Davlat Soliq Qo`mitasi Huzuridagi Fiskal Institut Soliq va soliqga tortish kafedrasining sst-s-08-22
Download 368.07 Kb.
|
Qo`qon xonligida amal qilgan soliq munosabatlari
Davlat Soliq Qo`mitasi Huzuridagi Fiskal Institut Soliq va soliqga tortish kafedrasining SST-S-08-22 – guruh talabasi Lapasova Zilolaning Soliq Nazariyasi va Tarixi fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Qo`qon xonligini amal qilgan soliq munosabatlari. Reja: Qo`qon xonligida ichki va tashqi siyosatta soliq tizmi. Qo`qon xonligining xorijdagi savdo faoliati. Qo`qon xonligining qadimgi soliq tizmi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Qo‘qon xonligi (1709-1876) ichki va tashqi siyosatida soliq tizimi muhim ahamiyatga ega hisoblangan. Chunki xonlik iqtisodiyotining taraqqiyoti, siyosiy boshqaruvning shakllanishi ham shu soliq tizimi bilan bog‘liq. Xonlikda yig‘iladigan soliqlarni rasmiy va maxsus turlarga ajratish mumkin. Xiroj, zakot, savdodan olinadigan boj, hayvonlar hisobidan olinadigan soliq, tarozi solig‘i, daryoni kesib o‘tganlik uchun soliq, tuz solig‘i, ushr solig‘i singari rasmiy soliq turlari bo‘lgan. Tanobona, to‘y-maraka marosimlaridan yig‘iladigan soliq, meros bo‘lishdan yig‘iladigan soliqlar maxsus soliqlar turiga kiradi. Sog‘liqlar asosan davlat xazinasiga, ya’ni mutloq hukmdor – xon bilan joylardagi beklar foydasiga yig‘ilgan. Soliqlar mextar, sarkor, oqsoqol, amin, zakotchi kabi lavozimlardagi kishilar tomonidan yig‘ib olingan. Qo‘qon xonligida mamlakat hududidan tashqaridagi fuqarolaridan ham zakot, savdo bojlarini yig‘ib olish tizimi shakllangan edi. Jumladan, Rossiyaning Sibir, Astraxan hamda Xitoyning manjurlar hukmronligi ostidagi Sharqiy Turkistoniga ham o‘z oqsoqollarini yuborganlar. Xonlikdagi oqsoqollik tizimi haqida A.D. Middendorf, “Oqsoqollik Farg‘ona vodiysida mahalliy boshqaruv tizimining markazi hisoblanadi. Uning atrofida hamma jamoa boshqaruvining unsurlari aylanib yuradi, buning ustiga u ajoyib tashkil etilgan”1, – deb qayd etgan edi. Davlat tepasiga kelgan hukmdor qishloq jamoasini boshqarishda va davlat soliqlarini o‘z vaqtida va to‘liq yig‘ib olish uchun qishloqlarda faoliyat yuritgan oqsoqollarga tayangan. Qo‘qon xonlari, nafaqat xonlik hududida, balki o‘zga davlatlarda istiqomat qilgan Qo‘qon xonligi aholisiga ham o‘z oqsoqollari va yorliqlarini yuborgan. Bunday yorliqlarga ega bo‘lgan oqsoqollar Rossiya imperiyasining Sibir hududi hamda Sharqiy Turkistonda istiqomat qilganlar. Bu haqida H. Ziyoyev, “1821-yilda Rossiyaning Petropavlovsk shahrida yashovchi Qo‘qon savdogarlari oqsoqoli Kenjatoy Boyjonov bo‘lib, uning qo‘lida Qo‘qon xonining maxsus yorlig‘i bo‘lganligi”ni ta’kidlaydi. XVIII asrning o‘rtalarida manjurlar hukumati tomonidan Qo‘qon savdogarlarining Sharqiy Turkiston bozorlarida savdo qilishiga ruxsat berilgan. Natijada ularning bu bozorlarga kirib kelishi kuchaygan. Xitoy hujjatlarida “Qo‘qon savdogarlari Sharqiy Turkistonning ichki bozorlarini asta-sekin qo‘lga oldilar, mulk va mablag‘ to‘pladilar, uyg‘urlarning uylarini ijaraga oldilar. Bu yerda ular o‘zlarining uyushmalarini tuza boshlaganlar” degan ma’lumotlar ko‘plab uchraydi. Qo‘qon hukmdorlari Sharqiy Turkistondagi musulmon aholi, jumladan, Qo‘qon fuqarolaridan boj-hiroj yig‘ib olishni o‘z nazoratiga olishga harakat qilgan. Shu maqsadda, o‘lkaga xon o‘z oqsoqolini yuborgan. Qo‘qonlik savdogar Rizoquli Yorkenddagi Qo‘qon savdogarlarining oqsoqoli sifatida tayinlangan. Ikkinchi oqsoqol esa Qashqarda tayinlangan bo‘lib, u toshkentlik savdogar Ne’matjon edi. Rus sharqshunosi A.A.Semenov ham Ne’matjonni Sharqiy Turkistonga oqsoqol sifatida yorliq bilan yuborilganligini qayd etgan. Xitoy manbalarida ushbu oqsoqolliklar Qo‘qon hukmdorining roziligi bilan Yorkend va Qashqar hokimbegilar tomonidan tayinlangan. Ching imperiyasi ma’muriyati bunga rozi bo‘lgan. Qashqar va Yorkenddagi qo‘qonlik savdogarlar bir oyda to‘rt marta Qashqarning “eski shahar” qismida oqsoqol huzurida majlis o‘tkazganlar. Uning amaldagi vazifasi Qashqardagi barcha Qo‘qon savdogarlaridan va musulmon aholidan boj va zakot soliqlarini yig‘ib olish edi. Oqsoqollik tizimining Sharqiy Turkistonda qachon o‘rnatilganligi xususida tarixchilar orasida turlicha fikr bildirilgan. Yapon tadqiqotchisi Toro Soguchi, Norbo‘tabiy hamda Olimxonning muhri tushirilgan yorliqqa ega bo‘lgan xudoydo lavozimidagi shaxs Sharqiy Turkistonda savdo qilayotgan Qo‘qon savdogarlarini nazorat qilganligini qayd etgan. M. Gurevichning yozishicha, Qo‘qon hukmdori “Umarxon davrida Qashqardagi Qo‘qon savdogarlaridan boj yig‘ishni nazorat qiladigan Qo‘qon oqsoqoli (xudoydo)ni tayinlashga urinib ko‘rilgan”2, – deb yozgan. Qurbon Ali Ayaguziyning fikricha esa bu oqsoqollik tizimi 1832-yilgi Qo‘qon xonligi va Ching imperiyasi o‘rtasidagi shartnomadan so‘ng o‘rnatilgan, deb hisoblagan. “Oqsoqol” atamasi manjurcha “xudoydo”, xitoycha “shangmu” yoki “maimai touren”, ya’ni “savdo oqsoqoli, boshlig‘i” atamasi bilan tenglashtirilgan. Bu mansab egasi nafaqat Qo‘qon savdogarlari faoliyati va ularning haq-huquqlarini, balki Sharqiy Turkistonda muomalada bo‘lgan Qo‘qon tanga-pullarini ham nazorat qilgan. Download 368.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling