Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Soliq siyosatining chet el fajribasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
3-§. Soliq siyosatining chet el fajribasi Chet el tajribasi soliq siyosati toiiq va to`g`ri amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo`lishi kerakligini ko`rsatadi. Soliq munosabatlari puxta o`rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqa-rilishi lozim. Aks holda bunday siyosat muvaffaqiyatga erishishi qiyin. Bu sohada Olmoniyadagi soliq siyosatini ishlab chiqish tajribasidan o`rgansa arziydi. U yerda har bir yangi soliqni joriy etishdan awal uning loyihasini tayyorlash soliq sohasida ishlovchi olimlarga 5-6 oy muddatga topshirilar ekan. Hamma izlanuvchilarga ish natijasidan qat'i nazar mualliflik haqini awaldan to`lab qo`yiladi. Tayyorlangan soliq loyihalarini ko`rib chiqish va eng yaxshisini tanlab olish uchun 3—5 kishidan iborat ekspertlar ishlaydi. Ular soliq loyihasini tanlab olib parlamentga muhokama va tasdiqlashga topshiradilar. Qaysi olimning loyihasi parlamentga qo`yilsa o`sha olim uni bundestagda ham himoya qiladi. Bu soliq loyihasi shu olimning nomi bilan qonun sifatida qabul qilinadi. Jahon soliq siyosati tajribasida soliq solishning quyidagi yo`nalishlariga katta e'tibor beriladi: 1. Har xil mulk shakllariga asoslangan korxona va tashkilotlarning xo`jalik yuritishiga iqtisodiy mumkin darajada qulay sharoit yaratish, ularning har tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish. 2. Umumdavlat ijtimoiy zaruriy vazifalarini bajarish uchun davlatga zarur bo`lgan moliyaviy manbalarni ta'minlab berish. 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta'minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish. 4. Aholi turmush darajasini zaruriy me'yorda saqlab turish imkonini izlash va ta'minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan ko`tarib turish. Bunda «iste'mol savatchasi» ma'lumotlaridan foydalanish. Soliqlardan komplcks foydalanish xalq xo`jaligini tarmoqlarini qayta ko`rishga, xo`jaliklar va aholining tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulni qadrsizlanish jarayonini (inflatsiya) jilovlab turishga imkon bcradi. Pul 20 qadrsizlanishiga qarshi choralar ko`rish daromadlarga soliq progressiyasini oshirish bilan ham amalga oshiriladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling