Davlat Soliq Qo`mitasi Huzuridagi Fiskal Institut Soliq va soliqga tortish kafedrasining sst-s-08-22
Download 368.07 Kb.
|
Qo`qon xonligida amal qilgan soliq munosabatlari
O‘qing, qiziq: Qo‘qon xonligining xorijdagi savdo oqsoqollari qanday faoliyat bilan shug‘ullanishgan?
Manbalarda, qo‘qonlik oqsoqollar Sharqiy Turkistondagi xonlik fuqarolarining sonini bilgan yoki bilmaganligi haqida ma’lumot berilmagan. Shu jumladan, Ching imperiyasi hukumati ham 1759-1828-yillar oralig‘ida Sharqiy Turkistonda savdo faoliyatini olib borgan xonlik fuqarolarini ro‘yxatga olmagan. Biroq Jahongirxo‘ja qo‘zg‘olonidan so‘ng, qo‘zg‘olonning faol ishtirokchisi bo‘lgan qo‘qonliklarga qat’iy chora ko‘rishga majbur bo‘lgan. O‘rta Osiyo xonliklaridan kelganlarni aniq sonini bilish uchun Ching hukumati 1828-yilda Sharqiy Turkistonda aholini ro‘yxatga olishga majbur bo‘lgan. Natijada ularning jami soni 5122 ta xonadon bo‘lganligi va ulardan 3602 ta xonadon Tyan Shanning janubida, ya’ni Qashqar, Yorkent, Xo‘ton, Uchturfon, Yangihisor, Kuchor, Oqsuv va boshqa aholi manzillarida istiqomat qilgan bo‘lsa, 460 ta xonadon esa shimolida Urumchi, G‘ulja, Chuguchakda yashaganligi aniqlangan. Ularga kashmirlik, buxoroliklar, badaxshonliklar ham qo‘shib hisoblangan. Aslida bu vaqtda Sharqiy Turkistonda Qo‘qon xonligi fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etgan. Manjur amaldori Na Yanchen rahbarligida olib borilgan aholini ro‘yxatga olish jarayonida ularning barchasi kiritilmagan. Yuqorida keltirilgan raqamlar faqatgina 1818-1828-yillar oralig‘ida Sharqiy Turkistonga kelgan Qo‘qon xonligi fuqarolari soni deb hisoblangan. 1818-yildan avval kelib qolgan qo‘qonliklardan manjurlar hukumati soliq yig‘ib olishni maqsad qilgan. Shu maqsadda ularni Sharqiy Turkistonda istiqomat qiluvchi uyg‘urlar deb ro‘yxatga olgan va ularga yer, turar joy solig‘i kabi davlat soliqlari solgan. Bu vaqtda manjurlar imperiyasi uchun Sharqiy Turkiston tinch hudud sifatida kerak edi, xolos. Bunda Qo‘qon elchisi A’lam pochcha va Muhammad Dukarboylarning xizmati katta edi. Qo‘qon xonligi uchun faqat qo‘qon savdogarlardan soliq yig‘ib olish bilan cheklanmadi. Shu bois, 1833-yilda Muhammad Alixon Mirza Ayyub ismli elchini yuboradi. Elchi endi soliq faqat xonlik savdogarlaridan emas, Sharqiy Turkistondagi barcha xorijlik savdogarlardan ham soliq yig‘ib olishga ruxsat so‘ragan. Uchturfonga Isa ismli qo‘qonlik savdogar oqsoqol qilib tayinlangan. 1834-yilda Qo‘qondan yana bir elchi kelib, Sharqiy Turkistondagi qo‘qonlik savdogarlardan endi soliq olinmasligini iltimos qilib, Pekinga bormoqchi ekanligini aytgan. 1834-yilda Pekinga kelgan A’lam pochcha badaxshonlik, kashmirlik savdogarlardan savdo bojini olmaslikni ham iltimos qilgan. Sharqiy Turkiston o‘lkasidan har yili xonlik xazinasiga oqsoqol tomonidan 500 kumush yombu yuborilib turgan. Shu bois, bu lavozimga alohida e’tibor berilgan. Imom Ali Qunduziy va Cho‘qon Valixanovlarning yozishicha, “Mazkur mansab Qo‘qon hukmdorlari tomonidan ijara sharti bilan berilgan mansabdir. Dastlab mazkur mansabga savdogarlar toifasidan bo‘lgan odamlar tayinlanganlar, keyinroq esa bu mansabni ko‘proq harbiylar egallaganlar. Qo‘qon xonligi davrida tashkil etilgan oqsoqollik tizimi 1876-yilda xonlik tugatilgandan so‘ng ham o‘z faoliyatini to‘xtatmagan. Bu oqsoqollik tizimi XIX asr oxiri – XX asrning boshlarida Oqsuv, G‘ulja, Uchturfon, Yorkent, Xo‘ton, Kuchor, Qorashahar, Lobnor, Turfon, Xami, Keriya va Dunxuan kabi shaharlarigacha kengayib borgan”3. Download 368.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling