Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Soliq siyosati haqida tushuncha
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
2-§. Soliq siyosati haqida tushuncha O`zbekiston Respublikasi soliq siyosati-asosan Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 31 avgustdagi «O'zbekiston Respublikasining davlat Mustaqilligi to'g`risida»gi Qonunda «Shu kundan e'tiboran O`zbekiston Respublikasi o`zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi», deb ko`rsatilgan. Davlatning soliq siyosatining asosiy yo`nalishlari O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham ko`rsatib o`tilgan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliq sohasida bir qancha qonunlar qabul qilingan edi. Shulardan eng asosiylari O`zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlari to`g`risida va «O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fijqaroligi bo`lmaganlarning solig`i to'g`risida»gi qonunlari va ularga kiritilgan o`zgarishlar, to`ldirishlar edi. Soliqlarning huquqiy asosi 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi» bo`ldi. Soliq kodeksining qabul qilinishi soliq 19 siyosatining izchilligi va yaxlitligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo`ladi. Umuman, siyosat deganda, davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo`ygan chora-tadbirlari yig`indisi tushuniladi. Soliq bo`yicha ishlarni tashkil qilish ham muayyan siyosat tarzida amalga oshiriladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muhim, tarkibiy ajralmas qismidir. Soliq siyosati nima? Soliq siyosati-davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlarni ijrosini ta'minlash hamda uni tashkil qilish-dagi chora-tadbirlari, sa'y- harakatlari yig`indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o`z mustaqil soliq siyosatiga ega bo`la oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirishga va rivojlanishiga har tomonlama faol ta'sir ko`rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo`lib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling