Yo’ldashaliyev Qudratjonning


Download 13.27 Kb.
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi13.27 Kb.
#1840222
  1   2   3   4
Bog'liq
qudratjon

.

Yo’ldashaliyev

Qudratjonning

O’rta Osiyo numizmatikasi fanidan

Taqdimoti

Ilk o’rta asrlarda Choch tangalari

.


Ilk o‘rta asrlar davri Choch tangalari. Arxeologik tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan ilk Shosh tangalarida yurib ketayotgan sher, ayrisimon belgi va sug‘d bitiklari mavjud.
Ilk o‘rta asrlar davrida Chochda «buxorxudot usuldagi» draxmalar va old tomonida chapga (kam holatlarda o‘ngga) qarab turgan hukmdorning boshi va chap tomonidan turli ko‘rinishdagi tamg‘alar va sug‘dcha bitik tasvirlangan mis tangalari zarb qilingan.
Shuningdek, orqa tomonida ayrisimon belgilar va orqa tomonidan hukmdorning gavda qismi yoki oyog‘i ko‘tarilgan sher tasvirlangan tangalar ham Choch tangalari qatoriga kiritilgan. Orqa tomonidagi sug‘diy bitikda hukmdorning unvoni, uni Chochdan ekanligini qayd etgan holda ko‘rsatilgan.
Kabarnada orqa tomonidan murakkab besh qirrali yulduz tasvirlangan tangalar zarb qilingan bo‘lsa, Farankatda esa «Buxoro tamg‘asi» usulidagi va Buxoro Sug‘di tangalarida tasvirlangan olov mehrobining sxematik tasviriga o‘xshash chiziqlar tangalarga tushirilgan.

.


VI–VIII yuz yilliklardagi Choch tangalarining katta qismi Teginlar ( ) va Tudunlar ( ) sulolasi tangalaridan farqli tamg‘alar ( ) bilan bostirilgan bo‘lib, ularning ba'zi tiplarida c’cynk xwv (“Choch hukmdori”), ba'zilarida esa faqat xwvw (“hukmdor”) so‘zi uchraydi.
Mutaxassislar VI–VIII yuz yilliklarda Choch markaziy hukmdorga bo‘ysunuvchi va o‘zining alohida tanga zarbiga ega bir nechta kichik o‘lka (udel)larga bo‘linib ketganligi to‘g‘risida xulosa chiqarishgan. Jumladan, E.V.Rtveladze ilk o‘rta yuz yilliklarga oid Choch tangalaridagi 6 xil shaklli tamg‘alarga tayanib, vohada 6 ta kichik o‘lka (udel) bo‘lganligini ilgari surgan.
Shu bilan u tangalardagi sug‘diy yozuvlardan KabarnaBanokatTunukand (Tunkat), Farnkat kabi toponimlarni topishga uringan va ularni vohadagi ma'lum bir hokimliklarning markazlari deb talqin qilgan.
Biroq keyingi yillarda Toshkent vohasidan topilgan yuzlab tangalardagi yozuvlarning qayta o‘qilishi tufayli Chochda zarb qilingan tangalar aslida 7 guruh bo‘lganligi, ulardan 3 tasi G‘arbiy Turk xoqonligiga, qolgan 3 tasi esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri Choch sulolalari (teginlar, tudunlar va mahalliy sulolalar)ga tegishli ekanligi oydinlashdi. Faqat ulardan bir guruhining yozuvi hali to‘liq tiklanmaganligi uchun qaysi sulolaga tegishli ekanligi aniqlanmay qolmoqda.

Download 13.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling