.
Choch tangalari guruhi tanga doirasidagi tasvirlar bo‘yicha originaldir. Masalan, turkumning ko‘pgina tangalari o‘ng yuzasiga fantastik vahshiy hayvonning dahshat soluvchi hujumkor qiyofasi tushirilgan. Hayvon tasviri tanga tiplari bo‘yicha har xil. Ba’zan hayvonning boshi o‘ng tomonga, goho chap tomonga qaratilgan.
Ba’zi tangalarda hayvon oldingi o‘ng oyog‘iga cho‘kibroq, chap oyog‘ini mushuksimonlarga xos ko‘targan holda, dum esa keskin baland ko‘tarilgan va tananing tepasiga joylashgan.
Choch tangalari seriyasida hokimiyat ramzi sifatida u yoki bu tomonga qaratilgan panshaxasimon tamg‘a tasvirlangan. Shunisi muhimki, Choch tangalariga so‘g‘d yozuvi asosidagi xat bitilgan.
Umuman, keyingi vaqtda so‘g‘dcha yozuvli tangalarning qator yangi tiplari topilayotgani so‘g‘d yozuvining Choch uchun ham qadimdan o‘ynagan madaniy rolini tushunishga yordam beradi. Choch tangalaridagi so‘g‘d yozuvlarining tarjimasi mazmuni M.Ishoqov va B.To‘xtiyevning “O‘lmas obidalar” nomli kitobida yoritilgan.
. - Etiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |