Yoi xq talabi buyicha jurnallar shakllari smena tugagandan keyin yoritgichlarni topshirmagan shaxslarning familiyalarini qayd etish jurnali


Jurnalni yuritishga tushuntirish xati


Download 131.15 Kb.
bet5/10
Sana23.11.2023
Hajmi131.15 Kb.
#1795989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMALIY №15

Jurnalni yuritishga tushuntirish xati.
Shaxtaning ventilyatsiya jurnali uchta bo‘limdan tashkil topgan.
I bo‘limda shaxta ventilyator qurilmalarining ish rejimi qayd etiladi (1 shakl).
Ushbu bo‘limda har bir ventilyator qurilmasi uchun alohida bet ajratiladi. Shuningdek, turi yoki o‘lchamlari ishchi ventilyatornikidan farq qiladigan har bir zahira ventilyator uchun ham alohida bet ajratiladi.
Ventilyatorning unumdorligi ventilyator kanalida o‘rnatilgan Pito naychasi va suyuqlik (suv yoki spirt) to‘ldirilgan U simon naycha bilan yoki ventilyator diffuzorida havo tezligini bevosita o‘lchash orqali aniqlanadi.
Havo tezligini ventilyator kanalida Pito naychasi yordamida o‘lchashda U simon naycha shoxlaridagi suv sathlari farqi havo oqimining naycha uchi joylashgan nuqtasidagi tezlik bosimi h sk ni beradi. Tezlik quyidagi ifoda yordamida topiladi. _
ν = 4 √ h sk, m/s
Ushbu tezlik bo‘yicha ventilyator kanalidagi havoning o‘rtacha harakatlanish tezligini va, o‘z navbatida, unumdorlikni aniqlash uchun havoning tezligidan uning miqdoriga o‘tkazma koeffitsientni aniqlash lozim. Buning uchun bir vaqtning o‘zida h ni o‘lchab va ν ni aniqlab ventilyator kanalida yoki diffuzorda anemometr yordamida havo miqdori Qv o‘lchanadi.
Koeffitsient quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi
Qv Qv
R = --- yoki R’ = ------
ν h sk
bundan Qv topiladi Qv = Rν yokiQv = R’h sk
Diffuzorda havoning tezligini o‘lchashda o‘lchov ishlari “nuqtali usul ” yordamida amalga oshirilishi kerak.
O‘lchangan ventilyator unumdorligi Q m/s va depressiyasi, mm suv.ust. bo‘yicha hisoblanadi
Q
A = 0,38 ----- , m2
√ h
bu yerda A – shaxta ventilyatsiya tarmog‘ining ushbu ventilyator havo oqimi o‘tadigan qismidagi ekvivalent tuynuk.
Ekvivalent tuynuk qiymati 1 bo‘limning 5 grafasida qayd etiladi. Agar ventilyator qurilmasining ish rejimi va u xizmat ko‘rsatadigan shaxta maydoni qismidagi ekvivalent tuynuk qoniqarli holatda bo‘lsa, 6 grafada shaxtaning bosh muhandisi (texnik rahbari) viza qo‘yadi. Agar u ventilyator ish rejimini yoki ekvivalent tuynukni o‘zgartirishni lozim topsa, ushbu grafada shaxta bosh mexanigi, ventilyatsiya boshlig‘i yoki tegishli uchastka boshlig‘iga ko‘rsatmalar beradi.
Depressiya yoki o‘zi yozadigan depressiometr bo‘lmagan holatlar oddiy depressiometr bilan o‘lchanadi. Depressiometrning bir uchi rezina naycha yordamida teshigi ventilyator kanaliga qarama-qarshi joylashgan statik naychaga yoki oddiy gaz naychasiga ulanadi, ikkinchi uchi esa atmosferaga chiqariladi.
II bo‘limda (2 shakl) shaxtaga kiradigan havoning umumiy miqdori va uning gorizontlar, qatlamlar (plastinalar), shaxta qanotlari va uchastkalariga taqsimlanishi, shuningdek uchastkalar, plastlar, gorizontlarning chiqayotgan havo oqimlaridagi havo miqdori va shaxtaga xizmat ko‘rsatadigan barcha ventilyatorlarning birgalikda ishlashi natijasida yuzaga chiqariladigan havoning umumiy miqdori qayd etiladi. Shaxtaga kirayotgan havo miqdori Ruda, noruda va sochilgan holdagi konlarni yer osti usuli yordamida qazib olishda yagona xavfsizlik qoidalarining 134-bandi talablariga javob berishi kerak. Bundan tashqari, bu bo‘limda uchastkalardan chiqayotgan havo oqimlari va shaxtadan yoki shaxtaning ventilyator qurilmasi xizmat ko‘rsatadigan qismidan chiqayotgan umumiy havo oqimi tarkibidagi metan, vodorod, serovodorod, oltingugurt gazi, kislorod, uglerod oksidi va uglekislotalar miqdori qayd etiladi. Ushbu gazlarning miqdori Ruda, noruda va sochma holdagi konlarni yer osti usuli yordamida qazib olishda yagona xavfsizlik qoidalarining 133-bandi talablariga javob berishi kerak.
II bo‘limning 2 grafasida kirayotgan oqimlardagi havoni o‘lchash joylari qayd etiladi – har qaysi kiradigan oqim bo‘yicha ketma-ket; yuzadan havo kiradigan shaxta stvoli, shurf yoki sboyka, keyin kiradigan havo oqimining tarmoqlanish ketma-ketligi bo‘yicha gorizont, kvershlag va uchastka shtreki ko‘rsatiladi.
Shundan keyin 6 grafada zaboylardan yuzagacha havo oqimi o‘tadigan ventilyatsiya qazilmalarining ketma-ket nomlari qayd etiladi. Bunda so‘ruvchi ventilyator kanalidan boshlab ketma-ket: shaxta stvoli, ventilyatsiya gorizonti kvershlagi va uchastka ventilyatsiya kvershlaklari ko‘rsatiladi. Agar shaxtaga bir nechta ventilyatsiya qurilmalari xizmat ko‘rsatsa, 8 grafada yozuvlar uchastka ventilyatsiya shtreklarigacha oqim tarmoqlarini ko‘rsatgan holda har bir qurilma bo‘yicha ketma-ket joylashtiriladi. Kiruvchi va chiquvchi oqimlar bo‘yicha yozuvlar ularni balanslash ta’minlangan holda joylashtiriladi. Masalan, agar bitta kiruvchi oqimda bir nechta ventilyator bo‘lsa, 9 grafadagi summa qarshisida kiruvchi oqimning umumiy summasi (5 grafa) turishi kerak. Xuddi shu singari uchastka kiruvchi oqim (5 grafa) qarshisida ventilyatsiya shtrekidagi ushbu uchastkadan chiquvchi oqim (9 grafa) turishi kerak. Shuningdek, qanotlar va gorizontlar bo‘yicha kiruvchi va chiquvchi oqimlar ham taqqoslanishi kerak. 5 va 9 grafalardagi ma’lumotlar asosida asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha (uchastka shtrekigacha) havoning haqiqiy chiqish miqdori aniqlanishi kerak. Ushbu o‘lchovlardan keyin natijalar II bo‘limda maxsus yozuv bilan qayd etilishi kerak.
10 grafada bir smenada uchastkada, qatlam (plast) da, gorizontda va umuman shaxtada band bo‘ladigan yer osti ishchilarining maksimal soni qayd etiladi. 11 grafada uchastka, qatlam, plast, gorizont va shaxta bo‘yicha bitta yer osti ishchisiga to‘g‘ri keladigan kiruvchi havo miqdori ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumot bo‘yicha Ruda, noruda va sochma holdagi konlarni yer osti usuli yordamida qazib olishda yagona xavfsizlik qoidalarining 3.1.3-bandiga muvofiq bitta odamga to‘g‘ri keladigan kiruvchi havo miqdori me’yorining bajarilishi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin.
12 grafada joriy oyda shaxta, qatlam (plast) va uchastka bo‘yicha qazib olingan qazilmaning maksimal haqiqiy sutkalik miqdori ko‘rsatiladi. 13 grafada qayd etiladi 15 grafadagi kiruvchi havo miqdorining sutkalik maksimal qazilma miqdori (12 grafa) ga nisbati ko‘rsatiladi; ushbu grafada 1 m qazib olinadigan kon massasiga to‘g‘ri keladigan kiruvchi havo miqdori nafaqat butun shaxta bo‘yicha, balki Ruda, noruda va sochma holdagi konlarni yer osti usuli yordamida qazib olishda yagona xavfsizlik qoidalarida qatlam (plast) va uchastka bo‘yicha beriladigan havo miqdori me’yori belgilanmagan bo‘lsada uchastka va qatlam (plast) bo‘yicha ham ko‘rsatiladi.
III bo‘limda kon havosi harorati +20°S dan oshganda mazkur Qoidalarga muvofiq uni o‘lchash natijalari qayd etiladi.
Ushbu yozuv faqat harorat +20°S dan yuqori bo‘lgan yoki o‘z-o‘zidan yonishga moyil foydali qazilma qazib olinadigan shaxtalarda bajariladi.
1-shakl

Download 131.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling