Yog‘ochlar va ularga ishlov berish, turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash


Yog‘ochlar va ularga ishlov berish, turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash


Download 192.74 Kb.
bet2/2
Sana28.12.2022
Hajmi192.74 Kb.
#1070312
1   2
Bog'liq
Mavzu1ыы

Yog‘ochlar va ularga ishlov berish, turlarga ajratish va xususiyatlarini aniqlash


Yog‘och turlari ular olinadigan daraxtlarga qarab farqlanadi. Har bir daraxtning yog‘ochi bir-biriga nisbatan qattiq-yumshoqligi, og‘ir- yengilligi, zichligi, turli ta’sirlarga chidamliligi, ishlov berishga qulayligi, ko‘rinishi, rangi va boshqa belgilari bilan farqlanadi. Yog‘och olinadigan daraxtlar ignabargli va yaproqli (bargli) turlarga ajratiladi. Ignabargli daraxtlarga qarag‘ay, tilog‘och, archa, kedr kiradi. Bu daraxtlarning har biri o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, dunyoda qarag‘ayning 100 ga yaqin turi, pixtaning 40 ga yaqin, tilog‘ochning 20 dan ortiq, archaning 45 ga yaqin, kedrning 4 ta, sarvning 20 ga yaqin, tisning 10 ga yaqin turi ma’lum.
Qarag‘ay, tilog‘och kabi daraxtlardan asosan turli o‘lchamlardagi taxtalar, to‘sinlar, reykalar tayyorlanadi. Bunday yog‘och materiallardan imoratlarning zarur qismlarini yasash, eshik va derazalar hamda boshqa turli yog‘och buyumlar tayyorlashda foydalaniladi.
Ignabargli daraxtlardan yumshoq, yaproqli daraxtlardan qattiq va mo‘rt yog‘och olinadi. Ulardan imoratsozlikda va turli buyumlar yasashda foydalaniladi. Masalan, terakning bir turi bo‘lgan tog‘terak yog‘ochidan gugurt, chang‘i, bochkalar tayyorlashda foydalaniladi. Ignabargli daraxtlardan olingan yog‘ochlar qurilish va duradgorlik ishlarida asosiy material hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan




    1. ignabargli daraxt yog‘ochining ichki tuzilishi;




    1. yaproqbargli daraxt yog‘ochining ichki tuzilishi.

  1. rasm. Yog‘och turlari va teksturasi ichki tuzilishi.

iborat: ignabargli yog‘ochlarning tarkibida smolali moddalar bo‘lgani uchun uzoq vaqt xizmat qiladi, chirimaydi. Ignabargli o‘rmonlar bargli o‘rmonlarga qaraganda ko‘p maydonni egallagan. Ignabargli yog‘ochlar bargli yog‘ochlarga qaraganda yengil bo‘lgani uchun bir joydan ikkinchi joyga tashish oson. Ignabargli daraxt yog‘ochlari bargli daraxt yog‘ochlaridan yumshoq bo‘lgani uchun ularga ishlov berish ham oson (3-rasm, a). Ignabargli daraxtlarning tanasi to‘g‘ri, silliq bo‘lib, ulardan sifatli xoda tayyorlanadi. Qurilish va duradgorlik ishlarida ignabargli daraxt yog‘ochlari bilan bir qatorda bargli daraxt yog‘ochlari ham ishlatiladi. Masalan, eman, shumtol, arg‘uvon, terak, chinor, zirk va boshqalar. Eman daraxtining zichligi yuqori, puxta va qattiq, chiroyli teksturali, nam ta’siriga chidamliligi bilan boshqa yog‘ochlardan ajralib turadi (3-rasm, b).
Har qanday yog‘ochning ishlatilishi uning fizik va mexanik xossalariga, ishlatilish sharoitiga, miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Texnikaning taraqqiy etishi natijasida yog‘och materiallardan foydalanish sohasida doimiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Yog‘och asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Qurilish inshootlarida yig‘ma temir beton konstruksiyalarning ishlatilishi yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojni ancha kamaytiradi. Shunga qaramasdan, selluloza sanoatida ham yog‘och hozirgi vaqtda asosiy material hisoblanadi.

Shuningdek, ayrim yog‘ochlarning xo‘jalikdagi ahamiyati ortib bormoqda. Oq qayin yaqin yillargacha faqat o‘tin sifatida ishlatilib kelingan bo‘lsa, hozirgi kunda faner ishlab chiqarish korxonalarida va sanoatning boshqa sohalarida qimmatbaho material hisoblanadi.
O‘sib turgan daraxtlarning turini ularning po‘stlog‘iga, shoxlarining tuzilishiga va barglariga qarab farqlash mumkin. Qurilish va duradgorlikda ishlatiladigan xoda, to‘sin va taxta holidagi yog‘och materiallarning turi ularning rangiga, tabiiy guliga, hidiga, tovlanishiga qarab aniqlanadi.
Download 192.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling