Yo'l belgilari reja


Download 166.44 Kb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi166.44 Kb.
#1311360
1   2   3
Bog'liq
YO\'L BELGILARI

Imtiyoz belgilari. Chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi.
Taqiqlovchi belgilar. Yo‘l harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo‘llaniladi.
Buyuruvchi belgilar. Transport vositalariga ko‘rsatilgan yo‘nalishda yoki faqat ma’lum yo‘nalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi.
Axborot-ishora belgilari. Harakat qatnashchilariga yo‘ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.
Servis belgilari. Transport vositalari, yo‘lovchilar va haydovchilarga xizmat ko‘rsatish joylari haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha axborot belgilari. Qo‘shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo‘llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta’sirini cheklash uchun qo‘llaniladi.
Haydovchilarda o‘zaro hurmat uyg‘otish uchun…
Yaqin yillarda Yevropaning ayrim shaharlarida ko‘chalardan yo‘l harakati belgilari olib tashlandi. Bu Yevropa Ittifoqining loyihasi doirasida amalga oshirildi. Shu tariqa ko‘hna qit’aning 7ta joyida yo‘l belgilaridan butunlay xoli bo‘lgan shaharlar paydo bo‘ldi. Mutaxassislarning fikricha, son-sanoqsiz yo‘l harakati belgilaridan voz kechilsa, transport hodisalarining soni kamayib, haydovchilar ham bir-birlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganadilar. Eng asosiysi, yo‘llarda piyodalarga bo‘lgan munosabat ijobiy tomonga o‘zgarishi mumkin..
Yo‘l harakati qoidalariga amal qilishdan avvalo har bir insonning o‘zi manfaatdor. Yo‘llar qanchalik tekis va ravon, yo‘l belgilari o‘z o‘rnida o‘rnatilgan, avtomobillar soz, haydovchi malakali va qoidalarga qat’iy rioya etsa, yo‘lda uchraydigan turli noxush hollarning oldi olinadi. Yo‘lingiz bexatar bo‘lishi uchun yo‘l qoidalariga rioya qiling!
Vazirlar Mahkamasining 9 apreldagi qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. YHQning belgilar qismi yangi yo‘l belgilari va yotiq chiziqlar bilan to‘ldirildi, deya xabar qildi O‘zbekiston Adliya vazirligi.

Ogohlantiruvchi belgilar




Download 166.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling