Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII bob. JISMONIY SHAXSLARDAN OLEVADIGAN MOL-MULK SOLIG`I l-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining iqtisodiy mohiyati
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
1. Yuridik shaxslarning mol-mulk solig`ini to`lovchilarga kimlar ki-radi? 2. Mol-mulkning o`rtacha yillik (choraklik, 6 oylik, 9 oylik) qoldiq qiymati qanday tartibda hisoblanadi? 3.Yuridik shaxslar mol-mulk solig`i stavkasini kim belgilaydi va bu soliqdan qanday imtiyozlar mavjud? 4. Mol-mulk solig`ini hisobini taqdim etish tartibi va soliqni to`lash muddatlari qanday? 82 XII bob. JISMONIY SHAXSLARDAN OLEVADIGAN MOL-MULK SOLIG`I l-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ining iqtisodiy mohiyati Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq - bu bevosita soliq bo`ladi, u o`zining ushbu sifati bilan moddiy boyliklarni olish va jamg`arish jarayonida undiriladi. Bu real soliqdir, («real» atamasi (inglizcha real - mulk) ayni ushbu soliq birinchi galda fuqaro egalik qilinadigan mol - mulk solinishi bilan bog`liq). Bu muntazam soliq hisoblanadi, ya'ni u yarim yilda bir marta muntazam ravishda undiriladi. Nihoyat bu hududiy soliq bo`ladi, u O`zbekiston Respublikasi hududida bo`lgan va unda ro`yxatga olingan ko`chmas mulk va transport vositalari (2002-yil 1-yanvardan transport vositalari dvigatel quwatidan olinadigan soliq bekor qilingan) uchun to`lanadi. Mol-mulk solig`i mutanosib (proporsional) va shedulardir. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni huquqiy tartibga solishning asosiy manbalariga O`zbekiston Respublikasi Soliq ko-deksi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478- sonli «Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli bo`lgan bino va inshootlarni baholash va qayta baholash to`g`risidagi nizomni tasdiqlash to'grisida»gi qarori (O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1994-yil 9-dekabrdagi 591- sonli «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to'g`risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan), O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasi tomonidan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqish va budjetga to`lash tartibi to'g`risida» yo`riqnoma ishlab chiqildi. Ilgari ushbu soliqnining undirib olinishi 1993-yil 28- dekabrda qabul qilingan «Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soli-nadigan soliqlar to'g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinar edi. Respublika fuqarosi, boshqa davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs, O`zbekiston rezidenti yoki norezidenti bo`lishidan qafiy nazar soliq solinadigan mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig`i to`lovchilari hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 90-moddasiga muvofiq soliqqa tortiladigan obyektga: 1) uy-joylar, 2) kvartiralar, 3) bogdorchilik va o`zumchilik shirkatlari a'zolarining chorbog` va bog` uylari 4) garajlar va boshqa imoratlar, bino va inshootlar kiradi hamda yuqoridagi mol-mulkka ega bo`lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig`i toiovchilardir. Bundan tashqari, 2002-yil 1-yanvargacha jismoniy shaxslarning mulki bo`lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quwati soliq solish obyekti boiib hisoblangan. Lekin 2002-yil 1-yanvaridan O`zbekiston Respublikasi Va-zirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozi va 2002 yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlari to'g`risida»gi 490-son qaroriga muvofiq Jismoniy shaxslarning transport vositalariga benzin, dizel yonilg`isi va gaz ishlat-ganlik uchun iste'moli solig`i joriy etildi. Umuman olganda, «soliq solish obyekti» va «soliq solish predmeti» 83 tushunchalarini farqlash zarur. Bu farq ayni jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliqqa nisbatan yanada yaqqol namoyon bo`ladi, u soliqning subyektini aniqlaydi va u bilan ma'lum huquqiy aloqada, jumladan, mulk huquqiy munosabatlarda bo`ladi. Shunga e'tiborni qaratamizki, 1998-yil 13-yanvardagi 392- sonli Yo`riqnoma (2-bandi)da O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksidan (89- modda) farqli o`laroq, shunday belgilanadiki, soliq «o 'z ixtiyorida mol-mulkka ega bo 'Igan jismoniy shaxslar tomonidan to 'la-nadi». Mazkur yo`riqnomaning 5.3- bandi shuni belgilaydiki, soliq bo`yicha imtiyozlar faqat tovar mulk imtiyoz Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling