Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Yuridik shaxslarni jami daromadini aniqlash tartibi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
2-§. Yuridik shaxslarni jami daromadini aniqlash tartibi Foyda solig`ining aniqlashda dastawal korxona jami daromadini aniqlash lozim. Jami daromad uchun jo`natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun korxona olishi lozim bo`lgan mablag`lar yoki tekinga olingan mablag`lar asosiy manba bo`lib hisoblanadi. Bularga esa quyidagilar kiradi: - tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan tushum; - asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog`ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya qilishdan keladigan daromad; - foizlardan keladigan daromadlar; - dividendlar; - tekinga olingan mol-mulk; - mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad; - royalti; 31 - tekin moliyaviy yordam (davlat byudjetidan berilgan subsidiyalar bundan mustasno); - da'vo muddati o`tkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan olingan daromad; - ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali qarzlarning o`rnini qoplash tariqasida olingan daromadlar; - valuta hisob-varaqalaridagi kurs bo`yicha musbat farq; - favqulodda daromadlar; - boshqa daromadlar. Agar o`zaro aloqador korxonalar tijorat va moliyaviy munosabatlarida mustaqil yuridik shaxslar o`rtasida qo`llanishi mumkin bo`lgan naodardan farq qiladigan narxlarni qo`llasalar, Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, narxlarda vujudga kelgan farqga teng miqdorda daromad surnmasini o`zgartirilishi mumkin. O`zaro aloqador korxonalar quyidagilardir: Xorijiy davlatning yuridik shaxslari va ularning O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olingan yuridik shaxslar hamda ularning O`zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan shu'ba korxonalari; - ayni bir yuridik yoki jismoniy shaxslar muassislari bo`lgan, O`zbekiston Respublikasida ro`yxatga olingan yuridik shaxslar va xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari. Soliq solinadigan daromadlarni (foydani) belgilashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi; - qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, mol-mulk solig`i, yer solig`i, yer osti boyligidan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya solig`i, suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq, boj to`lovlari; - banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarning qisqa muddatli kreditlari bo`yicha foiz to`lovlari summalari, to`lov muddati o`tgan va to'-lov muddati uzaytirilgan ssudalar bo`yicha foizlar bundan mustasno; - xodimlarga ish haqi to`lash bo`yicha xarajatlar (banklar, sug`urta tashkilotlari, videosalonlar, videoko`rsatuv, video va audio yozuv punkflari, auksionlar, kazino, pul yutuqi qo`yilgan uyin avtomatlari va boshqalar mustasno; - belgilangan tartibda kiritilgan renta to`lovlarning surnrnasi; ijara haqi (lizing to`lovi); asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlari; - chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va ko`rsatilgan xizmatlarning qiymati; - rnajburiy sug`urta to`lovlari bo`yicha o`tkazilgan qonun xujjatlarga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar; - mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq to`lash xarajatlari summasi; - qonun hujjatlarga muvofiq normalar bo`yicha xizmat safarlari xarajatlari summasi; - qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo`yicha vakillik maqsadlaridagi xarajatlar summalari; - reklama xarajatlari; 32 - belgilangan normalar doirasida kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash uchun xarajatlar summalari; - soliq to`lovchi balansidagi so`glikni saqlash obyektlari, qariyalar va nog`ironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari xalq ta'limi muassasalari, uy-joy fondini saqlashga mahalliy davlat hokimiyat organlari tasdiqlangan normativlaiga muvofiq keladigan xarajatlar summalari, shuningdek, soliq to`lovchilar sanab o`tilgan muassasalarni saqlashda ulush qo`shib qatnashib, ana shu maqsadlar uchun qilinadigan xarajatlarning summalari; - qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan boshqa majburiy to`lovlar. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar va majburiy to`lovlardan tashqari quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib tashlanadi. 1) Banklar bo`yicha: - kredit resurslari uchun to`lovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablag`lari va boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari: - mijozlarning hisobvaraqlari, shu jumladan, jismoniy shaxslarning omonatlari bo`yicha hisoblangan va to`langan foizlari; - tavakkalchilik operatsiyalari bo`yicha zaxira hisoblash, uchirilgan umidsiz ssuda summalari; 2) Sug`urta tashkilotlari bo`yicha: - qayta sug`urta shartnomalari bo`yicha berilgan to`lov summalari; - amal qilishi hisobot yili oxirigacha to`lanmagan sug`urta va qayta sug`urta shartnomalari bo`yicha berilgan toiov summalari; - sug`urta va qayta majburiyatlari bo`yicha amalga oshirilgan va hisoblangan to`Iov summalari. - o`tgan yillardagi sug`urta hodisalari bo`yicha to`lanmagan to`lov summalari, shu jumladan, da'vo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari; - sug`urta tashkiloti sug`urta hodisalari ro`y berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni moliyalashga sarflaydigan mablag`lar summalari; - sug`urta tashkilotlarning zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining 25 % yetguniga qadar sug`urta tashkilotlari o`z daromadlarining 25 % miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar. Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy to`lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar amalga oshirilgan xarajatlar bir necha toifaga kiritilgan boisa, u faqat bir marta jami daromaddan chegirib tashlanadi. Asosiy vositalar amortizatsiya qilinadi, yer bundan mustasno, asosiy vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida belgilangan normalar doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan chegirib tashlanadi. Bundan tashqari, nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan eskirish tarzida har oyda, korxona tomonidan ularning boshlang`ich qiymati va ulardan unumli foydalanish muddati asosida hisoblab chiqilgan normalar bo`yicha 33 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling