Yog`och xomashyo tayyorlashda asosiy tushunchalar Yog’ochning turlari va ularning xossalari haqida tushunchalar Yog’och materiallarning asosiy hossalari


Download 0.91 Mb.
bet3/4
Sana05.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1166929
1   2   3   4
Bog'liq
OMONOVA EZOZA

MATERIAL NAMUNALAR

Istalgan daraxtga qarab, uni uchta asosiy qismdan iboratligini ko’rish mumkin: novda, tana va ildiz. Shox-shabba, barg, igna tutgan novdalarning vazifasi o’sayotgan daraxtni oziqlantirishdan iboratdir. Keng masofada tarqalgan shox-shabbalarda katta yuzaga ega bo’lgan barg va ignachalar o’sadi va ular kuyosh nuri ta’sirida nurlanadi. Barg va ignalar havo tarkibidagi oz miqdordagi uglekislotani yutib, uni daraxt rivojlanishi uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddaga aylantirish xossasiga ega. Daraxt tanasining vazifasi tuproqdan suv va uning tarkibidagi mineral hamda

  • Istalgan daraxtga qarab, uni uchta asosiy qismdan iboratligini ko’rish mumkin: novda, tana va ildiz. Shox-shabba, barg, igna tutgan novdalarning vazifasi o’sayotgan daraxtni oziqlantirishdan iboratdir. Keng masofada tarqalgan shox-shabbalarda katta yuzaga ega bo’lgan barg va ignachalar o’sadi va ular kuyosh nuri ta’sirida nurlanadi. Barg va ignalar havo tarkibidagi oz miqdordagi uglekislotani yutib, uni daraxt rivojlanishi uchun zarur bo’lgan kimyoviy moddaga aylantirish xossasiga ega. Daraxt tanasining vazifasi tuproqdan suv va uning tarkibidagi mineral hamda
  • organiq moddalarni barglarga uzatishdan iborat. Suv bilan birga tuproqdagi uglekislota erigan holatda bargga uzatiladi. Erigan uglekislota va havodan yutilayotgan uglekislota yordamida daraxtning organiq moddalari hosil bo’ladi. Barglarda ishlab chiqariladigan organiq ozuqa moddalar daraxtga va qisman ildizga oqib tushadi. SHunday qilib daraxt tanasi ildiz va shox-shabbalarni boglab turuvchi va ozuqa moddalarni almashinish funktsiyasini bajaruvchisi zveno hisoblanadi. Barg va tana orasidagi ozuqa moddalarni almashinishida shox-shabbalar xizmat qiladi. Daraxt tanasi shoxlarni vertikal holatda ushlab turuvchi mexanik funktsiyani ham bajaradi. Barg va butalardan tarkib topgan shoxlarning keng yuzasi kuchli shamol vaqtida tanani katta mexanik kuchlanish ta’sirida egilishga majbur etadi, shuning uchun daraxt haddan ziyod mustahkam bo’lishi kerak. Tana shuningdek daraxtning yashash davrida sarflaydigan ozuqa moddalarni saqlash uchun ham xizmat qiladi. Ildiz daraxtni vertikal holatda ushlab turadi va uni tuproqdagi namlik va erigan moddalar bilan to’yintiradi. Turli daraxtlarda organiq moddalarning uchrashi quyidagi jadvalda keltirilgan. Daraxt tanasi organiq moddalarni xatto 90% gacha tutishi mumkin ekan. Yog’och tayyorlashning asosiy vazifasi bu xalq xo’jaligi uchun mahsulot yetkazishdir. Bu maqsad uchun daraxt tanasidan foydalaniladi, ildiz va shox-shabbalar o’rmonda chiqindi sifatida qoldiriladi. Bu holatda tashlab kelingan chiqindilar kimyo sanoati uchun yog’ochning asosiy manbai hisoblanadi. Yog’och kimyoviy zavodlarda qayta ishlanilishi lozim bo’lgan xom ashyo hisoblanganligi uchun tana tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan moddalarni ko’rib chiqamiz.
  • Yog’ochni o’rganishda avvalambor uni tana markaziga nisbatan uch yo’nalish bo’yicha tekshiriladi:
  • Agar daraxt tanasi ko’ndalang kesib qaralsa, u holda daraxtni markazni o’rab turuvchi aylanma qatlamlardan tashkil topgan deb qarash mumkin. Har bir qatlam bir yilni bildiradi. Ular har yili hosil bo’ladi va daraxtni yil davomida usishini ta’minlaydi. Daraxtning har yillik qatlami uni naviga va usish sharoitiga bog’liq ravishda 1 mm dan to 1 sm gacha bo’lishi mumkin. Daraxt o’sishda kanchalik yaxshi sharoit bo’lsa (tuproq, namlik, kerakli miqdordagi kuyosh nuri va boshqalar), shunchalik yillik qatlam keng bo’ladi. Har bir yillik qatlam ikki qismdan iborat bo’lib, ularning birinchisi markazga yakin joylashgan va ochrok rangda bo’ladi, ikkinchisi esa daraxt po’stlog’iga yaqinroq va tuk rangda bo’ladi. Hajmiy og’irlik va mexanik xossa tuk rangligida yuqori hisoblanadi. Ayrim hollarda ko’ndalang kesimda markaziy nurlarni ko’rish mumkin.
  • Yog’och bilan daraxt po’stlog’i orasida juda yupqa qatlam bo’lib, u kambiy deyiladi. Yog’ochning bu qismi xujayralarga ajralish xossasiga ega bo’lib, har yili yog’och va po’stloqning yangi qavatlarini hosil qiladi. Tirik xujayralardan tashkil topgan kambiy kichik xujayralarga ajralish davrida radial yo’nalish bo’yicha 105-110 ta yog’och va 10 ta po’stlog’ tolasi xujayralarini hosil qiladi. Daraxt tashqaridan po’stloq bilan koplangan, u ham o’z navbatida qavatdan iborat. Po’stloqning ichki qavati po’stloq tolasi deyiladi. Po’stloq tolasi xujayralardan tashkil topgan bo’lib, u suvda erigan va barglarda sintez qilingan organiq birikmalarni shox va butalardan yog’ochga oqib o’tishi uchun xizmat qiladi. Po’stloqning ikkinchi qavati qobiq deyilib, u daraxtning tashqi ta’sirdan himoya qiladi. Qobiq daraxt tanasining ma’lum qismini tashkil etib, uning tana umumiy hajmiga nisbatan foiziy miqdori quyidagicha:

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling