Yo'l belgilari reja
yo‘l belgisi «Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma»
Download 166.44 Kb.
|
YO\'L BELGILARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.31 «Sun’iy yo‘l notekisligi»
- Taqiqlovchi belgilar
- Foydalanilgan adabiyotlar: Yoʻl harakati qoidalari, T., 2001. https://uzavtoyolbelgi.uz/ https://www.gazeta.uz/
1.3 yo‘l belgisi «Diqqat, temir yo‘l kesishmasini to‘suvchi qurilma». Ushbu yo‘l belgisi to‘suvchi qurilma bilan jihozlangan temir yo‘l kesishmasiga yetmasdan o‘rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to‘suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
1.31 «Sun’iy yo‘l notekisligi». Yo‘lning sun’iy notekislik o‘rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to‘g‘risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo‘llaniladi. 1.32 «Tirbandlik». Ushbu yo‘l belgisi vaqtinchalik yoki tasviri o‘zgaradigan holatda tirbandlik hosil bo‘lgan yo‘l yoki chorrahaga kirish oldidan yo‘lni yoki chorrahani aylanib o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lgan joyga o‘rnatiladi. Taqiqlovchi belgilar3.32 yo‘l belgisi «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakatlanishi taqiqlangan» va 3.33 «Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan». Ushbu belgilari belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta’sir qiladi. Yo‘lga tutash hududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldiga tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgilarning ta’siri yo‘qolmaydi. Yoʻl belgilari — haydovchilar, piyodalar, yoʻlovchilar, yoʻl taʼmirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qoʻyiladigan shartli belgilar. Yoʻllarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar oʻrnini avtomobillar va b. transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham takomillashib bordi. Yoʻl belgilaridagi grafiklar, texnik tafsilotlar 1968-yilda Venada oʻtkazilgan "Yoʻl belgilari va signallari haqidagi konvensiya" hamda bu konvensiyani toʻldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga koʻra ishlab chiqildi. Oʻzbekiston Respublikasida 2001-yilda xalqaro meʼyorlar asosida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi "Yoʻl harakati qoidalari" ishlab chiqildi. Bu qoidalarga Y.b.ning quyidagi asosiy 4 ta: ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi guruhi va undan tashqari axborot-ishora, servis, qo'shimcha axborot belgilari kiritilgan. Ogohlantiruvchi belgilar — yoʻl harakati qatnashchilariga yoʻlning harakatlanishda vaziyatga qarab chora koʻrishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek yoʻlning tor qismida yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanish navbatini belgilash uchun qoʻllaniladi. Taqiqlovchi belgilar — yoʻl harakatiga maʼlum cheklashlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllaniladi. Buyuruvchi belgilar — transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishda yoki faqat maʼlum yoʻnalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi. Axborot-ishora belgilari — harakat qatnashchilariga yoʻldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Servis belgilari — transport vositalari, yoʻlovchilar va haydovchilarga xizmat koʻrsatish joylari xaqida maʼlumot berish uchun qoʻllaniladi. Qoʻshimcha axborot belgilari — ular bilan birgalikda qoʻllanilgan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning taʼsirini cheklash uchun qoʻllaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar: Yoʻl harakati qoidalari, T., 2001. https://uzavtoyolbelgi.uz/ https://www.gazeta.uz/ https://zamin.uz/ Download 166.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling