Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. To`g`ri soliqlar nima va unga qanday soliqlar kiradi?  
2. Egri soliqlarga qanday soliqlar kiradi?  
3. Soliqlar orqali iqtisodiyotni qanday boshqariladi?  
4. Soliq imtiyozlari nima? 
 
30


II QISM UMUMDAVLAT SOLIQLARI 
Vbob. YURIDIK SHAXSLARDAN OLINADIGAN FOYDA (DAROMAD) 
SOLIG`I 
l-§. Foyda (daromad) solig`ining mohiyati va obyekti 
 
O`zbekiston iqtisodiyotini boshqarishda soliq mexanizmi asosiy o`rin-lardan 
birini egallaydi, chunki soliq mexanizmi budjet daromadlarini shakllantirishning 
asosiy manbasi hisoblanadi. Budjet daromadlarini tashkil etishda foyda solig`ining 
roli kattadir. Bozor iqtisodiyotiga o`tishga qadar (1991-yilgacha) davlat budjetini 
daromadlarini tashkil etishda korxonalarni foydasidan ajratmalar katta o`rin tutar 
edi. Bunday ajratmalar majburiy hisoblanar edi (bu ajratmalar balans foydasining 
85 % gacha yetardi). Turli shakldagi mulkchilikka asoslangan korxonalarni paydo 
bo`lish natijasida korxonalar imkoniyati oshishi, bozor infrastrukturasi elementlari 
rivoj-lanishi bilan majburiy ajratmalarning awalgi tizimi xo`jalik yuritishga mos 
kelmay qoldi, ya'ni davlat budjeti uchun yetarli mablag` to`planmadi. Bundan 
tashqari, u mulkchilikni muqobil shakllaridagi korxonalar butun bir toifasini 
hamda boshqa tadbirkorlarni qamrab olmas edi, O`zbekiston Respublikasining 
bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish jarayonida foydadan ajratmalar o`rniga 
foyda solig`ining joriy eti-lishi maqsadga muvofiq bo`lib qoldi. 
Hisobot davrida moliya-xo`jalik faoliyati natijalaridan soliqqa tortiladigan 
foydaga (daromadga) ega bo`lgan, mulkchilik shaklidan qat'i nazar ushbu soliq turi 
bo`yicha imtiyozga ega bo`lmagan yuridik shaxslar foyda (daromad) solig`i 
to`lovchilar deb hisoblanadi. 
Yuridik shaxslar foyda solig`i bo`yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni 
mustaqil olib boradilar. 
Foyda solig`i subyektlariga (to`lovchilari) O'zbekiston hududida faoliyat 
ko`rsatayotgan davlat korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, firmalar, qo`shma 
korxonalar va boshqalar kiradi. Bu korxonalar uchun foyda solig`ini to`lash tartibi 
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida o`z ifodasini topgan. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling