Malakaviy loyiha ishining dolzarbligi:
Yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini kuchaytirish, iymon, vijdon, singari xislatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning quyidagi so‘zlari “Agar kimdir, ma’naviyat masalasi - bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir”, - degan iborasida o‘z asosini topgan.
Mavzu. O'quvchilarning ma’naviyatini shakllantirishda ma’naviy merosimizning ahamiyati
Vazifalar:
- Birinchi Renessans davri inamayondalarining ma’naviy merosimizning ahamiyati
- Ikkinchi Renessans davri inamayondalarining ma’naviy merosimizning ahamiyati
- Jadidchilik harakati inamayondalarining ma’naviy merosimizning ahamiyati
- O`zbekistonda Uchinchi renessansga poydevor yaratilishi holat
Birinchi Renessans davri inamayondalarining ma’naviy merosimizning ahamiyati.
Ibn Sino (980-1037)ning ijtimoiy-falsafiy, tibbiyot, dunyoviy ilmlar bilan birga, axloq, odob, tarbiya bo‘yicha ham o‘z qarashlarini bayon etadi. Ibn Sinoning fikricha, tarbiya odamda narsa va hodisaga ongli munosabatda bo‘lishi rivoj toptirishi kerak. Chunki onglilik inson baxtining asosi, zaminidir. Har bir odam aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan kuchli va yetuk bo‘lishi lozim. Agar u bu xislatlarga ega bo‘lmasa, jamiyatning tom ma’nodagi a’zosi bo‘la olmaydi va jamiyatga foyda ham keltira olmaydi. Shunga ko‘ra, har bir inson bu xislatlarni egallagan holda kamol topishi kerak. Ibn Sino qarashlarining ahamiyati shundaki, buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino komil insonni yetishtirish, axloqiy tarbiya, do‘stlik, oila muhitida bola tarbiyasi haqidagi g‘oya, fikrlari, tavsiyalari zaminida olimning insonparvarligi, umuman insoniyatga bo‘lgan muhabbati namoyondir. U o‘z faoliyatida yosh avlodni go‘zal axloqli qilib tarbiyalashning shart va usullarni ishlab chiqdi, shu bilan ilg‘or pedagogik fikr rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |