XIV bob. JISMONIY SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN YER SOLIG`I
l-§. Yer solig`i toiovchilari va jismoniy shaxslar uchun yer solig`i obyekti
O`z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo`lgan
jismoniy shaxslar er solig`i to`lovchilari hisoblanadi. Yer solig`i to`lovchilarini
soliq idoralari har yili yil boshiga hisobini olib boradi.
Jismoniy shaxslar uchun yer solig`i obyekti yer uchastkalaridir. Quyi-dagi yer
uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi:
1. Turar joylar yetagida va jamoat erlarida shaxsiy yordamchi xo`jalik yuritish
uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yerlar.
2. Yakka tartibda uy-joy qurilish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod
egalik qilishga berilgan yer uchastkalari.
3. Jamoa bog`dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan
yer uchaskalari.
4. Xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar.
5. Meros bo`yicha, hadya qilinishi yoki sotib oliniish natijasida uy-joy, dala
hovli bilan birgalikda egalik qilish uchun huquqi ham uggan yer uchastkalari.
6. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari.
7. Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga
berilgan yer uchastkalar.
Berilgan yerlardan ikki yil mabaynida foydalanmagan jismoniy shaxs-lardan
yer solig`i uch baravar miqdorda undiriladi.
2003-yildan boshlab agar yer uchastkalariga mulk, egalik qilish yoki undan
foydalanish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar bo`lmasa, soliq butun maydon uchun
quyida ko`rsatilgan oshuvchi koeffitsiyentlarini qo`llagan holda to`lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |