Yo'l harakatini tashkil etish tizimining o'zaro bog'liqligi
O`zbekiston Respublikasining harakat xavfsizligi to`g`risidagi qonuni
Download 55.5 Kb.
|
Yo\'l harakatini tashkil etish tizimining o\'zaro bog\'liqligi
O`zbekiston Respublikasining harakat xavfsizligi to`g`risidagi qonuni
Yo`l harakati xavfsizligini taminlash davlat dasturlarini amalgam oshirish; Yo`l harakati xavfsizligini taminlash hududiy dasturlarini tasdiqlash hamda ularni amalgam oshirish ustidan nazorat olib borish; Yo`l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta`minlanishini, shuningdek, yo`l - transport hodisalari sodir bo`lganda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatishni tashkil etish; Yo`l-transport hodisalari oqibatida jarohatlanganlarning oldini olish, aholiga yo`llarda yurish – turish xavfsizligi qoidalarini o`rgatish, yol harakati xavfsizligini targ`ib etish hamda ekalogik xavfsizlik talablariga rioya etish chora tadbirlarini ko`rish; Shaharlardagi, shaharchalar va qishloq aholi punklaridagi ko`chalarning, yo`laklarning, shuningdek, shahar elektr transporti yo`llarining qurilishi va soz holatda saqlanishini ta`minlash; Qonuniy hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining yo`l harakati xavfsizligini taminlash sohasidagi vakolatlari: Yo`l harakati xavfsizligini taminlash davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; Avtomobilda yuk tashish xavfsizligini ta`minlash masalalari yuzasidan normativ hujjatlarni ishlab chiqish; Transport vositalari va transportda ko`rsatiladigan hizmatlar sertifikatlashtirilishini amalga oshirilishini; Yo`l harakati xavfsizligi to`g`risidagi qonun hujjatlariga avtomobil transportiada rioya etilishi ustidan nazorat olib borish; Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalag oshirish. O`zbekiston avtomobil yo`llari qurilish va ulardan foydalanish davlat-aktsiyadorlik kontsernining yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasidagi vakolatlari: O`z tasarrufidagi avtomobil yo`llaridan transport vositalarining xavfsiz qatnovi uchun bu yo`llarning soz holatda saqlanishini ta`minlash; Yo`l harakati qatnashchilarini yo`l qoplamasining holati, gidrometeorologiyaga oid va boshqa sharoitlar to`g`risida zarur ahborot bilan ta`minlash; Avtomobil yo`llarida yo`l harakatini boshqarish vositalari, tezkor aloqa tizimi qurilishi va jihozlanishini amalga oshiradi hamda ularning saqlanishini ta`minlash; Avtomobil yo`llarining qatnovi uchun hatarli joylarini aniqlash va bu joylarda yo`l harakatini tashkil etishni takomillashtirish choralarini ko`rish; Og`ir vaznli, yirik o`lchamli, havfli va mahsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo`nalishlarini belgilashda ishtirok etish, shuningdek, yo`l hizmati ko`rsatish obektlari joylashuviga rozilik berish; Qonuniy hujjatlarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlar harakat xavfsizligi nazorati yo`l harakat xavfsizligini ta`minlash sohasidagi vakolatlari: Yo`l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish; Yo`l harakati qatnashchilarining ushbu Qonunga, yo`l harakati qoidalariga hamda boshqa qonun hujjatlarining yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazorat olib boorish; Jamoat transportining, shuningdek og`ir vaznli, yirik o`lchamli, havfli va mahsus yuklarni tashuvchi transport vositalarining qatnov yo`nalishlarini belgilashda ishtirok etish; Yo`llarni, temir yo`l kesishuvi joylarini, avtomobil yoqilg`isi quyish tarmoqlarini, transport vositalarining konstruktsiyalarini qurish, rekonstruktsiya qilish loyihalariga rozilik berish; Foydalanishdagi transport vositalarining tehnik holati ustidan nazorat olib borish, transport vositalarinig tehnik ko`rigini o`tkazish; Yo`llar va temir yo`ldan o`tish joylarining saqlanishi, ularning yo`l harakati boshqarish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazorat olib borish; Yo`l harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga muvofiq bo`lmagan yo`llar va temir yo`l kesishuvi joylaridan foydalanishni ta`qiqlash; Transport vositalari, yo`l harakati qoidalarining buzilishi hollari va yo`l-transport hodisalari hisobini va ro`yhatini yuritish; Transport vositalarini boshqarish xuquqiga doir guvohnomalar berish; Qonuniy hujjatlarga muvofiq uning vakolat doirasiga berilgan ma`muriy xuquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rish; Qonuniy hyjjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling