Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
Ikkinchi yo`nalish. Aholining xilma-xil guruhlariga nisbatan soliq siyosatida
xilma-xil yondoshishdir. Nochor, kam ta'minlanganlaiga iloji boricha ko`proq soliqdan yengilliklar berish va kam mehnat bilan ko`p daromad oluvchi yoki boshqa yengil daromad topuvchilaiga nisbatan ko`p progressiyali soliq stavkalarini qo`llash maqsadga muvofiq. 21 Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilgan bo`lishi zarur. Soliq strategiyasi deganda uzoq yillaiga (10-15) mo`ljallangan soliq munosabatlaridagi asosiy yo`nalishlar, chora-tadbirlar majmuasi tushuniladi. Uning negizida puxta ilmiy asosda ishlab chiqilgan soliq konsepsiyasi yotadi. Soliq taktikasi deganda esa soliq strategiyasida mo`ljallangan ustuvor yo`nalishlarni G`tiborga olib ham bir yil yoki muayyan davr ichida amalga oshirish uslublari yoki tadbir choralar tushuniladi. Qoida bo`yicha soliq strategiyasi uzoq yillar o`zgarmasdan amal qiladi. Taktika esa har bir muayyan davrda o`zgarib turadi. Lekin umumiy yo`nalishdan chiqib kelmaydi, umumiy strategiyaning ijrosini ta'minlab borishga erishiladi. Taktikada uchraydigan o`zgarishlar hayotning obyektiv taqozosidan kelib chiqqan bo`ladi. Soliq siyosatini faollashtirish maqsadida soliqlar harakati chegarasini kengaytirish, ularni chuqur tahlil qilib borish va ilmiy xulosalar asosida yangi soliqlar joriy etish talab etiladi. Bunda quyidagilarga e'tiborni qaratmoq lozim. 1. Soliq sohasidagi tarixda bo`lgan davlatlar xatolari takrorlanmasligi uchun soliq solish tarixini puxta o`rganish lozim bo`ladi. 2. Soliq solish va undirish ishlarini arzonga tushirishni unutmaslik kerak. 3. Soliq obyekti aniq, ixcham bo`lishi va soliqni hisoblash uchun to`lovchilarga va soliqni tekshirish idoralariga oson va qulay bo`lishi zarur. 4. Budjetga soliqlarni to`liq va o`z vaqtida tushishini rag`batlantirish maqsadida byudjetga ko`p salmoqli soliq to`lovchilarga soliqdan ma'lum hissasini qoldirish ham maqsadga muvofiqdir. Bunday chora-tadbirlar yig`indisi soliqlar orqali bozor iqtisodiyotini boshqarish imkoniyatini kengaytiradi va unga muvaffaqiyatli o`tishga zamin tayyorlaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling