Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig`ini hisoblash va budjetga to`-lash
tartiblari Yer solig`ini hisoblash tartibi ish tajribasi to`planishiga qarab mun-tazam takomillashtirib borildi. Bunga soliq to`lovchilarning qonundagi u yoki bu qoidalarni tushuntirib berishni iltimos qilgan xatlari ham jiddiy ta'sir ko`rsatdi. Soliq kodeksida yer solig`ini hisoblash va to`lash tartibi amalda eski tartibdagidek o`zgarmay qoldi, biroq ba'zi o`zgarishlar ham yuz berdi. Soliq qonunchiligiga muvofiq yuridik shaxslar yer soligini mustakil ravishda hisoblab chiqadilar va davlat soliq inspeksiyalariga har yilning 1-fevraliga qadar taqdim etadilar. Shunday qilib, soliq to`gri hisoblanishi uchun mas'uliyat yuridik shaxslar zimmasiga tushadi. Hatto, agar soliqni hisoblash uchun yer maydoni rasmiy hujjatlar bo`yicha qabul qilingan, tekshiruvda esa ular band etgan yer uchastkasi maydoni hisob-kitobda ko`rsatilganigan ortiqcha bo`lib chiqsa, yuridik shaxslardan soliqni to`g`ri hisoblash uchun mas'uliyat soqit qilinmaydi. Agar yer sotilsa, olib qo`yilsa (kamaysa) soliqni undirish yer olib qo`yilgan oydan boshlab tuxtatiladi, (kamaytiriladi) Masalan, korxonadan yer uchastkasining bir qismi tegishli davlat hokimiyati idoralari tomonidan 25-avgustdan olib qo`yildi, unda korxona soliqni 1-avgustidan to`lamaydi. Yer solig`idan imtiyoz belgilanganda ular shu huquq paydo bo`lgan oyidan boshlab soliq tulamaydilar. Yer solig`idan imtiyoz to`xtatilgan hollarda, shu imtiyoz to`xtatilgan oydan so`ngi oydan boshlab yer solig`i to`lanadi. Yer maydoni bir qancha yuridik shaxslarning mulkida bo`lgan quri-lishiga tegishli bo`ladi, har bir mulkdor umumiy maydonidagi hissasiga qarab yer solig`i to`laydi. Ko`p qawatli turar joylarning bir qismini egallagan yuridik shaxslar turar joyning umumiy maydonidan egallagan qismi uchun soliq to`laydi yoki shu yuridik shaxs foydalanayotgan ishlab chiqarish imoratining foyda-lanishi hissasiga qarab soliq toiaydi. Soliqqa tortish maqsadida o`rmon, baliqchilik va ovchilik korxonalari hamda mashina - traktor parklari qishloq xo`jalik korxonalariga teng-lashtiriladi. Soliqdan olgan imtiyozlarni ma'lum maqsadlarga foydalanuvchi yuri-dik shaxslar ham yer solig`ining hisobini soliq idoralariga belgilangan mud-datda va shaklda topshiradilar. Yer uchastkasi yil ichida ajratilib berilsa, yer uchastkasi ajratilgan so`ngi oydan boshlab yer solig`i to`laydi. Masalan, korxonaga yer tegishli idoralarning qarori asosida 15-avgustdan berildi, ya'ni soliqni korxona 1 sentabrdan boshlab to`laydi. Yuridik shaxslar tomonidan yer solig`ini to`lash va uni hisobga olish tartibi. Yuridik shaxslar (qishloq xo`jaligi korxonalaridan tashqari) yer sliyoini har chorakda ikkinchi oyning 15-sanasiga qadar to`lab boradilar (15-fevral, 15-may, 99 15-avgust, 15-noyabr). Agar yuridik shaxs yer uchastkasini hisobot choragi uchun soliq to`lash muddatidan so`ng olsalar, unga yer solig`ini to`lash muddati bo`ladi kelgusi chorakning soliq toiash muddati hisoblanadi. Yagona yer solig`i to`lovchilar tomonidan mustakil ravishda yerlarning maydoni, bazaviy stavkalar va to`zatish koeffitsiyentlari asosida hisoblab chiqiladi. Qishloq xo`jaligi ahamiyatiga ega erlardagi yer maydonlari yer tuzish xizmati o`tkazadigan yer hisobi ma'lumotlari, yerlarni ro`yxatdan o`tkazish va qishloq xo`jaligi yerlarini va ekinlari maxsus asboblar yordamida ulchash materiallari, shuningdek, ixtisoslashgan loyihalash va qidiruv tashkilotlari o`tkazish boshqa tekshiruv materiallari asosida tasdiqlangan bo`lishi lozim. Qishloq xo`jaligi erlariga yagona yer solig`ining bazaviy stavkalari sifatida quyidagilar qabul qilingan: - sug`oriladigan yerlar bo`yicha - 1 klassli yerlar; (ball-bonitet-10 gacha); - lalmi erlar bo`yicha - tekis zona yerlari; - pichanzorlar va yaylovlar bo`yicha - «Choi»" mintaqasidagi yerlar. Yerlar joylashishining tafovutlari va sifati, (ball-boniteti)ga qarab bazaviy stavkalar tegishli tuzatish koeffitsiyentlariga o`zgartiriladi. Yerlarning har bir turi bo`yicha yagona yer solig`i summasi quyidagi formulaga ko`ra belgilanadi: Syas-Seu . Sb . Kt bunda: Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling