Yol transport hodisasi sodir bo’lgan


Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish


Download 0.82 Mb.
bet3/3
Sana03.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1148165
1   2   3
Bog'liq
Tashish

Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish

  •  Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
  • Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilish muddatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi. Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilish muddatini o‘n ish kunidan ortiq muddatga to‘xtatib turish litsenziyalovchi organning arizasiga ko‘ra sud tomonidan amalga oshiriladi.
  • Litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan (chiqarilgan) kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay, litsenziyaning/litsenziya varaqasining amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etish muddati ko‘rsatilgan holda yetkaziladi.

Litsenziyalar reyestri

  •  Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
  • yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
  • jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) — yuk tashishni amalga oshirish bo‘yicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
  • litsenziya va litsenziya varaqasining berilgan sanasi va tartib raqami;
  • litsenziya varaqasining amal qilish muddati;
  • avtotransport vositasining rusumi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqami;
  • faoliyat turiga berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • litsenziya/litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
  • litsenziya/litsenziya varaqalarining amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
  • litsenziya/litsenziya varaqalarning bekor qilishning asoslari va sanasi.

adabiyotlar

  • Xojayev B A . Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari. -Toshkent : O'zbekiston , 2002
  • Mun V S Passajiskie avtomobilnbie pervozki Toshkent : Oqituvchi 1991 .
  • https://lex.uz
  • https://advice.uz
  • https://spb-spr.ru

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling