Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
4-yo'/ia/isA; yangi korxonalarni qayd etish bilan bog`liq va shunga o`xshash
imtiyozlar. Yer solig`idan imtiyozlar ikki xil bo`ladi: 1. Yer uchastkalari soliqdan ozod etiladi. 2. Yuridik shaxslar soliqdan ozod etiladi. Soliq kodeksining 101-moddasida asosan, soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi: 1) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umu-miy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko`chalar, tor ko`chalar, yo`llar, sohil bo`ylari, ariq tarmoqlari, qabristonlar va boshqalar); 2) jamoa bog`dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garaj-larining umumiy foydalanishdagi yerlari; 3) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo`riq-xonalari, milliy va dendrologiya bog`lari, botanika boglari, zakazniklar, ov qilishga mo`ljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), ixota daraxtzorlari egallagan yerlar; 4) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo`riq-xonalar, xotira bog`lari, sag`analar, arxeologiya yodgorliJdari, tarix va ma-daniyat yodgorliklari egallagan yerlar); 5) suv fondi yerlari (daryolar, ko`llar, suv omborlari, kanallar, den-gizlar, muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo`jaligi insho-otlari egallagan yerlar, shuningdek, suv havzalari soxilidagi suv xo`jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tar-tibda berilgan yerlar); 6) elektr uzatish liniyalari, podstantsiyalar, umumdavlat aloqa liniya-lari va ularning inshootlari egallagan yerlar; 7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari, temir yo`llarning umumiy tarmog`i, umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan, metropoliten) va ularning inshootlari egallagan yerlar; 8) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnik turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog`lom-lashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog`lomlash-tirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o`quv-mashq bazalari egallagan yerlar; 9) magistral suv quvurlari, neft va gaz quvurlari, magistral kanali-zatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, suv olish va tozalash insho-otlari, shuningdek, suv ta'minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa obyekt-lar egallagan yerlar; 10) samolyotlarning uchish-qo`nish maydonlari, shu jumladan, ularni yerda boshqarish yo`lkalari va to`xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroport-larining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar; 11) ishlab chiqarish obyektlari kurilishi uchun ajratilgan (yoki obyektlari egallagan) va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan quriHsh ishlari to`xtatib qo`yilgan yerlar; 12) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar; 13) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo`jaligi ahamiyatiga molik va o`r-mon 97 fondidagi yerlari, qishloq xo`jaligi va urmon xo`jaligi sohasidagi ilmiy-tadkikot tashkilotlari hamda o`quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o`qkuv- tajriba xo`jaliklarining bevosita ilmiy va o`quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari; 14) yangi o`zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug`oriladigan yerlar-loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e'tiboran ko`pi bilan besh yilga; 15) zaxiradagi yerlar; 16) rekreatsion ahamiyatga molik yerlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yer-lar: o`rmon bog`lari, bogiar, hiyobonlar, plyajlar va boshqalar); 17) sog`lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo`lgan yerlar); 18) yakka tartibda uy-joy kurish va shaxsiy yordamchi xo`jalik yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yerlar -yer uchastkalari berilgan paytdan e'tiboran ikki yil muddatga. Yerlardan o`z o`rnida foydalanilmagan taqdirda ushbu moddada belgilangan imtiyozlar qo`llanilmaydi. Soliq kodeksining 102-moddasiga asosan quyidagi yuridik shaxslar yer solig`idan ozod qilinadilar: 1) tijorat bilan shug`ullanmaydigan yuridik shaxslar (budjetdan mo-liyaviy ta'minlanadigan boshqaruv organlari va ilmiy-tadqot muassasalari bundan mustasno), yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyati yo`lida foydalanayotganlaridan tashqari; 2) madaniyat, maorif, sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot muas-sasalari, bo`ysunuvidan qat'i nazar, o`z zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun; 3) dehkon (fermer) xo`jaliklari - davlat ro`yxatidan o`tkazilgan payt-dan e'tiboran ikki yil muddatga; 4) chet el iivestitsiyalari ishtirokidagi, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug`ullanuvchi yuridik shaxslar - ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil mobaynida; 5) nogironlar ijtimoiy birlashmalari, «Nuroniy» jamgarmasi, O`zbe-kiston chernobilchilar uyushmasi tasarrufida bo'lgan,ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik ta'minot-sotish va tayyorlov faoiiyati bilan shug`ulla-nuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno; 6) «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg`armasi, O`zbekiston Respublikasi Qizil Yarim Oy jamiyati, «Nuroniy» jamg`armasi korxonalari, bo`shatib olinayotgan mablag`lardan o`zlarining ustavda belgilangan vazi-falarini bajarish uchun foydalanish sharti bilan; 7) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan shug`ullachuvchi yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan e'tiboran birinchi foyda olguniga qadar, biroq bu muddat ular ro`yxatdan 98 o`tkazilgan paytdan e'tiboran uch yildan oshmasligi lozim. Soliq kodeksi 102-moddasining birinchi qismi 3 va 4-bandlarida ko`rsatilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o`tguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun to`liq miqdorda undiriladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling