Yo’ldashaliyev Qudratjonning


Download 13.27 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi13.27 Kb.
#1840222
1   2   3   4
Bog'liq
qudratjon

.


G‘arbiy Turk xoqonligining ilk tangasi deb hisoblayotganimiz o‘ng tomonida shaklli langarsimon tamg‘a va uning ustida sug‘diy yozuvda “Tardu”, teskari tomonida esa “xoqon ” so‘zlari aks etgan. G‘arbiy Turk xoqonligining eng mashhur hukmdori Tun yabg‘u-xoqon (618–630) tangalari o‘zining ikonografik jihatlariga ko‘ra uch xil bo‘lib, ulardan birida taxtda chordona qurib o‘tirgan hukmdor, birida hukmdor va malika portreti, birida esa ot tasvirlari va orqa tarafida tamg‘a o‘rin olgan.
Chordona qurib o‘tirgan hukmdor tasvirli tangalarda uzun sochli xoqon o‘ng tomonga yuzlangan bo‘lib, bir qo‘li nimagadir ishora qilayotgandek yuqoriga ko‘tarilgan holatda, bir qo‘lida esa qilich ushlab turibdi. Hukmdorning yelkasidan teparoqda yarim oy va yulduz tasvirlari joy olgan. Bu tip tangalarning ba'zi variantlarida hukmdor o‘tirgan taxtning ikki chetidagi ustunlari zoomorf (balki bars boshi?) shaklida ishlangan. Ushbu tasvirlarga diqqat qilinsa, ularning barchasi o‘sha davr siyosiy-mafkuraviy hayoti bilan uzviy bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi.
Avvalo, hukmdorning taxtda chordona qurib o‘tirgan holda tasvirlanishi turkiylarga xos odat bo‘lib, unga o‘xshash holatni markaziy osiyolik turli sulolalarga tegishli ilk va o‘rta asrlarga mansub devoriy suratlar, kumush laganlar, miniatyuralar va boshqa tasvirlarda uchratish mumkin. Mutaxassislar tomonidan shartli ravishda «turkiy hukmdor o‘tirishi” deb nomlanadigan bu usul shubhasiz o‘sha davr an'anasini o‘zida mujassam etgan. Bundan tashqari, qilich, yarim oy va yulduz tasvirlari qadim davrlardan beri dunyoning ko‘plab xalqlarida hokimiyat ramzlaridan bo‘lib kelgan.

.


O‘ng tomonida hukmdor va malika tasviri – qo‘shaloq portret joy olgan. Qo‘shaloq tasvirli tangalarda xotun uch muguzli bosh kiyimida tasvirlanishi esa o‘sha davr mafkurasi bilan chambarchas bog‘liqdir. VII–VIII asrlarga taalluqli uch mo‘guzli iloha shaklidagi loy haykalchalar aksariyat xollarda qadimgi turkiylar e'tiqodidagi Umay (Umay ona, Umay ene) bilan bog‘lanadi.
Choch vohasining G‘arbiy Turk xoqonligiga taalluqli boshqa tangalarida, orqa tomonida yolqinlangan olov aks etgan otashdon va uning yonida G‘arbiy Turk xoqonligi tangalariga xos tamg‘a o‘rin olgan. Choch vohasi tangalarida otashdon ilk bor faqat shu tipdagi tangada uchratiladi. Otashdon tasviri asosan Sosoniylar va Buxoroning turli tangalariga xos bo‘lib, u zardushtiylik bilan bog‘liq ramziy belgi hisoblanadi. Xoqonlikka xos tangalarda otashdonning joy olishi esa zardushtiylikning G‘arbiy Turk xoqonligi mafkuraviy hayotidagi o‘rnidan darak beradi.
Choch vohasi tangalari orasida old tomonida o‘ngga yuzlangan ikki o‘rkachli tuya va orqa tomonida rombsimon tamg‘a o‘rin olgan tangalar ham uchraydi. Tuya Markaziy Osiyo xalqlari mifologiyasida muqaddas hayvon sifatida joy olgan bo‘lib, xoqonlik tangalaridan tashqari Buxoro vohasi tangalarida ham uchraydi.
Faqat ularda Choch tangasidan farqli o‘laroq, tanganing bir tomonida zardushtiylik timsollaridan biri – otashdon aks etgan va tuya o‘ngga emas chapga yuzlangan. Shu bilan birgalikda, “xoqon” unvoni bilan chiqarilgan mazkur Choch tangalarining aynan o‘xshashi yaqinda Qanqa xarobasi (Toshkent viloyati)dan topilgan mis muhrda uchrab, tanga va muhrning ham o‘lchami, ham zarb texnikasi bir xil. Bu esa mazkur muhrni ham xoqonlikka aloqador deb talqin qilishga asos beradi.

Download 13.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling