Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
Soliq solish obyekti_- bu subyektning soliq to`lash majburiyatini shart qilib
qo`yuvchi yuridik dalillardir (mazkur holatda mulkchilik huquqida mol-mulkka egalik qilish bunday yuridik dalil hisoblanadi). Soliq solish predmeti (atama mazmuniga ko`ra soliq solish obyektiga yaqin) — bu tegishli soliqning undirilishini asoslab beruvchi daliliy xu-susiyatdagi belgilardir. Masalan, uy, kvartira kabi mol-mulk uchun mulk-chilik huquqi obyekti bo`Iadi, uy yoki kvartiraning o`zi esa soliq solish predmeti hisoblanadi va h.k. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-de-kabrdagi 478-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslarga rnulk huquqida tegishli bo`Igan uy-joylar, kvartiralar (shu jumladan, xususiylashtirilgan kvartiralar), garajlar, boshqa imoratlarni bahaolash va qayta baholash uchun yagona funksional ko`rsatkich-imorat, bino umumiy maydonning kvadratmetri belgilanadi. Bu esa soiiq solish birligidir. O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksining 93-moddasi soliq bo`yicha imtiyozlarga ega bo`lgan shaxslar doirasini tartibga soladi. Uning tahlili shuni ko`rsatmoqdaki, qonun chiqaruvchi har qanday mol-mulk solig`idan ozod etiladigan jismoniy shaxslarning qator toifalarini ajratadi, jismoniy shaxslarning boshqa guruhlariga esa, faqat imoratlar, binoiar va inshootlar uchun soliq to`lash bo`ykha imtiyozlar berdi. O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo`mita-sining «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga toiash tartibi to'g`risida» yo`riqnomaga muvofiq jis-moniy shaxslarning mol-mulk solig`ini hisoblash soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mol-mulk solig`idan imtiyoz olish huquqiga ega bo`lgan kishilar soliq xizmati organlariga kerakli hujjatlarni taqdim etadilar. Imoratlar, binolar va inshootlar bo`yicha mol-mulk solig`i har yili 1- yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat ko`rsatish imoratlari bera-digan inventarizatsiya qiymatiga doir ma'lumotlar asosida, ma'lumotlar bo`lmagan 84 taqdirda esa mazkur obyektlarning qiymati O`zbekiston Res-publikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532 soni qarorining 14-ilovasiga asosan, ya'ni jismoniy shaxslar mol-mulkni baholash bo`yicha organlar belgilangan inventarizatsiya qiymati bo`lmasa soliq undirish uchun Toshkent shahari va viloyat markazlarida 2100 ming so`m boshqa shaharlar va qishloqlarda 920,0 ming so`m miqdordagi mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi hamda shu asosida 2007- yil 1-yanvardan boshlab soliqqa tortiladi. Imoratlar, binolar va inshootlar bir qancha mulkdorlarga tegishli umumiy hissali mulk egalari bo`lganda soliq har bir mulkdorning imo-ratlari, binolar va inshootlardagi hissasiga qarab hisoblanadi. Yangi qurilgan yoki sotib olingan mulklar bo`yicha soliq kelgusi yil boshidan boshlab hisoblanadi. Meros bo`yicha mol-mulkdan soliq merosxo`rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo`q qilingan, butunlay vayron bo`lgan oydan e'tiboran to`xtatiladi. Mol-mulkka mulk huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan boshqasiga o`tganda soliqni birinchi mulkdor o`sha yilning 1-yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini o`qotgan oyning boshigacha to`laydi, ya'ni mulkdor esa mulk huquqini qo`lga kiritgan oydan e'tiboran to`laydi. Kalendar yil davomida imtiyozga ega bo`lish huquqi paydo bo`lgan taqdirda mol-mulk solig`i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e'tiboran qayta hisoblab chiqiladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash usuli — kadastrli usul hisoblanadi. Soliqni bunday usul bilan to`lashning o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, mol-mulkka uning tashki belgilari, mo`ljal-lanayotgan daromad asosida soliq solinishi bois, soliqni to`lash vaqti daro-madni olish vaqti bilan hech qanaqa bog`liq emas va shu munosabat bilan mol-mulk solig`ini to`lash uchun qatiy muddat belgilanadi. Jumladan, mol-mulk solig`i teng ulushlarda ikki muddatda — 15-iyun va 15-dekabr-dan kechiktirmay to`lanadi (O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 95-moddasi). Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish predmeti joylashgan joydagi soliq organi tomonidan hisoblab chiqiladi, bunda soliq organi tomonidan yozib beriladigan to`lov xabarnomasi toiovchilarga har yili joriy yilning 1-mayidan kechiktirilmay topshiriladi (O`zbekiston Res-publikasi Soliq kodeksining 95-moddasi 8-qismi). Shunday qilib, soliq to`-lovchining roli go`yki passivdir. Soliqlar bo`yicha to`lovlar faqatgina soliq solish predmeti joylashgan joydagi mahalliy budjetga o`tkaziladi. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq uning har yili 1-yanvar holatiga ko`ra ro`yxatga olish (invetarizatsiya) qiymatiga nisbatan % hisobida hisoblab chiqariladi. Agar imoratlar, binolar va inshootlarning ro`yxatga olish qiymati haqidagi ma'lumotlar bo`lmasa, u holda soliq ushbu mulkning davlat majburiy sugurtasi bo`yicha summalarni hisoblash uchun belgilangan qiymatidan, shuningdek, har yilning 1-yanvar holatiga ko`ra baholanishidan chiqqan holda hisoblab chiqiladi. 85 2002-yil 1-yanvardan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prog-nozi va 2002- yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametr-lari to'g`risida»gi 490- son qaroriga muvofiq joriy etilgan jismoniy shaxs-lardan olinadigan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz iste'moliga solig`ini hisoblab chiqarish va to`lash tartibi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq qo`mitasining yo`riqnomasida belgilab berilgan. Yuriqnomaga muvofiq ushbu soliq turi bo`yicha soliq summasi jis-moniy shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz uchun mablag` to`lanishi bilan bir vaqtda undiriladi va soliq summasi qu-yidagi formula bo`yicha hisoblanadi: NqV St, Bu yerda: N-hisoblab yozilgan soliq; V-jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yoqilig`isi va suyul-tirilgan gazning natural ifodadagi hajmi; St-soliq stavkasi. Soliq summasi chakana narxga qo`shimcha ravishda belgilanadi va jis-moniy shaxs-xaridorga berilgan chekda alohida satr bilan ko`rsatiladi. Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi hujalik yurituvchi subyektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to`lanadigan soliqlar, yig`imlar va majburiy to`lovlar bo`yicha soliq obyekti boimaydi. Budjetga soliq to`lovchilar sotilgan benzin, dizel yoqilig`isi va suyul-tirilgan gaz hisobi hamda hisoblangan soliq summalari hisobini alohida yuritadilar. Budjet bilan hisob-kitoblar hisobi «Budjet bilan hisob-kitoblar» hisob-varag`i bo`yicha — «Jismoniy shaxslardan olinadigan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz iste'moliga soliq» ilova hisobvarag`ida yuritiladi, soliqni o`tkazish «hisob-kitob varag`i» hisob-varag`i bo`yicha aks ettiriladi. Soliq mahalliy budjetga O`zbekiston Respublikasi budjetlari daromad va xarajatlarining tegishli tasnifiga ko`ra bulim va paragrafga to`lanadi. Soliq bank muassasalari orqali har o`n kunda, benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy un kunligi tugaganidan so`ng uchinchi kundan kechiktirmay toianadi. Joriy o`n kunlik to`lovlar hisobiga olingan soliq bo`yicha hisob-kitob avtomobilga yonilg`i qo`yish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling