Yo’l xo’jaligining inshoat va qurilmalari. Reja: Yo’l rejasi va profili
Temir izlar enining 1512 mm dan kichik va 1548 mm dan katta kengligiga yo’l qo’yilmaydi
Download 30.75 Kb.
|
2 Mavzu Yo’l xo’jaligining inshoat va qurilmalari Reja Yo’l r
Temir izlar enining 1512 mm dan kichik va 1548 mm dan katta kengligiga yo’l qo’yilmaydi.
1996 yildan avval yotqizilgan temir beton shpallardagi uloqsiz yo’ldan foydalanish tartibi AJ yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi. Yo’lning ikkala rels izlari kallaklarining yuqori qismi bir xil sathda bo’lishi kerak. To’g’ri uchastkalarda AJ yo’l xo’jaligi boshqarmasining tegishli yo’riqnomasida belgilangan me’yorlarga binoan bir rels izining ikkinchisidan 6 mm ga balandroq qilib o’rnatishga ruxsat beriladi. Yo’lning egri uchastkalarida egrilik radiusi va undagi harakat tezligiga bog’liq tashqi chetki izning balandlatilishi AJ yo’riqnomasiga binoan AJ boshgaruvi raisining buyrug’i bilan o‘rnatiladi. Rels tashqi izining balandlatilishi 150 mm dan oshmasligi kerak. Zarur vaqtda asosiy yo’lning egri uchastkalarida rels tashqi izining maksimal balandlatilishi AJ ruxsati bilan 150 mm dan oshishi mumkin. To’g’ri va egri uchastkalarda rels izlarining joylashuv darajasida yo’l qo’yiladigan og’ishuvlari AJ yo’l xo’jaligi boshqarmasi tomonidan o‘rnatiladi. O’ta katta va mas’uliyatli sun’iy inshootlarning ro’yxati, ularni nazorat qilish, shuningdek, qiyin muhandislik-geologik sharoitlarda shaklini yo’qotayotgan tuproq ko’tarma qismlarini nazorat qilish tartibi AJ boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. AJ boshgaruvi raisi tasdiqlagan ro’yxatda ko’rsatilgan ko’prik va er osti yo’llari nazorat-gabarit qurilmalari bilan chegaralanadi, to’suvchi svetoforlar va ogohlantirish signal tizimi bilan jihozlanadi. Sun’iy inshootlar AJ tomonidan o‘rnatilgan me’yorlarga ko’ra yong’inga qarshi kurash vositalari bilan ta’minlanishi va zarur hollarda ko’rik uchun kerakli moslamalarga ega bo’lishi kerak. Barcha ko’priklar amaldagi hisob me’yorlari va tegishli AJ yo’riqnomalari asosida yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha tasniflanadi. Yo’l va inshootlarning holatini nazorat qilish uchun yo’llarda yo’l o’lchovchi vagonlar, defektoskop vagonlar, defektoskop aravachalar, defektoskop (nuqson tekshiruvchi) laboratoriyalar, ko’prik, er osti yo’li, yo’l tekshiruvi, gabarit tekshiruvi, sinov, ta’mirlash-tekshirish-g’ovvoslik stansiyalari qo’llanilishi kerak. Asosiy yo’llarni yo’l yo’lovchi vagonlar bilan tekshirishning davriyligi AJ tegishli yo’riqnomasi tomonidan o‘rnatiladi, bunda 60 km/soat dan oshiq tezlikda harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlarning marshruti oyiga kamida ikki marta tekshirilishi kerak. Maʼlumki, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Yo‘l xo‘jaligi – temir yo‘l transportining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, u barcha temir yo‘llarni hamda ularga tegishli inshootlarni o‘z ichiga qamrab oladi va temir yo‘llarni joriy holatini saqlash, taʼmir ishlarni amalga oshirish hamda boshqa qator yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatadigan muhim tarkibiy tuzilmasidir. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasining asosiy faoliyati bo‘yicha 2016-2022 yillarda bajarilgan ishlar asrlarga tatigullik. Negaki, mazkur xo‘jalik davlat miqyosida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab loyihalarda ishtirok etdi. Jumladan, 2016-2021 yillar mobaynida 1025,4 km temir yo‘lni reabilitatsiya qilish ishlari bajarildi. Temir yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli korxonalar tomonidan 2021-2022 yillarda 1403,1 km temir yo‘lni o‘rta taʼmirlash ishlari va temir yo‘lni ko‘tarma taʼmirlash ishlari 1405,7 km bajarildi. Shuningdek, strelkali o‘tkazgichlarni almashtirish ishlari 2016-2022 yillar mobaynida 1897 to‘plam yangisiga almashtirildi. 2016-2022 yillar mobaynida zamonaviy temir yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish va yuqori samaradorlikka ega Avstriya davlatida ishlab chiqarilgan 3 dona temir yo‘l izlarini to‘g‘rilash, ko‘tarish va ballast qatlamini mustahkamlash uchun mo‘ljallangan maxsus mashinalari xarid qilindi. Temir yo‘l izlarini geometrik holatini davriy tekshirish va diagnostika qilish uchun 1 dona zamonaviy temir yo‘l izlarini diagnostika qilish vagon-laboratoriyasi xarid qilindi. Temir yo‘llarda rels nuqsonlarini aniqlash uchun 1 dona zamonaviy defektoskop vagon-laboratoriyasi xarid qilindi. Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ doirasida mintaqaviy temir yo‘l uzellari bilan birgalikda o‘rnatilgan tezlikda poyezdlarning xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini taʼminlab kelishi, temir yo‘llarni, sunʼiy va sanoat inshootlarini, ko‘prik va o‘tkazgichlarni qurish, rekonstruksiya qilish, tiklash va tubdan taʼmirlab kelishi, Mintaqaviy temir yo‘l uzellari bilan birgalikda yo‘l xo‘jaligi qurilmalari va inshootlarini texnik saqlash tizimini hamda mehnatni tashkil qilish usullarini takomillashtirish, daromad va ish unumdorligini oshirish, manbalarni tejash, asosiy vositalardan foydalanish hamda mehnatni muhofaza qilish holatini yaxshilash kabi asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Download 30.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling