Yo’ldashaliyev Qudratjonning
Download 13.27 Kb.
|
qudratjon
.Choch tangalari orasida Xitoy tangalariga taqlidan o‘rtasi to‘rtburchak teshik shaklda zarb qilingan tangalar ham uchrab turadi. Bunday tangalarni zarb qilish G‘arbiy Turk xoqonligining Xitoy imperiyasi asoratiga tushib qolgan davri, ya'ni 658- yildan keyingi davrlarga to‘g‘ri kelsa kerak. Qadimgi turk tangalari Yettisuv (Issiqko‘l havzasi va Chuy vodiysi, qadimgi Taraz joylashgan Talas vodiysi) va Movarounnahrning Sirdaryo bo‘yi havzalarida – O‘tror atroflari (qadimgi Farob), Choch va Farg‘ona, Buxoroda muomalada foydalanilgan. Xronologik jihatdan tangalar katta davrni VI asrdan Ikkinchi Turk xoqonligining tanazzulga yuz tutish davrini o‘z ichiga oladi. .Mazkur tangalarning ikonografik jihati ham chochliklarning xoqonlik bilan aloqador ekanligini ko‘rsatadi. Ilk o‘rta asrlarda Choch, Farg‘ona, Usturshona, So‘g‘d, Buxoro, Xorazm G‘arbiy Turk hoqonligi tarkibida bo‘lsalarda, ularning yabg‘ulari mustaqil siyosat yuritishgan. Har bir viloyatning o‘z davlat boshqaruv sulolalari, boshqaruv markazi (poytaxti), qonuni, harbiy kuchlari, aniq chegaralari va pul birligi mavjud bo‘lgan. Turk hoqonlari bu viloyatlarning ichki ishlariga aralashmaganlar. Ushbu viloyatlar hoqonlik markaziga asosan iqtisodiy qaram bo‘lgan ya’ni, soliq to‘laganlar xolos. Sharqiy Turk hoqonligiga oid tangalar Qanqa, Banokat (Toshkent) hududlaridan topilgan bo‘lib, bu o‘lkalarning savdo - hunarmandchilik markazi bo‘lganidan dalolatdir. Turk-so‘g‘d tangalari nomi ostida bronza tangalar zarb etilgan bo‘lib, ushbu seriyada tanganing aversida erkak va ayol juft holda tasvirlangan. Bu haqda rus arxeologi M.E.Masson bildirgan fikr yetakchi bo‘lib qolmoqda . Chunki, ularda turk yozuvi bilan birga runiy (mahalliy) yozuvlari bilan so‘zlar bitilgan. Bu so‘zlarni o‘qishga urinish bor, ammo hozirgacha to‘liq o‘qib chiqilmagan1. .Qadimgi turk tangalari, xususan, Choch tangalarini o‘rgangan olimlar M.E.Masson, O.I.Smirnova, V.A.Livshits, E.V.Rtveladze, Ye.V.Zeymal, G‘.Boboyorov2, M.Ishoqov tadqiqotlarida “turk-sug‘d tangalari”, “Sug‘d-turk tangalari”, “turk sulolalarining Choch tangalari” kabi iboralar ifoda etilgan. VII-VIII asrlarda hoqonlik hududlarida mahalliy hokimlar turk tudunlari, turk teginlari tomonidan ham tangalar zarb etilgan. Biroq hoqonlikka qaragan hokimlarning sulolasi tarixi, sanalari haqida hanuzgacha mavjud materiallar uzuq yuluqligicha qolmoqda. Choch tangalari seriyasi yozuvsiz tangadan boshlanadi. Topilgan tangalarda turli sur’atlar aks etgan. Choch tangalarining bir necha tasvirli turlari topilgan bo‘lib, ularda hukmdorning boshi uzra yarim oy, chap tomonida yulduz sur’ati, tanganing o‘rtasida kvadrat xalqali yo‘lbars sur’ati kabi tasvirlar ham tushirilgan. Masalan, Choch hukmdori Teginning sochlari yelkasiga tushgan, ko‘zlari qisiq, chap va o‘ng tomonlarida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Tangalarda hukmdorning kiyimi, uning quyuq qoshlari va qovog‘i bo‘rtib chizilgani, ko‘zlari ham aniq tasvirlangan, hukmdor quloqlarida ziraklari bor. Tanga legendalari (tanga yozuvlari)da qisqa sug‘d yozuvlarida hukmdorning ismi va uning oldida “tangri yorlaqagan hukmdor”, “hukmdor tudun, ilohiy qonun tayanchi” so‘zlari bitilgan. Download 13.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling