Yо‘l harakati sohasidagi qonunchilik asoslari” о‘quv fanidan о‘quv dasturi


Download 55.91 Kb.
bet7/18
Sana20.01.2023
Hajmi55.91 Kb.
#1105158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
1-2 мавзу

qayta sug‘urtalovchi — boshqa sug‘urta tashkilotidan qayta sug‘urta qilish uchun sug‘urta tavakkalchiliklarini qabul qiladigan sug‘urta yoki qayta sug‘urta tashkiloti;
qayta sug‘urta shartnomasi — sug‘urtalovchi o‘zining sug‘urta shartnomasiga doir barcha majburiyatlarini yoki ularning bir qismini qayta sug‘urtalovchiga qaysi shartnomaga muvofiq o‘tkazsa o‘sha shartnoma.
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida ish yuritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan sug‘urta tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

2-mavzu.О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning yо‘l harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlari.


Reja:

  1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari:

  2. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari:

  3. Sohaga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar.




  1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari:

2017-yil 11-iyuldagi “Yо‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ–3127-son;Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
birinchidan — yo‘l harakati xavfsizligi respublika, o‘rta va quyi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini o‘rnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari, rahbarlar va xodimlarning o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligi aniq belgilanishi va taqsimlanishini nazarda tutish;
ikkinchidan — yo‘llarda, ayniqsa Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishi va tirbandlikning hosil bo‘lishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni tizimli ravishda kompleks tahlil qilish va bartaraf etish asosida yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi, yo‘l-transport hodisalari va yo‘llar bandligining oldini olish tizimini takomillashtirish;
uchinchidan — huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishning, nazoratning yuqori samaradorligini ta’minlovchi yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tartibga solish, videokuzatuv va yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish tizimlarini, boshqa texnik vositalarni, avvalo viloyat markazlarida yanada kengaytirish;
to‘rtinchidan — yo‘llarni saqlash va ularni yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatgichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalari bilan jihozlash bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash;
beshinchidan — fuqarolar orasida yo‘l harakati ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan samarali tushuntirish ishlari tizimini, shu jumladan aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarining shakl va usullarini kengaytirish hamda takomillashtirish orqali rivojlantirish;
oltinchidan — yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqlariga so‘zsiz rioya etilishini, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini, xizmatni o‘tash vaqtida muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;
yettinchidan — yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni korrupsiya va vakolatini suiiste’mol qilish holatlarini istisno etadigan tarzda kuchaytirish, shuningdek kadrlarni tanlash, ularni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning ta’sirchan mexanizmini joriy etish;
sakkizinchidan — davlat xizmatlarini ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini nazarda tutuvchi hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning shaffofligini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish sohasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, o‘limga olib kelgan yo‘l-transport hodisalarining soni hali ham yuqori bo‘lib, avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash tizimini tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, yo‘l infratuzilmasini harakat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy talablariga to‘liq muvofiqlashtirish, ushbu sohadagi qoidabuzarliklarning barvaqt profilaktikasiga yo‘naltirilgan samarali tizimni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, inson omilini istisno qiluvchi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish talab etilmoqda.

Download 55.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling