Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

 
6-§. Soliq mexanizmi 
Soliq mexanizmi moliya mexanizmi tarkibiga kiradi. Moliyaviy mexanizm — 
bu moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish usullari yig`indisi bo`lib, u iqtisodiy, 
ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta'minlash uchun jamiyat tomonidan 
qo`llaniladi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarning turlari, shakllari va 
usullarini o`zida aks ettiradi. Soliq mexanizmi deganda soliqqa tortish bilan bog`liq 
bo`lgan soliqlarni tashkil qilishning barcha elementlari yig`indisi tushuniladi. 
Bunday elementlarga soliq obyekti, subyekti, manbayi, soliq stavkasi, to`lov 
muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi. Soliq mexanizmi amaldagi soliqlarni 
hayotga tatbiq etishni ifoda etilishini ifodalaydi. 
Soliq mexanizmidan foydalanish soliq elementlarining yig`indisidan samarali 
foydalanish maqsadida ishlab chiqilgan tushunchadir. Bu mexanizm tarkibiga 
soliqlar va boshqa to`lovlar (ajratma, yig`imlar) kabi elementlar borligini aytib 
o`tish zarur. Shu mexanizm tarkibida soliqlar aksariyati uzoq yillar harakat qilsa 
ularning elementlari (masalan, stavkasi) tez-tez o`zgarib turishi mumkin. Demak, 
soliqlar soliq mexanizmining nisbatan mustahkamlash uzoq yillarga mo`ljallangan 
ham o`zgartiriladigan qismi. Ajratmalar, yig`imlar va soliqlaming elementlari tez-
tez o`zgarib turiladigan, hatto bekor bo`ladigan turidir. Masalan, 6 % byudjetga 
 
22


resurs to`lovlari 1993-yilda joriy etilib, bir o`tgach bekor qilingan. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida soliq mexanizmini shunday 
takomillashtirish lozimki, budjetga soliq va yig`imlar to`liq va o`z vaqtida tushsin, 
ular bir vaqtning o`zida tovar ishlab chiqarishni kengaytirish va 
ko`plab daromad olish imkoniyatini bersin. Eksportga mahsulot ishlab 
chiqarishni ko`paytirib keyin valutalarga ega bo`lsin. Hozirgi vaqtning soliq 
siyosati soliq mexanizmini ana shu yo`nalishda takomillashtirib bormoqda. Bu esa 
bozor iqtisodiyoti talablariga mos tushib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish 
irnkoniyatini bermoqda. Soliq mexanizmining asosiy yo`nalishi soliq siyosatidan 
kelib chiqadi. Soliq siyosatining yo`nalishi o`zgarsa, soliq mexanizmining keraksiz 
elementlari chiqarib tashlanadi va yangi elementlar kiritiladi. 
Soliq mexanizmida o`zgarishlar kiritilib, takomillashtirilib boriladi. Uni tez 
o`zgartirishga olib keladigan qator omillar mavjuddir. Bunday omillarga pulning 
qadrsizlanishi, iqtisodiy yo`nalish sharoitida yangi ustuvor yo`nalishlarni belgilash 
va boshqa qator yangiliklar kiradi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling