Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish


Davlat moliyasining tarkibiy tuzilishi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana09.01.2022
Hajmi1.14 Mb.
#257227
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
soliq va soliqqa tortish

Davlat moliyasining tarkibiy tuzilishi 
 
Davlat budjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi 
bo`lib xizmat qilish kerak. O`zbekiston Respublikasining 1992-yil 8 dekabrda 
qabul qilingan Konstitutsiyasiga binoan, O`zbekiston Respublikasi o`z moliya va 
pul kredit tizimiga ega. Davlat budjeti respublika byudjeti, Qoraqalpog`iston 
Respublikasi budjeti va mahalliy byudjetlardan iborat. Bundan tashqari, davlat 
budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg`armalari jamlanadi. 
O`zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to'g`risida»gi Qonunning 3-
moddasida ilk bor davlat va mahalliy budjetlarga tushuncha berib o`tilgan, bunga 
ko`ra davlat byudjeti bu davlat pul mablag`larining (shu jumladan, davlat maqsadli 
jamg`armalari mablag`larining) tnarkazlashtirilgan jamg`armasi bo`lib, unda 
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili 
davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar sarfi yo`nalishlari va 
miqdori nazarda tutiladi. 
Asosiy moliyaviy reja sifatida budjet quyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega: 
- budjet universal moliyaviy reja hisoblanib, o`z ko`rsatkichlari bilan ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning barcha sohalarini qamrab oladi. Bu universallik xususiyati 
boshqa moliyaviy rejalarda uchramaydi, chunki ular tor doirada harakat qiladi; 
- boshqa moliyaviy rejalarga nisbatan budjet muvofiqlashtirish vazifasini 
bajaradi; 
- muvofiqlashtirish-budjet ko`rsatkichi bilan boshqa moliyaviy rejalar 
ko`rsatkichining o`zaro bog`liqligi orqali amalga oshiriladi. Korxonalarning 
moliyaviy rejalarida budjetga to`lanidigan majburiy to`lovlar hajmi va byudjetdan 
 
18


ajratiladigan mablag`lar ajratiladi. 
Taniqli rus olimlari M.V.Karaseva va Yu.A.Kroxina o`zlarining 
«Финансовое  право» darsligida budjetning quyidagi o`ziga xos xususiyatlarini 
ko`rsatib o`tadilar: 
- budjet davlat va ma'muriy tuzilmalaming xarajatlarini qoplash maqsadida 
tashkil etiladigan pul mablag`lari jamg`armasidir; 
- budjet davlat va ma'muriy tuzilmalarning moliyaviy rejali akti bo`lib, unda 
ularning daromadlari va xarajatlari ko`rsatib o`tiladi; 
- budjet - korxonala muassasalar va tashkilotlarning balansi va smetasi singari 
moliyaviy reja bo`lib, unversallik va muvofiqlashtiruvchi xususiyatga ega. 
Yuqorida ko`rib chiqilgan barcha jihatlar budjet mazmunini boyitib, to`ldirib 
turadi. Byudjet bu davlat hokimiyati organlari funksiyalarini ta'minlash maqsadida 
pul mablag`larini tashkil etish va xarajat qilish shaklidir. Bu tushunchadan ko`rinib 
turibdiki, birinchidan, budjet bu pul mabiag`larini tashkil etish va xarajat qilish 
shakli hisoblanadi, ikinchidan, budjet davlat va mahalliy hokimiyat organlarining 
funksiyalarini ta'minlaydi. 
Har qanday kategoriyaning, shu jumladan, budjetning mohiyati uning 
vazifalarida namoyon bo`ladi. Budjet keng moliyaviy kategoriya bo`lganligi 
sababli unga moliyaning barcha vazifalari xosdir. 
Budjetriing quyidagi asosiy vazifalarini ko`rsatib o`tishimiz mumkin: 
-milliy daromadni qayta taqsimlash; 
- iqtisodiyotni tartibga soiish; 
- budjet sohasini moliyaviy ta'minlash; 
- davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; 
- markazlashgan pul mablag`lari jamg`armalarini tashkil etish va foydalanish 
ustidan nazorat o`rnatish. 
Budjet ommaviy-huquqiy kategoriya bo`lib, normativ tarzda 
mustahkamlanadi va davlat (ma'muriy-hududiy tuzulmalar) manfaatlarini amalga 
oshirishda xizmat qiladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling