Yо‘l harakati sohasidagi qonunchilik asoslari” о‘quv fanidan о‘quv dasturi


Download 55.91 Kb.
bet1/18
Sana20.01.2023
Hajmi55.91 Kb.
#1105158
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
1-2 мавзу


Yо‘l harakati sohasidagi qonunchilik asoslari”
о‘quv fanidan о‘quv dasturi
1-mavzu.Yо‘l harakati sohasidagi О‘zbekiston Respublikasining qonunlari.


Reja:

  1. 2013-yil 10-apreldagi О‘zbekiston Respublikasi “Yо‘l harakati xavfsizligi tо‘g‘risida”gi 348-son qonunining mazmuni va mohiyati. Qonunga kiritilgan о‘zgartirish va qо‘shimchalar.

  2. 2021-yil 9-avgustdagi О‘zbekiston Respublikasi “Transport tо‘g‘risida”gi 706-son qonunining mazmuni va mohiyati.

  3. 2021-yil 23-noyabrdagi О‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati tо‘g‘risida”gi 730-son qonunining mazmuni va mohiyati.




  1. 2013-yil 10-apreldagi О‘zbekiston Respublikasi “Yо‘l harakati xavfsizligi tо‘g‘risida”gi 348-son qonunining mazmuni va mohiyati.

Ushbu Qonunning maqsadi yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i muhofaza etilishini, ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, shuningdek atrof muhit himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
yo‘l — transport vositalarining harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan va foydalaniladigan yer polosasi yoxud sun’iy inshoot yuzasi. Yo‘l avtomobil yo‘llarini, shahar elektr transporti yo‘llarini va yo‘lkalarni o‘z ichiga oladi;
yo‘l harakati — odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yo‘llar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui;
yo‘l harakati qatnashchisi — yo‘l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo‘lovchisi yoki piyoda sifatida bevosita ishtirok etayotgan shaxs;
yo‘l harakati xavfsizligi — yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati;

Download 55.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling