uylar qurishgan.
Yog'ochsozlik yillar davomida takomillasha borib, undan yangi-yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Ayniqsa yog'ochni kimyoviy qayta ishlash tufayli yog'ochsozlikda tub (inqilobiy) o'zgarish yasaldi.
Mamlakatning yog'och-taxta xomashyosiga bo'lgan yillik ehtiyoji 10 mln m kubdan ortmoqda. Ammo yog'och xomashyosi bo'ladigan tabiiy o'rmonlar bizda nihoyatda cheklangan. Shu bois har yili millionlab nihol ekiladi, «ko'kalamzorlashtirish oyligi» o'tkaziladi. O'rmonlar barpo etish va yog'och boyliklaridan oqilona foydalanish bilan maxsus o'rmon xo'jaliklari shug'ullanadi. Respublikamizda 100 ga yaqin o'rmon xo'jaligi korxonalari, qo'riqxonalar va milliy bog'lar bor.
O'rmon sanoati mahsulotlaridan mashinasozlik, kimyo sanoati, yengil sanoat, transport va qurilishda foydalaniladi. O'z navbatida o'rmon sanoati ham boshqa tarmoqlardan laklar, bo'yoqlar (mebel ishlab chiqarish uchun), soda, natriy, oqartiruvchi ximikatlar (qog'oz tayyorlash uchun), avtomashinalar, traktorlar, stanoklar (yog'och tayyorlash va ishlov berish uchun) oladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rmon sanoati bilan boshqa tarmoqlar orasida keng tarmoqlararo aloqalar mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |